Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   354
Bank iwi

[43]
. Pul muomalasini tashkil etishda bir vaqtning o‘zida ikkita bir-
biriga qarama-qarshi vazifani hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Bir tomondan: 
– muomaladagi pul massasining o‘zgarishini mumkin qadar qayishqoq 
va moslanuvchan qilish; 
– xo‘jalik holati (konyunkturasi) dagi har qanday o‘zgarishlarga tezkor 
munosabat bildira olish; 
– o‘sib borayotgan amaliy faollikni qo‘llab-quvvatlash. 
ikkinchi tomondan: 
pul massasining ko‘payishini ma’lum darajada cheklash: 
muomalaga ortiqcha to‘lov vositalari massasining tushishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. 
Pul muomalasining holatiga ko‘pdan-ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Pul muomalasi nazariyasida pulning muvozanatlilik holatiga ta’sir 
ko‘rsatadigan ikki guruh omillar ajratiladi (10-chizma). 


58
10-chizma
. Pulning muvozanatlilik holatiga ta’sir qiluvchi omillar. 
 
Pulga bo‘lgan talab
bilan pul taklif qilishning bir-biriga moslashish 
jarayoni juda murakkabdir. Bunday moslashishning salbiy natijalari esa 
mamlakat xalq xo‘jaligida turli buzilishlar va nomutanosibliklarga olib 
keladi. Pul muomalasining muvozanatda bo‘lmasligi quyidagi sabablar 
va oqibatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin: 
– tovar aylanmasining real sektoridagi o‘zgarishlar; 
– pul aylanishining tezligi; 
– tashqi iqtisodiy omillar; 
– moliya sohasining pulni haddan tashqari ko‘p yoki kam taklif qilishi 
kabilar tufayli pulga bo‘lgan talab o‘zgaradi. 
Agar aylanmasiga to‘lov vositalari tushishining asosiy manbayi 
bo‘lgan bank tizimi, korxonalar va aholi uchun pul massasini ken-
gaytirishning talab qilinadigan sur’atlarini ta’minlamasa, xalq xo‘ja-
ligining pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirmasa, bu hol to‘lovga qobiliyatli 
talabning qisqarishiga sabab bo‘ladi va ishlab chiqarishning kamayi-
shiga hamda ish bilan bandlikning qisqarishiga olib keladi. 
Aksincha, bank sohasi muomalaga haqiqatda keragidan ortiqcha 
pullarning muntazam kelib turish manbayi bo‘lsa, bu hol inflatsiya 
tazyiqini kuchaytiradi va milliy valuta xarid qobiliyatining tushib keti-
shiga sabab bo‘ladi.
[44]
. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida qog‘oz va kredit pullar 
pul massasi asosini tashkil etadi. 
Boshqacha qilib aytganda, pul massasi – bu har qanday mamlakat 
iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar aylanishini ta’minlaydigan, xususiy 
shaxslar, muassasaviy mulkdorlar (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, 
xususiy firmalar) va davlat egalik qiladigan naqd va naqdsiz xarid 
hamda to‘lov vositalari majmuyidir. Almashuv va to‘lov operatsiyalarini 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin