Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə50/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Z =qt : qiat : Kqiat
Ushbu ko‘rsatkichni bir marotaba yuk tashish uchun ketgan transport xarajatlari summasiga ko‘paytirish orqali chetdan jalb qilingan avtotransport uchun to‘lov xarajatlarini hisoblab olish ko‘p qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu xarajatlar summasi (Ixat) quyidagicha aniqlanadi.
Ixat = Z ∙ R
Ushbu summaga yuklash va tushirish xarajatlarini (agar bu ishni yollanma ishchilar bajarsa) qo‘shish kerak bo‘ladi.
«Tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlar» moddasida boshqa tashkilot xizmati uchun to‘lovlar ham ko‘rsatiladi. Ularga aloqa, axborot-hisoblash xizmati, tashqi idora qo‘riqlash xizmati, auditor tashkilotlar, reklama agentliklari, natural va yuridik muassasalar va boshqa xizmatlar ham kiradi.
Ushbu xarajatlar summasi o‘tgan yillar ma’lumotlarini tahlili natijasidan kelib chiqqan holda aniqlangan ularni hajmini rejalashtirilgan yilga belgilangan tarif to‘lovlari miqdoriga (yoki tariflarni o‘zgarish indekslaridan foydalangan holda) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Muomala xarajatlarida eng katta hissaga ega bo‘lgan modda – bu «Ish haqi xarajatlari»dir. Ushbu moddani rejalashtirish masalasi 8.5 -paragrafda batafsil yoritilgan.
«Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari» belgilangan normalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
«Savdo ehtiyojida foydalanish uchun, ijara xarajatlari va binolar, inshoatlarni ta’mirlash, xonalar va jihozlarni saqlash» xarajatlari ijaraga olingan binolar va boshqa ishlab chiqarish vositalarini soni, turi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan ijara yoki miqdoridan (shartnomalar asosida) kelib chiqqan holda hisoblanadi. Qolgan xarajatlar inshoatlarni ta’mirlash ishlar smetasidan, xonalar va jihozlarni saqlash normalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
«Asosiy vositalar amortizatsiyasi». Ushbu xarajatlar xususiy asosiy fondlarning boshlanhich qiymati (balans qiymati) va ularning turlari bo‘yicha belgilangan amortizatsiya normalari asosida hisob-kitob qilinadi.
«Yokilgi, gaz va elektroenergiya xarajatlari» ushbu xarajatlarni summasi yoqilg‘i, gaz va elektroenergiya iste’mol qiladigan asosiy vositalarni tegishli o‘lchov birliklari (masalan, binoni kubaturasi, transport vositalarini har 100 km yoqilg‘i ishlatish normasi va boshqalar) bo‘yicha soni, hajmi, ular uchun belgilangan xarajatlar normalaridan va tariflardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
«Tovarlarni saqlash, ishlov berish, saralash va joylash (o‘rash) xarajatlari» o‘tgan yillar tahlili natijalari, rejalashtirilgan yilga ushbu xarajatlarni talab qiladigan tovar guruhlari bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi va tegishli norma va normativlar asosida hisob-kitob qilinadi.
«Savdo reklamasi xarajatlari» marketing bo‘limini ish rejalaridan va reklama uchun xarajatlar smetasidan kelib chiqqan holda va o‘tgan yillardagi ushbu xarajatlarni o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
«Tashish, saklash va sotish davrida tovarlar va mahsulotlarning yo‘qotilishi» bo‘yicha xarajatlar tegishli tovar guruhlari bo‘yicha tovar oboroti rejasi (sotib olish baholarida) va belgilangan normalar asosida hisoblanadi.
Muomala xarajatlarini qolgan moddalari ham tegishlicha norma va normativlarni qo‘llagan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin