Asosiy tayanch iboralar
•
Statistik ko‘rsatkichlar
Foiz (protsent)
•
Mutloq miqdorlar
Promille
•
Nisbiy miqdorlar
Prodesimille
•
Natural o‘lchov birligi
Majburiyatni bajarish nisbiy miqdori
•
Shartli-natural o‘lchov birligi
Dinamika nisbiy miqdori
•
Pul o‘lchov birligi
Tuzilmaviy (struktura) nisbiy miqdori
•
Kompleks o‘lchov birligi
Koordinatsiya nisbiy miqdori
•
Taqqoslanuvchi ko‘rsatkich
Intensivlik nisbiy miqdori
•
Taqqoslanadigan ko‘rsatkich
Taqqoslash nisbiy miqdori
•
Koeffitsient
Bilimingizni sinab ko‘ring
1.
Statistik ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz va ular qanday turlarga bo‘linadi?
2.
Respublikadagi studentlar soni, umumiy aholi sonida ayollar hissasi, avtomobillar soni, umumiy ishlab
chiqarilgan bug‘doy miqdori, bir sigirdan sog‘ib olingan sut, qazib olingan
oltin hajmi, bir gektardan
olingan hosil miqdori qaysi miqdorlarga misol bo‘la oladi?
3.
Mutlaq miqdorlarni qanday usullarda aniqlash mumkin?
4.
Mutlaq miqdorlar nega bir necha o‘lchov birliklarida ifodalanadi?
5.
Samarqand va Qo‘qon konserva zavodlari bir oyda 500 ming bankadan tomat pastasi ishlab chiqargan.
Shartli banka hajmi 353,4 sm
3
. Samarqand konserva zavodida ishlab chiqarilgan banka hajmi 600
grammni, Qo‘qon - 258 grammni tashkil etgan. Shartli bankalar sonini aniqlab, zavodlarni oylik ishiga
baho bering.
6.
Mutlaq miqdorlarning kamchiligi nimada?
7.
Nisbiy miqdorlar qanday shakllarda ifodalanadi?
8.
Nega va qachon asos (taqqoslanadigan ko‘rsatkich) birga, yuzga, mingga va o‘n
mingga teng deb
olinadi?
9.
Bankirlar miqdorlarning qaysi shaklini ishlatgani ma’qul?
10.
Koeffitsientdan promille necha barobar katta?
11.
Siz dekanat yoki ota-onangiz oldida ikkinchi kursni a’lo baholar bilan tugatish
majburiyatini olgan
edingiz. Ikki semestrda 19 ta fandan imtihon topshirib 16 ta besh baho oldingiz. Majburiyat qay darajada
yoki necha foizga bajarildi?
12.
Potokda 127 student o‘qiydi. Shundan o‘g‘il bolalar 67 ta. Qizlarning hissasini aniqlang.
13.
Fakultetda 1382 student bor. Shundan 712 tasi qizlar. Koordinatsiya nisbiy
miqdorini aniqlang va
tushuntirib bering.
14.
Dinamika nisbiy miqdori deganda nimani tushunasiz va boshqa nisbiy miqdorlardan qaysi jihatlari bilan
farq qiladi.?
15.
Shahar aholisining o‘rtacha (yillik) soni 360 ming kishiga teng. Bir yilda 1812 bola tug‘ilganligi qayd
qilingan. Shu davrda 171 kishi o‘lgan. Tug‘ilish va o‘lish koeffitsientlari aniqlansin.
Bu aniqlangan
ko‘rsatkichlar nisbiy miqdorlarning qaysi turiga mansub?
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llashning zaruriyati