Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   354
Bank iwi

oltin dariklar
va 
kumush sikllar
bo‘lgan. Biroq tovar-pul munosabatlari bu yerda 
Iskandar Zulqarnayn yurishidan keyingi davrda, Salavkiy va Yunon-
Baqtriya davlati barpo etilganidan so‘ng chinakamiga rivojlandi. 
O‘rta asrlar boshlarida O‘rta Osiyo davlatlarida oltin tangalar zarb 
qilinmagan. Bu davrda kumush tangalarni nomlash uchun yunoncha 
«draxma»
atamasi qo‘llanilardi, bronza tangalar esa so‘g‘d tilidan 
«pani»
va o‘zimizga tanish 
«tanga»
(«denga») so‘zlari bilan atala boshlangan.
O‘rta Osiyoga arablarning kirib kelishi bu yerdagi tanga zarb qilish 
ishlarini tubdan o‘zgartirdi. Bu davrda O‘rta Osiyo davlatlarida pul muo-
malasi musulmoncha pul yuritish ishlari qoidalari va me’yorlariga to‘la-
to‘kis moslashtirildi. 
Oltin dinorlar
(Rimdagi «dinarin» so‘zidan), ku-
mush dirhamlar (yunoncha «draxma» so‘zidan) va 
mis fuluslar
chiqa-
rila boshlandi. Dastlabki musulmon fuluslari O‘zbekiston hududida hij-
riy 143-yilda (760-761-yillar) Samarqandda, besh yildan keyin Buxoro, 
Axsikent (Farg‘ona), Termizda chiqarildi. 
Ma’lumki, IX asr oxiriga kelib, Movarounnahrda amalda mustaqil 
Somoniylar davlati vujudga keldi. Buxoro uning markazi bo‘lib qoldi. 
Deyarli butun O‘rta Osiyoni qamrab olgan Somoniylar davlati davrida pul 
chiqarish ishi, ayniqsa, yuksak darajada rivojlandi. Kumush tangalar, 
ayniqsa, tarkibida kumush juda ko‘p bo‘lgan siniq deb ataluvchi dirhami-
shikastlar donalab yoki vazni bo‘yicha muomalada bo‘lardi. Movaroun-
nahr bilan keng savdo aloqalari o‘rnatgan sharqiy slavyan qabilalari bu 
tangalarni juda yuqori baholashardi. Mazkur savdo aloqalari kengayishi 
natijasida kumush ommaviy ravishda Yyevropaga o‘tib keta boshladi. 
Arxeologlarning Uraldan to Angliya va Norvegiyagacha bo‘lgan nihoyatda 
katta hududdan topayotgan xazinalari shundan dalolat beradi. XI asr 
boshlarida Somoniylar davlati o‘rnida turk qabilalari sulolasi paydo bo‘ldi. 
Natijada pul muomalasida ham o‘zgarishlar yuz berdi. 
Shunday qilib, kumush bilan oltin pul muomalasining asosiy unsurlari 
bo‘lib qoldi. Biroq Yevropada XVIII-XIX asrlarga keliboq oltin va 
kumush tangalar bilan bir qatorda qog‘oz pullar ham muomalada bo‘la 
boshladi. Qog‘oz pullarni qadimgi Xitoy savdogarlari ixtiro qilgan. 
Dastlab saqlash uchun tovar qabul qilingani, soliqlar to‘langani va kredit 


56
berilgani to‘g‘risidagi tilxatlar qo‘shimcha ayirboshlash vositalari 
vazifasini bajargan. Bunday tilxatlarni, ya’ni qog‘oz pullarning «qadimiy 
ajdodlari»ni zargar ustalar berishgan. Zargar oltinni qabul qilgach, qoida 
tariqasida patta (kvitansiya) bergan. Ana shu hujjat qog‘oz pullarning 
dastlabki vakillari, shuningdek, birinchi shakli bo‘lgan. 
1501-yilda Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshlig‘i 
Muhammad Shayboniyxon Samarqandni zabt etdi. Garchi u hukmronlik 
qila boshlagan dastlabki davrda temuriylarning kumush va mis tangalari 
muomalada bo‘lsa-da, 1507-yilga keliboq to‘la-to‘kis pul islohoti 
o‘tkazildi. 
Oltin tangalar ashrafiy yoki tillo deyilar, kumushlari tanga, tangacha, 
misligi dinori, fulus deb atalardi. Eng mayda tanganing nomi «pul» edi. 
Shuningdek, yirik nominaldagi tangalarning qismlari, masalan, dinorning 
uchdan ikkisi va hatto oltidan biri ham zarb etilgan. Kumush tanga og‘irli-
gi 5,2 gramm bo‘lib, rasmiy kurs bo‘yicha u shunday vazndagi 36 mis 
dinorga almashtirilgan. Tangalar ulkan davlatning ko‘plab shaharlarida, 
masalan, Samarqand, Buxoro, Hirot, Mashhad, Balx, Nishopur, Saraxs va 
boshqa joylarda chiqarilgan. 
[42]
. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
Qonunning «Pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish» nomli 
beshinchi bo‘limining etti moddasi pul muomalasini tashkil qilishni 
o‘zida aks ettiradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin