IV. Muomala xarajati darajasini o‘zgarish sur’ati Ushbu ko‘rsatkich hisobot yilidagi muomala xarajatlari darajasini rejadagi, o‘tgan yillardagi yoki bazis yildagi miqdorlarga nisbatan foiz hisobida (Umxus) yoki indekslarda (Ju) hisob-kitob qilinishi mumkin. Bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi.
1. Rejadagi darajasiga nisbatan yoki
2. O‘tgan yillarga nisbatan yoki
3. Bazis yilga nisbatan yoki
Ushbu ko‘rsatkichlar muomala xarajatlarini o‘zgarishida ro‘y berayotgan intensiv holatni bildiradi.
V. Muomala xarajatlari xajmida uning moddalari ulushi. Ushbu ko‘rsatkich muomala xarajatlari moddalari summasini 100,0 ko‘paytirib uning umumiy summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich muomala xarajatlarining tarkibi deb yuritiladi.
Yuqorida keltirilgan (I-V) ko‘rsatkichlar muomala xarajatlarining moddalari bo‘yicha ham hisoblanadi. Muomala xarajatlari umumiy hajmi va darajasining tahlilini shartli misolida ko‘rib chikamiz.
8.4.1-jadval ma’lumotlaridan kurinib turibdiki, taxlil kilingan davrda chakana tovar oboroti va muomala xarajatlarining summasi ortib borish tendensiyasiga ega. Bu hol rejaga nisbatan ham tegishlicha 104,7 % va 102,9 %, o‘tgan yilga nisbatan ham tegishlicha 110,5 % va 107,8 % ni tashkil kilgan.
Muomala xarajatlarini darajasi esa qiskarish tendensiyasiga ega, bu ko‘rsatkich (o‘zgarish sur’ati) rejaga nisbatan -6,131%6,1 %. O‘tgan yilga nisbatan -2,486 % 2,5 % tashkil qilgan.
Jadvaldagi ma’lumotning 2.2-bandiga e’tibor bersangiz, rejaga nisbatan muomala xarajatlarining o‘zgarish sur’ati 98,3 %ni tashkil qilganligini, ya’ni kamayish sur’ati – 1,7 % tashkil qilganini ko‘ramiz. Ushbu holda tovar oborotining o‘zgarish miqdori hisobga olinmagan. Lekin muomala xarajatlarining summasi (shartli o‘zgaruvchan qismi hisobidan) tovar oborotining ortishi bilan, proporsional bo‘lmasa xam, tegishli miqdorda ortib boradi. Shu sababli yuqoridagi ko‘rsatkichni aniqlashda muomala xarajatlarining rejadagi darajasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Muomala xarajatlarining absolyut miqdori rejaga nisbatan +25,55 mln. sumga, o‘tgan yilga nisbatan esa +64,75 mln. so‘mga ortgan.
Hisobot yili uchun muomala xarajatlari summasini (tovar oboroti o‘zgarishiga karab) nisbiy miqdorini aniqlasak, tovar oborotini (rejada – 9528,0 mln. sum) hisobga olgan holda rejadagi summasi 874,29 mln. so‘mni tashkil qilish kerak bo‘lgan.