8.4.2-jadval Tovar oboroti tarkibini muomala xarajatlari darajasiga ta’sir qilish miqdorini hisob-kitobi (summasi mln. sum)
T/r
Tovar guruxlari nomi
Tovar oboroti summasi yoki tarkibi
Tovar guruxlari bo‘yicha muomala xarajatlari darajasi, %
Muomala xarajatlari summasi yoki foiz soni
utgan yil
xisobot yili
o‘tgan yil
hisobot yili
A
B
1
2
3
4
5
1.
Ozik-ovqat tovarlari
Tovar guruxlari keltiriladi
2.
Nooziq-ovqatlar: Tovar guruhlari keltiriladi
3.
Jami tovarlar bo‘yicha
9028,0
9976,0
X
835,09
914,21
Izox: Ma’lumotlar 8.4.1-jadvaldan olingan.
Masalan, hisob-kitoblar natijasida hisobot yilining muomala xarajatlari tovar oborotining haqiqiy tarkibini inobatga olganda 914,21 mln. so‘mni tashkil qilish kerak bo‘lgan. Uning darajasi . Tovar aylanish tarkibini o‘zgarishi natijasida boshqa sharoitlar bir xil deb hisoblanganda muomala xarajatlarini darajasi (9,164-9,250) – 0,086 punktga kamayishga olib kelishi mumkin bulgan. Ushbu omil natijasida muomala xarajatlari darajasini o‘zgarish sur’ati 9,297 %ni tashkil qiladi.
Tovar oborotining umumiy hajmi bir tomondan, sotilgan tovarlar miqdoridan (sonidan), ikkinchi tomondan iste’mol tovarlari bahosidan bog‘liq bo‘ladi. Baho ortsa tovar oboroti hajmi ortadi, baho kamaysa teskari hol yuz beradi. Shu sababli baxo muomala xarajatlarining darajasiga bevosita emas, bilvosita, tovar oboroti orqali ta’sir qiladi.
Muomala xarajatlariga bahoni ta’sirini o‘rganishda muomala xarajatlari moddalarini bahodan bog‘liq bo‘lmaganlar va bog‘liq bo‘lganlarga ajratish zarur bo‘ladi. Muomala xarajatlarini bahodan bog‘liq bo‘lmagan turlariga tovar oboroti hajmiga kam bog‘liq bo‘lgan, ya’ni barcha «shartli o‘zgarmas» xarajatlar va ular qatoriga transport, tovarlarni saqlash, ishlov berish, saralash va joylash (o‘rash), tara xarajatlari kiritilishi lozim. Chunki ushbu xarajatlar summasi bag‘o o‘zgarishi bilan o‘zgarmay koladi, lekin ularni darajasi qisqaradi. Qolgan xarajatlar darajasi baho o‘zgarishiga nisbatan tegishli darajada o‘zgaradi. Shunday qilib, muomala xarajatlari summasini bahodan bog‘liq bo‘lmagan qismi bahoni o‘zgarishi bilan o‘zgarmay qoladi va bunday xarajatlarning darajasi bahoni o‘zgarishdan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni baho ortsa bu xarajatlar darajasi kamayadi, agar baholar kamaysa, muomala xarajatlarining ushbu qismining darajasi ortadi. Bu xarajatlarni summasi bahoga bog‘liq bo‘lmasa ham, ularning darajasi bog‘liq hisoblanadi.
Ushbulardan kelib chikib, 8.4.1-jadval ma’lumotlari asosida bahoni muomala xarajatlari darajasiga ta’sir kilish miqdorini hisob-kitobini ko‘rib chikamiz. Bu holda bizlar muomala xarajatlarining bahodan bog‘liq bo‘lmagan moddalari summasini jadvalda keltirilgan «shartli-o‘zgaruvchan» xarajatlar summasiga shartli darajada teng deb oldik.
Baholar indeksi 1,068 bulgan holda tovar oborotini hisobot yildagi haqiqiy summasi solishtirma baholarda, ya’ni baho o‘zgarmadi deb hisoblagan holda 9976,0:1,068=9340,8 mln.so‘m. Muomala xarajatlarini bahodan bog‘liq bo‘lmagan moddalarining summasi haqiqatda 559,12 mln. so‘m deb olindi. Uning haqiqiy darajasi . Ushbu ko‘rsatkich solishtirma baholarda yoki 5,6051,068=5,986%. Ushbu ma’lumotlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin. Agarda hisobot yilida iste’mol tovarlariga baholar 6,8 % ortmaganda muomala xarajatlarini bahodan bog‘liq bo‘lgan moddalarini darajasi 5,605% emas, balki 5,986%ni tashkil qilgan bo‘lar edi. Shunday qilib, baxoni 6,8 % ortishi natijasida muomala xarajatlarining darajasi – 0,381 punktga (5,605-5,986) kamaygan, uni o‘zgarish sur’ati . Bu demak, bahoni har 1,0 % miqdorga ortishi, boshqa sharoitlarni hisobga olmagan holda, muomala xarajatlari darajasi kamayishiga olib kelishi mumkinligini bildiradi. Bunday ko‘rsatkichlardan muomala xarajatlarini qisqa va uzoq muddatlarga prognoz qilishda foydalanish mumkin.
Muomala xarajatlariga savdoga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tarmoqlar va sohalarining maxsuloti (ishi, xizmati)ga baholar va ta’riflarni o‘zgarish bevosita, uning tegishli moddalarini summasi va darajasiga ta’sir kiladi. Ularning baholari va ta’riflarini o‘zgarishi xarajatlarni summasi proporsional ravishda, darajasini tegishli miqdorda o‘zgarishiga olib keladi. Bunday tarmoqlar va sohalarga transport, aloqa, kommunal xizmatlari, elektr, gaz, yoqilgi tarmoqlarini kiritish mumkin. Ularni ta’sir kilish miqdorini texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yoki indekslar orqali aniqlash mumkin. Masalan, hisobot yilidagi xarajatlar summasini (tegishli modda yoki uning elementlari bo‘yicha) rejalashtirilayotgan baho yoki ta’rifning indeksiga ko‘paytirish.
Muomala xarajatlariga tovar oboroti tezligi ko‘rsatkichini o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Tovar oboroti tezligi muomala xarajatlarining «bank kreditlari bo‘yicha foizlar», «tovarlarni saqlash, ishlov berish, saralash va joylash (o‘rash)», «tashish, saqlash va sotish davrida tovarlar va mahsulotlarning yo‘qotilishi» kabi moddalari summasini u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bevosita ta’sir qiladi hamda tovar oboroti hajmining orttirish hamda kamaytirish sabablaridan biri sifatida bilvosita muomala xarajatlarini darajasiga ta’sir qiladi.
Masalan, tovar oboroti tezligi 80 kunga rejalashtirilgan bo‘lsa, haqiqatda u 76 kunga teng bo‘ldi desak, muomala xarajatlarini bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining darajasi 0,676 % miqdorda belgilangan bo‘lsa, ushbu xarajatlar darajasi tovar oboroti tezligi 76 kunni tashkil qilgan holda teng bo‘ladi, ya’ni tovar oboroti tezligi 4 kunga qisqarishi natijasida muomala xarajatlari 0,642-0,676=-0,034 punktga kamaygan bo‘ladi. Agar haqiqiy tovar oboroti summasi 9976,0 mln. so‘mga teng desak, unda muomala xarajatlarini summasi mln. so‘mga kamaygan bo‘ladi.
Ushbu hisoblarni tovar oborotini tezligini ortish natijasida bank kreditlariga bo‘lgan ehtiyojini qisqargan miqdorini aniqlash va bank foizlari orqali ham o‘tkazish mumkin. Masalan, bizning misolda bir kunlik tovar oboroti 9976,0:360=27,711 mln. so‘m. Tovar zahiralari tovar oborotini 4 kunga tezlashishi natijasida 27,711x4=110,844 mln. so‘mga qisqaradi. Tovarlar qiymatini to‘lashda savdo shahobchasini (korxonasini) o‘z mablag‘larini qatnashishini 30,0 % deb olsak, unda bank kreditlarini summasi mln. so‘mga kamayadi. Bank kreditlarini foizi o‘rtacha 4,4 % bo‘lsa, bank kreditlari foizi bo‘yicha to‘lov mln. so‘mga kamayadi.
Yukorida keltirilgan hisoblar kabi muomala xarajatlariga ta’sir qilish darajasini hisoblash imkoniyati bor. 8.3-paragrafda keltirilgan omillar ta’siri miqdorini tegishli usullar orqali hisob-kitob qilish lozim bo‘ladi.
Savdo korxonalari, shahobchalari o‘z raqobatchilari faoliyatini, jumladan muomala xarajatlarini holatini o‘rganib borishi, ularni tajribalaridan (M.:xarajatlarni tejamli ishlatish borasida) foydalanish maqsadida o‘z ko‘rsatkichlarni raqobatchilar ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda taqlil qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Muomala xarajatlarining umumiy hajmi va darajasini tahlili davrida aniqlangan tendensiyalar, kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida muomala xarajatlari moddalari va ularni elementlarini chuqur tahlil qilish zarur bo‘ladi. Bunday tahlil muomala xarajatlarini moddalari va ularni elementlari bo‘yicha xarajatlarni ratsionallashtirish, ularni tejamli ishlatish yo‘llarini aniqlash va chora-tadbirlari ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Muomala xarajatlari moddalarini va ularni elementlarini tahlil qilishda biz yukorida keltirgan (muomala xarajatlarini umumiy summasi va darajasini tahlilida) usullardan tegishlicha foydalanish mumkin. Bunday tahlil jarayonida muomala xarajatlarini har bir moddasiga tegishli omillar ta’sirini alohida hisob-kitob qilish maqsadga muvofiqdir.