I. Muomala xarajatlarini absolyut summasini o‘zgarish miqdori Muomala xarajatlarini rejadagi va haqiqiy summasini farqi (+;-) uning absolyut ortiqcha xarajati yoki tejami (Mx) deb yuritiladi. Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
Mx = Mx1 – MxR Bu yerda: «1» va «r» - tegishlicha haqiqiy va rejadagi davrni bildiradi.
Shunga o‘xshash holda muomala xarajatlari summasini o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarish miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunda «MxR» o‘rniga «Mxi» yoki «Mxb» belgilarini ishlatish lozim buladi. Bu yerda «i» - o‘tgan yillardan biri, «b» - bazis yili bilan solishtirilayotgan yil ma’lumoti ishlatiladi.
II. Muomala xarajatlari summasining nisbiy miqdori. Muomala xarajatlarini tahlil kilishda uning summasi o‘zgarishining nisbiy miqdorini aniqlash muomala xarajatlarini o‘zgarishiga real baho berishni ta’minlaydi. Chunki muomala xarajatlarining rejadagi summasi rejada mo‘ljallangan tovar oboroti hajmidan kelib chiqqan holda hisoblangan bo‘lib, u haqiqiy tovar aylanish miqdorini hisobga olmaydi. Shu sababli rejadagi muomala xarajatlari summasi (MxR) haqiqiy tovar oboroti summasidan kelib chiqib qayta hisoblanadi (MxRkx). Ushbu summa quyidagicha aniqlanadi.
; uning darajasi ;
Muomala xarajatlari summasini nisbiy miqdori teng bo‘ladi.
Mrkx = MX/ - MXrkx yoki ;
Muomala xarajatlari dinamikasini o‘rganishda ushbu ko‘rsatkichlar tahlil qilinayotgan tegishli davrga olinadi («r», «i», «b»).
III. Muomala xarajatlarini nisbiy darajasi (Umx)ni o‘zgarish miqdori Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
1. Hisobot yilida muomala xarajatini nisbiy ortiqcha yoki o‘zgarish tejami darajasi ;
2. Muomala xarajati darajasini o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi yoki ;