Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Muomala xarajatlarining ayrim omillardan bog‘liqligi bo‘yicha



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə42/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Muomala xarajatlarining ayrim omillardan bog‘liqligi bo‘yicha: (Ushbu turdagi xarajatlar buyicha sof va qo‘shimcha xarajatlar kabi alohida hisobot yuritilmaydi, bunday tasniflash muomala xarajatlarining turlaridan kelib chikib, tahlil kilish va rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladi):
- shartli-o‘zgaruvchan;
- shartli-o‘zgarmas.
Muomala xarajatlari turlari (nomenklaturasi) bo‘yicha. Bunday tasniflashda muomala xarajatlari faoliyatga yunaltirilishiga qarab moddalarga bo‘linadi. Statistika hisobotida (5-s(savdo shakli)1 muomala xarajatlari quyidagi moddalarga ajratilgan:
Yukorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori bilan tasdiklangan Nizom buyicha davr xarajatlari tarkibidagi sotish xarajatlari – 22 moddaga, ma’muriy xarajatlar – 15 moddaga va boshqa operatsiya xarajatlari – 21-moddaga ajratilgan.


8.3. Muomala xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillar
Muomala xarajatlarining summasi va nisbiy ko‘rsatkichlari tabiatdan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Uning summasiga va darajasiga ko‘p omillar bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Ushbu omillarning ayrimlari uning summasi va darajasining ortishiga olib kelsa, ayrimlarni ularning qiskarishiga olib keladi. Bu omillarning biri savdo korxonalari va shahobchalari faoliyatiga bevosita bog‘liq, boshqalari esa ular faoliyatidan kelib chiqmaydi, ya’ni tashqi omillardir.
Muomala xarajatlarining darajasi hududlar, savdo korxonalari, turlari uning shohobchalarining tiplari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi, chunki transport kommunikatsiyasi, turlari, yo‘l sharoitlari, ishlab chiqarishning hududlararo joylashishi, uni rivojlanish darajasi, savdo korxonalarini va shahobchalarining joylashishi (dislokatsiyasi); aholining xarid kilish qobiliyati, tovar oboroti tezligi, tovar oborotining hajmi va tarkibi, tovarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari har xildir. Shuning uchun muomala xarajatlarining summa va darajasi zamonda va makonda barqaror xususiyatga ega emas.
Muomala xarajatlariga ta’sir qiluvchi, savdo faoliyatidan bog‘liq bo‘lgan omillarga savdoni tashkil kilish darajasi, iqtisodiy va tijoriy ishlarning holati, savdo korxonasi yoki shahobchasi xususiy va qarz mablag‘larining miqdori, moddiy-texnik bazasini holati, tovar oboroti hajmi va tarkibi, tovar ayriboshlash tezligi, xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi, ko‘llanilayotgan ish xaqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi kabilar kiradi.
Savdo faoliyatidan kelib chiqmaydigan omillarga baho va ta’riflar, foydalanilayotgan transport turlari, yo‘l sharoiti, har xil soliqlar va to‘lovlar miqdori, bank foizlari miqdori, ijara miqdori, inflyatsiya darajasi kabilarni kiritish mumkin.
Muomala xarajatlari summasi va darajasiga ta’sir kilish miqdorini hisoblash mumkin bulgan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tovar oboroti hajmi (chakana tovar oboroti, ulgurji tovar oboroti, umumiy ovqatlanishda - mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning umumiy tovar oboroti hajmi;
- tovar oborotini tarkibi (assortimenti)ni o‘zgarishi (umumiy ovqatlanishda - mahsulot turlari, tovar oboroti turlari (sotib olingan tovarlar hamda o‘z mahsulotini sotish bilan bog‘liq tovar oboroti) hamda assortimenti;
- tovar ayriboshlash tezligi (kunlarda va marotaba);
- iste’mol tovarlariga bahoni o‘zgarishi;
- savdoga xizmat kursatuvchi sohalarni ta’riflarini o‘zgarishi (transport, kommunal xizmati, elektroenergiya, gaz, yoqilg‘i, aloqa, audit va boshqalar;
- moddiy resurslar bahosini (kog‘oz, inventarlar, tara materiallari, xo‘jalik buyumlari, maxsus kiyim-kechaklar, kadoklash (o‘rash), binolarni ta’mirlash materiallari) o‘zgarishi;
- soliqlar, to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urtalar miqdorini o‘zgarishi;
- bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining uzoq muddatli kreditlari buyicha foizlarini o‘zgarishi;
- to‘lov muddati utgan va uzaytirilgan ssudalar buyicha foizlarni o‘zgarishi;
- qisqa muddatli kreditlar foizini o‘zgarishi;
- xodimlar sonini o‘zgarishi;
- minimal ish haqi va nafaqalar miqdorini o‘zgarishi;
- savdo shahobchalarida savdo-texnologik jarayonlarini takomillashtirilishi;
- tovar ayriboshlash jarayonidagi ishtirokchilar sonini o‘zgarishi, ya’ni tovarlarni siljitish bo‘g‘inlari sonini o‘zgarishi va xokazolar.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin