Yalpi daromad
Tovarlarni sotishdan olingan daromad
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
Asosiy vositalarni sotish va boshqa chiqimlardan olingan foyda.
Boshqa aktivlarni sotishdan va berilishidan olingan foyda.
O‘ndirilgan penya, jarima va boqimandalar
Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar.
Qaytarib berilmaydi
gan moliyaviy yordam.
Bepul kelib tushgan mol-mulk.
Inventari
zatsiyada aniqlangan boyliklarning ortiqchalari.
Boshqa operatsion daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar (nomoddiy aktivlarni – litsenziya, nou-xau, kompyuter dasturlarini, ijaraga berish, sotish).
Dividentlar ko‘rinishidagi daromadlar.
Foizlar ko‘rinishi
dagi daromadlar.
Valyuta kurslari farqlardan daromadlar.
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Favquloddagi daromadlar (foyda)
Davlat qonunlarini o‘zgarishidan vujudga kelgan daromadlar.
Tabiiy ofatlar yuzasidan aniqlangan daromadlar.
Inqilo
biy o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar.
9.1.1 – rasm. Savdo korxona (shahobcha)larining daromadlari turlari
Shu bilan bir qatorda chakana savdo korxona (shahobcha)lari, boshqa savdo bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, yakka tartibda savdo qiluvchilar talab va taklifga nisbatan shakllangan hududiy bozor kon’yunkturasidan tovar va xizmatlarni miqdori va sifatidan, ishlab chiqaruvchi va boshqa tovar ta’minotchilarining ulgurji baholaridan kelib chiqib, o‘z savdo ustamasini va tovarlarini chakana bahosini belgilaydi.
Ushbu holatdan ko‘rinib turibdiki, chakana baholarni asosiy qismi ishlab chiqaruvchilar va boshqa tovar ta’minotchilarining ulgurji yoki tovarlarni sotish bahosidan iborat ekanligi.
Savdo ustamasini belgilashda, ular muomala xarajatlari miqdori tovarlarni sotib olish bahosiga kiritiladigan ayrim qo‘shimcha xarajatlar (bojxona to‘lovlari va yig‘imlari Q.Q.S., aksiz solig‘i, bojxona boji, bojxona yig‘imi, tashib keltirish, brokerlik, vositachilik, sertifikatsiyalash va boshqa xarajatlar)ni va rejalashtirilgan tovarlarni sotishdan olingan foydani hisobga oladi. Ayrim hollarda davlat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan savdo ustamalari chegaralarini o‘rnatish, rentabellik chegarasini belgilash va boshqa choralar orqali tartibga solinishi mumkin.
Savdo korxona (shahobcha)lari faoliyati uchun, ularni moliyaviy barqarorligini ta’minlashda, samaradorligini oshirishda savdo ustamalarini ahamiyati juda katta. U savdo xizmati bahosini tavsiflaydi va ularni tovarlar sotishdan oladigan daromadi miqdorini belgilaydi.
Tovarlarni sotishdan olinadigan daromadni rejalashtirish savdo ustamalarini asoslash orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |