Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Muomala xarajatlarini rejalashtirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə48/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

8.5. Muomala xarajatlarini rejalashtirish
Bozor raqobati sharoitida iqtisodiyotning har bir xo‘jalik sub’ekti, mulk shaklidan, tashkiliy-huquqiy turidan qat’iy nazar, jumladan, savdo korxonalari va shahobchalari ham o‘z xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini uzoq muddatga prognozlash va joriy rejalashtirilishi zarur. Aks holda ularni inqirozga uchrashi ehtimoldan uzoq bo‘lmaydi.
Muomala xarajatlarini rejalashtirishni asosiy maqsadi savdo korxonalari va shahobchalarining maqsadiga («X» - miqdorda daromad yoki foyda olish va «U» - darajadagi talabni qondirish) erishishni ta’minlash, savdo xizmatini madaniyati yuqorilashtirish va tejamkorlik asosida uni miqdorini iqtisodiy asoslagan holda hisob-kitob qilishdan iboratdir.
Muomala xarajatlarini rejalashtirish jarayonini tashkillashtirish asosida mantikiy fikr yuritishni tahlil va sentiz usullardan, ya’ni «Umumiylikdan xususiylikka» yoki «xususiylikdan umumiylikka» qarab ish yuritish maqsadga muvofiqdir.
Muomala xarajatlarini rejalashtirishda ushbu usullar, muomala xarajatlarini oldin umumiy summasi va darajasini aniqlash, keyin moddalarini hisob-kitobiga o‘tish yoki bu holni teskarisi, oldin muomala xarajatlarini moddalari bo‘yicha rejani ishlab chiqish, keyingi bosqichda, ularni summalashtirish yo‘li bilan, muomala xarajatlarini umumiy miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.
Muomala xarajatlarini umumiy summasini va moddalarini rejalashtirishda tajribaviy statistik, texnik-iqtisodiy, indeks, ekspert baholash, iqtisodiy-matematik (korrelyatsiya, regressiya) bezararlik nuqtasini aniqlash, usullardan elastiklik koeffitsientidan, norma va normativlardan foydalaniladi.
Muomala xarajatlarini rejalashtirish umumiy hajmi va darajasini aniqlashdan boshlansa, bu holda uni o‘tgan yillar uchun tahlili natijalari, unga ta’sir qiluvchi omillarni rejalashtiriladigan davrlarga o‘zgarishini ekspert baholash, ayrim ko‘rsatkichlarni indekslari, elastiklik koeffitsientlari kabilardan foydalangan tarzda hisob-kitob qilinadi. Ikkinchi bosqichda uni moddalari miqdori aniqlanadi.
Muomala xarajatlarini umumiy hajmini rejalashtirishda, faraz qilaylik uni o‘tgan yillarda tovar oboroti ta’siri ostida «shartli-o‘zgaruvchan» moddalarni o‘zgarishi nisbatini hisobga olgan holda hisob-kitob qilmoqchimiz.
Agarda «shartli-o‘zgaruvchan» xarajatlar (MXsh.h) tovar oborotiga nisbatan aniq miqdorda o‘zgarish tendensiyasiga ega bo‘lsa, ushbu xarajatlar summasini quyidagi formula orqali hisob-kitob qilish mumkin.

Bu yerda: - muomala xarajatlarini «shartli-o‘zgaruvchan» qismini hisobot yilidagi miqdori, so‘mda;
- rejalashtirilayotgan yilga tovar oborotini qo‘shimcha o‘sish sur’ati, %;
- o‘tgan yillarda «shartli-o‘zgaruvchan» muomala xarajatlarini o‘rtacha qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati, %;
- o‘tgan yillarda tovar oborotini qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati, %.
Muomala xarajatlarini «shartli-o‘zgarmas» (MXsh.o‘) qismini summasi quyidagicha aniqlanishi mumkin.

Bu yerda: - tegishli «shartli-o‘zgarmas» xarajatlarni rejalashtirilgan va hisobot yillariga summasi;
- «shartli-o‘zgaruvchan» xarajatlarni o‘tgan yillar davrida qo‘shimcha o‘sish sur’ati.
Muomala xarajatlarini umumiy summasi teng bo‘ladi. ;
Uning darajasi
Xuddi shunday muomala xarajatlari darajasini baholar o‘zgarishiga nisbatan yoki boshqa omillarni ta’sirini e’tiborga olgan holda hisob-kitob qilib, umumiy optimal variantni anihlash mumkin. Bunday hisobotlarni o‘tkazish uchun korrelyatsion tahlil, ekstropolyatsiya, elastiklik koeffitsientlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Muomala xarajatlarini rejalashtirishda dastlab uning moddalari miqdorini aniqlash va keyin umumiy hajmini hisoblash orqali real, haqiqatga yaqin natijaga erishish mumkin.
Muomala xarajatlarini ayrim moddalarini rejalashtirish usullarini ko‘rib chiqamiz.
Tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlar bo‘yicha xarajatlar tarkibida asosiy o‘rinni «temir yo‘l, suv, havo, avtomobil va ot-ulov transporti bilan yuklarni tashish xarajatlari egallaydi. Ushbu xarajatlar alohida transport turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Bu masalani hal qilishda transport turlari bo‘yicha tashiladigan yuklar miqdorini aniqlashdan boshlash kerak.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va shahobchalari odatda avtomobil va ot-ulov transportlari xarajatlarini qoplaydi. Ulgurji savdo bazalariga asosan temir yul, suv, havo transportlari xarajatlari va qisman avtomobil transporti xarajatlari to‘g‘ri keladi.
Tovarlarni avtomobil transporti bilan tashishda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bazalari, alohida do‘konlar, ovqatxonalar o‘z transportidan va chetdan jalb kilingan transport korxonalari xizmatidan foydalanishi mumkin.
Muomala xarajatlari moddalari tarkibida «O‘z transport xarajatlari» (ish haqi xarajatlaridan tashqari, chunki bu xarajatlar ish haqi fondida o‘z aksini topadi) moddasi alohida ko‘rsatiladi. Shu sababli transport xarajatlarini yuqorida keltirilgan moddasi bo‘yicha chetdan jalb qilingan transport korxonalarini xizmati xarajatlari aks ettiriladi.
Ushbu xarajatlarni hisob-kitob qilish uchun dastlab transportni fizik yuk aylanishi (qf) va transport yuk aylanishi (qt) aniqlanadi.
Fizik yuk aylanishi tovarlarni netto va brutto hajmi bo‘yicha hisoblanadi.
Netto yuk hajmi (qn.i) tovar guruhlari bo‘yicha rejalashtirilgan tovar aylanish (TAri) summasini ushbu tovarni 1 tonnasini o‘rtacha qiymatiga, sumda ( ) bo‘lish bilan aniqlanadi.
Brutto yuk hajmi (qbi) netto yuk hajmiga (qni) tarani (odatda tovar og‘irligiga nisbatan foiz hisobidan olinadi) og‘irligi qo‘shiladi.
Brutto yuk xajmi fizik yuk aylanishiga teng buladi.
Transport yuk aylanishi fizik yuk xajmini (qf) yuklarni kayta tashish koeffitsientiga (Kk) (ushbu ko‘rsatkich utgan yillar ma’lumotlari asosida aniklanadi) kupaytirish yuli bilan xisoblanadi. Ya’ni u kuyidagi formula orqali xisoblanishi mumkin.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin