Њзбекистон республикаси олий ва њрта


-BOB. SAVDO KORXONALARI FOYDASI VA RENTABELLIGINI MOHIYATI VA AHAMIYATI



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə55/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

10-BOB. SAVDO KORXONALARI FOYDASI VA RENTABELLIGINI MOHIYATI VA AHAMIYATI


10.1. Foyda va rentabellikni mohiyati va ahamiyati
Foyda iqtisodiy tabiatidan ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq murakkab iqtisodiy va tarixiy kategoriyadir. U kelib chiqishi, yo‘naltirilishi, xo‘jalik sub’ektlarini xususiyatlaridan va boshqa me’yorlarga qarab tasniflanishi va tavsiflanishi zarur.
Bozor raqobati sharoitida maksimal foyda olish, ehtiyojlarni qondirish, xo‘jalik sub’ektlarini samaradorligini oshirishda tijoriy faoliyatni ahamiyati ortib boradi. Foyda va rentabellik, boshqa ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, tijoriy faoliyatni, unda qatnashayotgan resurslarni samaradorligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Foyda xo‘jalik faoliyatining natijaviy ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozor raqobati sharoitida foyda muhim ahamiyat topdi. Uning miqdori korxonalarni rivojlanishiga jamg‘arish manbai sifatida asos soladi; mulkdorni mulkini ko‘payishini ta’minlaydi; aksiyadorlarni daromadini (dividendlarni ortishi orqali) oshiradi; korxonani moliyaviy barqarorligining va to‘lov qobiliyatini saqlashga imkoniyat yaratadi va nihoyat, u savdoni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Foydaning mohiyati uni iqtisodiy tabiatidan kelib chiqqan holda yoritiladigan bo‘lsa, u qo‘shimcha qiymatning puldagi ifodasidir. Iqtisodiyotda foyda tovar kiymatining (S+V+m) asosiy elementlaridan biri, ya’ni «m»-ni anglatadi. Ushbu nazariy asosdan kelib chiqib, savdo foydasini savdo faoliyatida yaratilgan qo‘shimcha qiymatning puldagi ifodasi sifatida ta’riflash to‘g‘ri bo‘ladi.
Shunday kilib, foyda savdo faoliyati qiymatining bir elementi, ushbu qiymatning puldagi ifodasi bo‘lib, tovar bahosining elementidir. Bu yerda ham yuqorida keltirilgan qiymatning klassik formulasidan (S+V+m) kelib chiqsak foyda - «m»da ifodalanadi.
Savdoda foyda summada va darajasi deb ataladigan, rentabellik ko‘rsatkichlarida ishlatiladi. Foydaning summasi doimo ham solishtirish imkoniyatini bermaydi, shu sababli uni ijobiy ko‘rsatkichi foyda darajasi yoki rentabelligi ishlatiladi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash usullarini keyingi 10.2.2-paragrafda batafsil izohlaymiz.
Rentabellik har kanday xo‘jalik sub’ektining, jumladan savdoning juda muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichda savdo korxona (shahobcha)larini daromadi, xarajatlarini, tovar oboroti, mexnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar holati o‘z aksini topadi.
Rentabellik miqdoriga qarab savdo faoliyatiga, unda resurslardan foydalanish samarasi, faoliyat tejamlimi yoki yo‘qmi kabi holatlarga baho beriladi.
Savdoda foyda asosan tovarlarni sotishdan keladi va u tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromadlarga byudjetdan qoplanadigan ayrim xarajatlarni qo‘shish va ular summasidan muomala xarajatlarini ayirish yo‘li bilan aniqlandi.
«Korxona xarajatlari to‘g‘risida»gi statistik hisobotda (5-S (savdo) shakli) «tovarlarni sotishdan kelgan foyda»ni «sotishning yalpi foydasi»ga «Kartoshka va sabzavotlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish buyicha xarajatlarni qoplash, boshqa qoplashlar»ni qo‘shish va muomala xarajatlarini olish natijasida aniqlash ko‘rsatilgan.
Unda «Sotishning yalpi foydasi» «Sotishdan sof tushum»dan «Sotilgan tovarlarni xarid qiymati tannarxi»ni ayirish orqali aniqlangan.
Bu yerda xam «yalpi foyda» «yalpi daromad» deb yuritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ushbu hisobotda «Tovarlarni sotishdan kelgan foyda»ni aniqlashga nazariy va amaliy nuqtai nazardan to‘g‘ri yondashilgan deb hisoblaymiz.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin