Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Muomala xarajatlarini iqtisodiy tahlili



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə43/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

8.4. Muomala xarajatlarini iqtisodiy tahlili
Muomala xarajatlari tahlili muntazam va uzluksiz ravishda (oy, chorak, yil) o‘tkazilib borilishi lozim. Chunki uni summasi va darajasini o‘zgarilish miqdori savdo korxonalari va shahobchalarini samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Muomala xarajatlarini taqlilining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat buladi:
- muomala xarajatlari bo‘yicha tuzilgan rejani umumiy hajmini, tarkibini (moddalar buyicha) bajarilishini o‘rganish (absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari buyicha);
- muomala xarajatlarini umumiy hajmini va tarkibini bir necha yillarga (3-5 yil) o‘zgarish sur’atlarini (absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha) kuzatish;
- muomala xarajatlarini summasi va darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni ta’sir darajasini aniqlash;
- unumsiz xarajatlarni vujudga kelish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf kilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- tahlil natijasi bo‘yicha xulosalar kilish va kelgusi davrga tuziladigan rejalar uchun takliflar tayyorlash.
Tahlil kilish uchun tegishli davrdagi axborotlar ishlatiladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori, tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalarning qarorlari va topshiriqlari;
- operativ ma’lumotlar (savdo korxonalarining operativ hisobotlari, mutaxassislarni kuzatuvlari, buxgalteriya, marketing bo‘limlarini operativ hisobotlari, ro‘znoma va jurnallarda ushbu korxonaga yoki uning raqobatchilari va aloqador xo‘jalik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kabilar);
- buxgalteriya hisoboti (buxgalteriya balansi 1-sonli shakl);
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-sonli shakl;
- xarajatlar to‘g‘risidagi hisobot 8-sonli shakl;
- statistik hisobotlar – «Korxonalar xarajatlari to‘g‘risida 5-S (savdo shakli)», «Tovarlar sotish va qoldiqlar to‘g‘risida 3-savdo shakl», «Ulgurji va chakana tovar aylanmasi to‘g‘risida 1-savdo shakli», «Ovqatlanish korxonalari tovar oboroti to‘g‘risida 4-savdo shakli», «Korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida 5-F shakli» kabilar.
Muomala xarajatlarini tahlili ham boshqa ko‘rsatkichlar tahlili kabi alohida ketma-ket bajarilishi lozim bo‘lgan bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ularni ketma-ket bajarilishi tahlil jarayonini mantiqiy mazmunini ta’minlaydi.
Ularga quyidagilarni kiritish lozim bo‘ladi:
- axborotlar va ma’lumotlarni to‘plash;
- axborotlar va ma’lumotlarga ishlov berish (ularni tegishli jadvallarga joylashtirish, solishtirma yuzaga keltirish va boshqalar);
- muomala xarajatlariga tegishli va aloqadorlar ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinayotgan davrga rejalarni bajarilishi;
- muomala xarajatlariga tegishli va aloqador ko‘rsatkichlarni bir-necha yillar (oy, chorak)ga o‘zgarish sur’atlarini o‘rganish;
- muomala xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillarni uni summasi va darajasini o‘zgarishiga ta’sirining miqdorini hisob-kitob qilish;
- tahlil natijasi bo‘yicha xulosalar va takliflar tayyorlash.
Muomala xarajatlarini tahlil qilishda har xil statistik, iqtisodiy matematik va boshqa usullardan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish zarur: solishtirish, guruhlash, texnik-iqtisodiy hisoblar, indeks, korrelyatsion va regression tahlil, ekspert baholash, monografik tadqiqot kabilar.
Muomala xarajatlarini tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar ishlatiladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin