Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə46/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

T/r

Ko‘rsatkichlar



o‘lchov birligi



o‘tgan yil

hisobot yili




o‘zgarish sur’ati



reja



haki
katda



rejadan



utgan yildan

rejaga nisba
tan

utgan yilga nisba
tan

A

B

1

2

3

4

5

6

7

8

1.

Chakana tovar oboroti

mln. sum

9028,0

9528,0

9976,0

+448,0

+948,0

104,7

110,5

2.

Muomala xarajatlari:
2.1. summasi
2.2. darajasi

mln. sum
%



835,09
9,250



874,29
9,176



899,84
9,020



+25,55
-0,156



+64,75
-0,230



102,9
98,3



107,8
97,5



3.

Muomala xarajatlaridan
3.1. shartli o‘zgaruvchan
3.2. shartli o‘zgarmas

mln. sum
mln. sum



501,05
334,04



524,57
340,72



559,12
340,72



+34,55
-



+58,07
+66,8



106,6
100,0



111,6
102,0



4.

Muomala xarajatlarining o‘zgartirish kiritilgan summasi, reja buyicha
4.1. Uning darajasi

mln. sum

%


835,09

9,250


915,39

9,607


899,84

9,020


-15,55

-0,587


+64,75

-0,587


98,3

93,9



107,8

97,5


5.

Muomala xarajatlari summasi o‘zgarishining nisbiy miqdori
5.1. uning darajasi

mln. sum
%



-
-


-
-


-
-


-15,55
-0,587



-
-


-
-


-
-


6.

Muomala xarajatlarini shartli-o‘zgarmas qismini darajasi

%


3,700


3,576


3,415


-0,161


-0,285


95,5


92,3


7.

Chakana tovar oboroti summasini 448,0 mln. sumga ortishi muomala xarajatlari darajasini kamaytirish miqdori

%


-


-


-


-0,161


-


-


-


8.

Baxolar indeksi

Jr

-

-

1.0681

-

-

-

-

9.

Chakana tovar oboroti solishtirma baxolarda

mln. sum


-


-


9340.8


-


-


-


-


10

Muomala xarajatlarini shartli o‘zgaruvchan qismini solishtirma baxodagi chakana tovar aylanmasiga nisbatan darajasi

%


-


-


5.986


-


-


-


-


11

Baxoni o‘zgarishi natijasida muomala xarajatlari darajasini o‘zgarish miqdori

%

-


-


-


-0,381


-


-


-




8.4.1-jadval. Savdo korxonasi muomala xarajatlarini tahlili

Haqiqatda tovar oboroti summasi 9976,0 mln. so‘mni tashkil qilgan. Muomala xarajatlarini rejadagi darajasi va haqiqiy tovar aylanish summasidan kelib chikib muomala xarajatlarini rejadagi summasini aniklasak, U 915,39 mln. so‘mini tashkil topishi kerak bo‘lgan.


8.4.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilingan davrda chakana tovar oboroti va muomala xarajatlarining summasi ortib borish tendensiyasiga ega. Bu hol rejaga nisbatan ham tegishlicha 104,7 % va 102,9 %, o‘tgan yilga nisbatan ham tegishlicha 110,5 % va 107,8 %ni tashkil qilgan.
Muomala xarajatlarining darajasi esa qisqarish tendensiyasiga ega, bu ko‘rsatkich (o‘zgarish sur’ati) rejaga nisbatan ( ) -6,131 % ≈6,1 % o‘tgan yilga nisbatan ( )-2,486 % ≈ 2,5 % tashkil qiladi.
Jadvaldagi ma’lumotni 2.2 bandiga e’tibor bersangiz rejaga nisbatan muomala xarajatlarini o‘zgarish sur’ati 98,3%ni tashkil qilganligini, ya’ni kamayish sur’ati 1,7 %ni tashkil qilganini ko‘ramiz. Ushbu holda tovar oborotini o‘zgarish miqdori hisobga olinmagan. Lekin muomala xarajatlarining summasi (shartli o‘zgauvchan qismi hisobidan) tovar oborotining ortishi bilan, proporsional bo‘lmasa ham, tegishli miqdorda ortib boradi. Shu sababli yuqoridagi ko‘rsatkichni aniqlashda muomala xarajatlarining rejadagi darajasi korrektirovka qilinadi.
Muomala xarajatlarini yuqorida aytganimizdek rejaga nisbatan ham, o‘tgan yilga nisbatan ham absolyut summasi ortgan. Uning absolyut miqdori rejaga nisbatan +25,55 ming so‘mga o‘tgan yilga nisbatan esa 164,75 ming so‘mga ortgan.
Hisobot yili uchun muomala xarajatlari summasini (tovar aylanish o‘zgarishiga qarib) nisbiy miqdorni aniqlasak, tovar oborotini (rejada 9528,0 ming so‘m) hisobga olgan holda rejadagi summasi 874,29 ming so‘mni tashkil qilish kerak bo‘lgan. Haqiqatda tovar oboroti summasi 9976,0 ming so‘mni tashkil qilgan. Muomala xarajatlarining rejadagi darajasi va haqiqiy tovar aylanish summasidan kelib chiqib muomala xarajatlarini rejadagi summasini aniqlasak, u ( ) 915,39 mln. so‘mni tashkil topishi kerak bo‘ladi. Bu holda muomala xarajatlarining summasini nisbiy o‘zgarish (tejash) miqdori - (899,84-915,39) – 15,55 ming so‘mni tashkil qilganining guvohi bo‘lamiz. Bunday hisob-kitoblar natijasida muomala xarajatlari darajasining nisbiy o‘zgarish miqdori (9,020-9,607) – 0,587 % ni tashkil qiladi, ya’ni uni tejalish darajasi jadvalning 2.2 bandidagi – 0,230 % emas, - 0,587 % ekan.
Muomala xarajatlarini tahlil qilishda hamda rejalashtirishda unga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini son me’yorini hisob-kitob qilish zarur. Ularni ayrimlarini muomala xarajatlari summasi va darajasiga ta’sir kilish miqdorini hisob-kitob qilish usullarini ko‘rib chiqamiz.
Tovar oborotining umumiy xajmi va uning tarkibi (assortimenti)
Tovar oborotining umumiy hajmi ortishi bilan odatda muomala xarajatlari darajasining kamayishi kuzatiladi, chunki tovar oboroti proporsional sur’atda bo‘lmasa ham, tegishli miqdorda muomala xarajatlaridan tezroq sur’atlarda ortib boradi. Bunda muomala xarajatlarini moddalari tovar oborotga nisbatan har xil darajada o‘zgarib boradi. Ushbu nuqtai nazardan muomala xarajatlari «Shartli o‘zgaruvchan» va «Shartli-o‘zgarmas» guruhlariga ajratiladi.
Tovar oboroti ortib borishi bilan «Shartli-o‘zgaruvchan» (transport xarajatlari:ish xaqi; bankning qisqa muddatli kreditlari foizi kabi) xarajatlar qandaydir (korrelyatsion bog‘liqlikda) miqdorda ortib boradi. Xuddi shunday sharoitda «Shartli-o‘zgarmas» (ijara, joriy ta’mirlash, binolar, inshoatlar, xonalar va jihozlarni saqlash, amortizatsiya, ma’muriy boshqaruv kabi) xarajatlar summasi odatda o‘zgarmaydi va ularni darajasi tabiiy qisqarib borish tendensiyasiga ega bo‘ladi.
Lekin, amalda tovar oborotini o‘zgarishi «shartli-o‘zgaruvchan» xarajatlarning doimo ortib borishiga, «shartli o‘zgarmas» xarajatlarni har doim bir xil miqdorda turishiga olib kelmasligi mumkin. Ayrim hollarda boshqa tendensiyalar kuzatilishi ham mumkin, shuning uchun ham xarajatlarning taqsimlanishi «shartli» deb yuritiladi. Ushbu xarajatlarni ayrim moddalari va elementlari tovar oborotiga bog‘liq bo‘lmagan holda, boshqa omillar ta’siri ostida u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin. Shu sababli tahlil kilish jarayonida unday holatlar ro‘y bergan bo‘lsa, ular e’tibordan chetda qolmasligi zarur.
Tovar oborotini muomala xarajatlari darajasiga ta’sir kilish miqdorini hisoblash usuli 8.4.1-jadvalda keltirilgan. Bizning misolda hisobot yili davrida chakana tovar oborotini +448,0 mln. so‘mga ijobiy o‘zgarishi, muomala xarajatlarini (shartli o‘zgaruvchan xarajatlar darajasini qisqartirish orqali) umumiy darajasini – 0,161% kamayishiga olib kelgan deb hisoblash mumkin.
Har xil tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga siljitish jarayoni xar xil sharoitda amalga oshiriladi va tegishlicha ularga sarflangan jonli va jonsiz mehnat miqdorini puldagi ifodasi har har xil miqdorda shakllanadi. Bunga tovarlar assortimentini fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularni tashish, saklash, ishlov berish, saralash, joylash xarajatlari, ushbu jarayonlarda ularni yo‘qotilishi, tara xarajatlari, ish haqi uchun ishlatiladigan rassenkalar (tovar assortimentlari bo‘yicha) va boshqalar ta’sir qiladi.
Ushbu omilni ta’sir qilish miqdorini hisob-kitob qilish uchun tovar guruhlari bo‘yicha muomala xarajatlarini miqdori (darajasi) ma’lum bo‘lishi kerak. Bunday ko‘rsatkichlar nazariy jihatdan mumkin bo‘lsa ham amaliyotda hisob-kitob qilish mushkul. Bunday tahlil ekspert baholash, monografik tadkikotlarda alohida tovar guruhlari savdosiga ixtisoslashgan, maxsus savdo shahobchalari ma’lumotlarini ishlatish asosida o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu tahlilni o‘tkazish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin