Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Ulgurji tovar oboroti tahlilining maqsadi va bosqichlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə38/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

7.3. Ulgurji tovar oboroti tahlilining maqsadi va bosqichlari
Bozor raqobati sharoitida ulgurji tovar oborotini iqtisodiy tahlil kilishning maqsadi quyidagilardan kelib chiqadi: birinchidan, ulgurji savdo korxonalari o‘zining barcha harajatlari, to‘lovlari va soliqlarni qoplab, kelgusidagi rivojlanishini ta’minlay oladigan darajada foydaga erishish lozim; ikkinchidan, ular ulgurji bazalarga xos bo‘lgan funksiya vazifalarni bajarishlari kerak. hozirgi sharoitda ulgurji tovar oborotini tahlilining maqcadi faqatgina ulgurji tovar oborotining o‘zgarish tendensiyalarini tadqiq qilish emas, balki ushbu jarayonlarni zaruriy daromadga ega bo‘lish nuqtai nazaridan o‘rganish, tovarlarning ishlab chiqarishdan chakana savdo korxonalari va boshqa iste’molchilargacha harakatining tashkil etilishini baholash hisoblanadi.
Bozor raqobati sharoitida iqtisodiy tahlilning ahamiyati keskin ortadi. Chunki, bunday sharoitda ulgurji korxonalar raqobatchilik asosida ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu ulardan o‘z xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, raqobatchilarning ham faoliyatini har tomonlama va obyektiv baholashni talab qiladi. Ulgurji savdo korxonalari chakana savdo korxonalari va boshqa xaridorlar uchun vositachilik rolini bajaradi. Shuning uchun, ulgurji tovar oboroti tahlilining asosiy vazifasi ulgurji korxonaning chakana savdo tarmog‘i va boshqa iste’molchilarni tovarlar bilan ta’minlashga qaratilgan funksiyalari (oldi-sotdi) ning bajarilishini tekshirish hisoblanadi.
Ulgurji tovar oborotini tahlilining yana bir vazifasi, tovarlar chakana savdo korxonalariga qay yo‘sinda (tranzit yoki ombor orqali) yetkazilayotganligi, ular qanchalik darajada iqtisodiy va tashkiliy jihatdan asoslanganligi kabi masalalarni aniqlash hisoblanadi.
Tahlilning keyingi vazifasi o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalarini, ular o‘zgarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va har bir omil ta’sirini baholashdan iborat. Bunda o‘zgarish darajalarini yoki ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va tashkilotlarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirish muhimdir (masalan, chakana tovar oboroti, tovar zahiralari, tovarlarning kelib tushishi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan).
Ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlari tahlilining muhim vazifalaridan biri, ushbu ko‘rsatkichlardan har birining xo‘jalik faoliyati oxirgi natijasiga ta’sirini aniqlash hisoblanadi.
Boshqa iste’molchilarga tovarlar sotish ulgurji tovar aylanish hajmining nisbatan kam qismini tashkil qiladi. Shu sababli, ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va rejalashtirish uslubini, asosan chakana savdo tarmog‘ini ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofik, bo‘ladi.
Ulgurji tovar oborotini tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
I. Ulgurji tovar aylanish tahlili jarayonida quyidagilar o‘rganiladi:

    • baza bo‘yicha ulgurji tovar aylanish rejasining bajarilishi, shu jumladan uning ko‘rinishlari va sotish shakllari (tranzit va ombor usulida) bo‘yicha shuningdek bazaning har bir bo‘g‘ini (filial, ombor, tovar bo‘limlari) bo‘yicha ulgurji tovar oboroti rejasining bajarilishi, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirma narxlarda oldingi yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari, ularning umumiy ulgurji tovar xajmidagi ulushi, hisobot davridagi tovar oboroti tarkibidagi o‘zgarishlar, shuningdek barcha ta’kidlangan ko‘rsatkichlar buyicha ulgurji tovar oborotining rivojlanish tendensiyalari. Shular bilan bir vaqtda alohida tovar guruhlari bo‘yicha ulgurji tovar aylanish holati va tendensiyalari o‘rganiladi. qayd etilgan ko‘rsatkichlarni boshqa hududlardagi o‘xshash tipdagi ulgurji korxonalar va har xil raqobatchilarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda tahlil qilish zarur;

    • tumandagi chakana savdo korxonalarining alohida tovarlar bilan ta’minlashdagi ulgurji korxonaning ulushi. Buni aniqlash uchun ulgurji korxonaning alohida tovarlar buyicha tuman chakana savdo korxonalariga qilgan tovar aylanish hajmi maskur tumandagi ushbu tovarlar chakana tovar oborotining umumiy hajmi bilan solishtiriladi va chakana savdoni tovarlar bilan ta’minlashdagi o‘rniga baho beriladi.

II. Alohida tovarlar (yoki tovar guruhlari) buyicha ulgurji va chakana tovar oborotining qator yillardagi rivojlanish tendensiyalari o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlar boshqa raqobatchi ulgurji korxonalarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda o‘rganilishi va tegishli xulosalar qilinishi kerak:

  • ulgurji va chakana savdodagi tovar zahiralarining holati, alohida tovar guruhlari buyicha ularning harakati, xaridorgir bo‘lmagan va kasod bo‘lgan tovarlarning hamda me’yoridan ortiqcha tovar zahiralarining vujudga kelish sabablari, ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlarining (tovar oboroti, tovar zahiralari, tovarlarning kelib tushishi va boshq.) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bog‘lanishi zarur;

  • ulgurji tovar oboroti rejasining bajarilishi ulgurji korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi, ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi;

  • tahlil natijalarini umumlashtirish. Bunda ulgurji korxona faoliyati buyicha xulosa yasaladi va uni kelgusida yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tahlil ulgurji korxona faoliyatini to‘liq va har tomonlama tavsiflashi hamda kelgusi davrlarga ulgurji tovar oborotini prognozlash va rejalashtirish uchun asosiy manbai vazifasini o‘tashi lozim.

Ulgurji tovar oborotini tahlil qilishda amaldagi buxgalteriya va statistik hisobotlardan, tovarlar sotish, kelib tushishi va tovar zahiralari haqidagi dastlabki ma’lumotlardan, ulgurji baza xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar materiallaridan, boshqa xududdagi o‘xshash ulgurji bazalar ma’lumotlaridan hamda raqobatchi korxonalar materiallaridan foydalaniladi. Bozor kon’yunkturasi haqidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari materiallari, gazeta, jurnal va boshqa nashrlarda chop etilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.
Ulgurji tovar oborotining tahlili jarayonida ayrim ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubi chakana tovar aylanishni tahlil qilish uslubi bilan o‘xshashdir. Biroq jadval, rasm va grafiklarni qo‘llashda ulgurji savdoning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi zarur.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin