Pul taklifi – bu: a) muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir; b) pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik aylanmasi uchun kerak bo‘lgan pulga ehtiyojdir; c) muomaladagi pul massasidir; d) a + v. 22. Pul multiplikatori – bu: a) pul bazasining bir pul birlikka ko‘payishi tufayli pul taklif qilishning o‘sishini ifodalaydigan koeffitsiyentdir; b) muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdorini tavsiflovchi koeffitsiyentdir; c) muomaladagi pul massasini ifodalovchi koeffitsiyentdir; d) b + v. 23. Pulga bo‘lgan talabning kamayishi yoki pul massasini chegaralash: a) «qimmat pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi; b) restriksion siyosatni yurgizishga olib keladi; c) a + b; d) «arzon pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi. 24. Pulga bo‘lgan talabning oshishi yoki muomaladagi pul miqdorining o‘sishi: a) «qimmat pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi; b) «arzon pullar» siyosatini yurgizishga olib keladi;
93
c) restriksion siyosatni yurgizishga olib keladi; d) a + v. 25. Quyidagi nazorat turlarining qaysi biri banklar faoliyatini nazorat qilish turiga kiradi? a) davlat nazorati; b) idoraviy nazorat; c) mustaqil nazorat; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 26. Davlat nazorati: a) banklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining amaldagi tizimiga asoslanib amalga oshiriladigan nazoratdir; b) Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi; c) idoralardan tashqari mustaqil tashkilotlar, ya’ni auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir; d) noto‘g‘ri javob yo‘q.