Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə49/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

qti = qfi ∙ Kk
Barcha tovar guruhlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich bo‘ladi:

Transport yuk aylanishi aniqlangandan so‘ng, uni o‘z transporti va chetdan jalb qilingan transport tashkilotlari orqali tashish hissasi aniqlanadi. Ularning hissasi foizga o‘tgan yillar ma’lumotlari, rejalashtirilgan yilga tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va ushbu ko‘rsatkichni transport yuk aylanishiga ko‘paytirib, yuzga bo‘lish orqali ularning miqdori (tonnada) hisob-kitob qilinadi va yuklar sinflarga ajratiladi.
Keyingi bosqichda tovar ishlab chikaruvchilardan (agar ular savdo va umumiy ovqatlanish korxonasi yoki shahobchasiga tovarlarni vositachilarsiz, o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishsa) yoki ulgurji savdo baza va omborlaridan chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonasi yoki shahobchalarigacha bo‘lgan masofa (Skm)ni o‘rtacha miqdori (o‘tgan yillar ma’lumotlari va shartnomalar asosida) hisoblanadi.
Transport yuk aylanishi (qt.km.i) quyidagi formula orqali hisoblanadi.
qt.km.i =qt.i ∙ Skm
Yuk aylanishni umumiy miqdori (t.km) teng bo‘ladi:

Ushbu yuk aylanishi yuklarni sinflariga taqsimlanadi va ularni transport tariflariga ko‘paytirish orqali yuk tashish xarajatlari summasi aniqlanadi.
Yuklarni yuklash va tushirish xarajatlari ushbu modda tarkibiga kiradi, agarda bu ishni shtatdan tashqari xodimlar bajarsa. Xarajatlar summasi yukni transport yuk aylanishi va belgilangan rassenkalar orqali hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan usul orqali alohida savdo shahobchalari bo‘yicha transport xarajatlarini rejalashtirish ko‘p mehnat qilishni, vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari bu jarayon iqtisodiy-texnik hisoblar nuqtai nazardan mushkul ish. Shu sababli oddiyrok tajribaviy-statistik usuldan foydalanish ham mumkin.
Masalan: o‘tgan yillar (kamida 3 yil) ma’lumotlari asosida tovarlarni tashishda har biri ularni keltirilishi necha so‘mga (R) tushushini aniqlab, 1 tonna yukni tashish qiymati va rejalashtirilgan yilga mo‘ljallangan tovarlarni keltirish hajmidan kelib chiqqan holda transport yuk aylanishi (qi) miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi.
Transport yuk aylanishi, ishlatiladigan avtotransportni yuk ko‘tara olish imkoniyati miqdori (qiat) va yuk ko‘tara olish imkoniyatini ishlatish koeffitsientidan (Kqiat) kelib chiqib, avtotransport orqali tovarlarni necha marotaba keltirilishi miqdorini (Z) hisoblab olish mumkin. Bunday hisobot quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin