5-MAVZU:
STATISTIK KO‘RSATKIChLAR
1. Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati, tansiflari va turlari
2 Mutloq miqdorlar
3.
Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari
4.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llashning zaruriyati
1. Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati, tansiflari
va turlari
Statistik ko‘rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. Masalan, I.P.Suslovning
fikricha statistik
ko‘rsatkichlarni statistika tushunchalar
1
emish N.Soatov statistik ko‘rsatkichni o‘rganilayotgan hodisa va
jarayonni me’yoridir
2
deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko‘rsatkich-hodisa tasvirini adekvat
ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko‘pchilik qo‘shiladi.
Statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o‘rganilayotgan hodisalarni
adekvat ifodalash
uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
1)
iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko‘rsatkichlar iloji
boricha o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy
tushunchalar bilan bog‘liqligi;
2)
ko‘rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to‘liqligi;
3)
boshlang‘ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo‘yicha ularni taqqoslash
mumkinligini
va ishonchliligini ta’minlash;
4)
hodisa va predmetlarni o‘rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo‘laklarga bo‘lmoq, uni
ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o‘rganilayotgan predmetni xayolan
bo‘laklarga bo‘lish tahlil deyiladi;
5)
tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;
6)
induksiya va deduksiyani ta’minlanish, ya’ni ko‘rsatkichlarni hisoblashda
fikrni yakkalikdan
umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.
Statistikada ko‘rsatkichlar o‘rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat tomonlarini ifoda etadi. Ular
o‘rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini (aksiyalar soni, aksiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini,
nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli
ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Statistik ko‘rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o‘zaro bog‘langan miqdor va sifat
tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum
bir summa
hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo‘shiladi va qanday xarajatlar qo‘shilmaydi.
Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo‘riqnomalar)ni o‘rganish talab
etiladi.
Statistik ko‘rsatkichlar tegishliligi bo‘yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag‘batlantirish funksiyalarini
bajaradi.
Statistik ko‘rsatkichlarning bilish funksiyasini mohiyati shundan iboratki, ular o‘rganilayotgan hodisa va
jarayonlarni
holati va rivojlanishini, yo‘nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funksiyasida ular
(ko‘rsatkichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu
funksiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy
va yuridik shaxslarga
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir menejer bu ko‘rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi.
Tuzilgan va hisoblangan statistik ko‘rsatkichlar ob’ektiv haqiqatni ifodasi bo‘lib qolmasdan, ular bir-
biriga bog‘liq hamdir. Statistik ko‘rsatkichlar o‘zaro: semantik; stoxastik; funksional bog‘liqdir.
Statistik ko‘rsatkichlarni semantik o‘zaro bog‘liqligi deganda ularni o‘zaro ma’naviy bog‘liqligi
tushuniladi. Stoxastik- bu noto‘liq bog‘liqlik, ya’ni ko‘rsatkichni o‘zgarish bir necha ko‘rsatkichlarni
o‘zgarishiga bog‘liq, funksional-omil ko‘rsatkichni o‘zgarishi bilan natijaviy ko‘rsatkich to‘liq o‘zgaradi.(Bu
masalalar to‘lug‘icha kelgusi boblarda yoritiladi).
Statistik ko‘rsatkichlar turli-tuman funksiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha
(boshqa takliflar ham mavjud, ularni tahlil qilish darslikni ishi emas) ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.
(4.1-rasm).Agarda ko‘rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo‘lsa,
1
Суслов И.П. Общая теория статистики. М.: Статистика,1970,
с.85.
2
Соатов Н. Статистика. Т.:
Ибн Сино, 2003 й.94б.