Masalan, 400 yoki 628 foiz oshgan deyilgandan ko‘ra 4,0 yoki 6,3 marta oshgan yoki 1,17 marta emas, balki
17 foizga oshgan degan so‘zlarni ishlatsak hammaga tushunarli bo‘ladi.
Shunday o‘zaro taqqoslanadigan hodisalar borki, ular orasidagi farq katta yoki juda ham katta. Masalan,
tug‘ilganlar yoki o‘lganlar soni bilan aholi umumiy sonini taqqoslash. Tug‘ilgan bolalar sonini aholining
o‘rtacha soniga bo‘linsa, kelib chiqqan natija hech qaday mazmunga ega bo‘lmaydi. Masalan “A”shahar aholisi
300000 kishini tashkil qiladi. Yil davomida shaharda 1700 bola tug‘ilgan. Bu yerdan, shahar aholisi birga teng
deb olinsa va 1700 ni 300000 ga bo‘lsak 0,00567 natijaga ega bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkichni mazmunan tahlil
qiladigan bo‘lsak, shaharda har bir kishiga o‘rtacha 0,00567 ta bola tug‘ilgan. Olingan natijada hech qanday
mazmun yo‘q. Agarda asosni 1000 ga tenglashtirib oldingi operatsiyani [(1700:300000)•1000 = 5,67‰]
bajarsak, olingan natija promilleda o‘lchanadi. Bizni misolimizda u 5,67 ‰ ga teng. Bu degani “A” shaharda
har ming kishiga o‘rtacha 5,67 bola tug‘ilgan. Bu so‘zda mazmun bor.
Yuqorida ta’kidlanganidek, taqqoslanadigan hodisalar o‘rtasidagi farq juda ham katta bo‘lishi mumkin.
Masalan, genekolog vrachlar bilan aholi soni o‘rtasida. Agar bularni taqqoslamoqchi bo‘lsak asosni 10000 ga
teng deb olamiz. Vrach ginekologlar sonini aholi soniga bo‘lib olgan natijani 10000 ga ko‘paytirsak, faraz
qilaylik, 2 kelib chiqdi (ya’ni 2‰
0
). Demak, har 10000 kishiga 2 ta ginekolog vrach to‘g‘ri keladi.
Nisbiy miqdorlar qaysi shaklda ifodalanmasin, ularni hisoblashdan oldin tekshiruvchida taqqoslanadigan
ko‘rsatkichilar solishtirma holatida ekanligi haqida hech qanday gumon bo‘lmasligi kerak. Agarda
ko‘rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi, ular keltirilgan vaqtning uzun – qisqaligi, ma’lumotlarni yig‘ish va
qayta ishlash usullari bir xilda bo‘lmasa, ularni taqqoslash mumkin emas.
Statistikada nisbiy miqdorlarning bir qancha turlari qo‘llaniladi. Ular o‘zining bilish mohiyatiga qarab
shartnoma majburiyatining bajarilishi, dinamika, tuzilmaviy (struktura), koordinatsiya, intensivlik va
taqqoslash nisbiy miqdorlariga bo‘linadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma majburiyatlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Shartnoma
majburiyatlarini bajarmaslik korxona va tashkilot uchun ko‘p yillar mobaynida va turli qiyinchiliklar bilan
erishilgan imidj(obro‘)ini yo‘qotishga olib keladi. Shu munosabat bilan shartnoma majburiyatlarini bajarish
ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdori haqiqiy bajarilgan ko‘rsatkich hajmini shartnomada
ko‘rsatilgan majburiyatlar hajmiga nisbati bilan taqqoslanib aniqlanadi.
ShMBNM
= (haqiqiy daraja/shartnomada ko‘rsatilgan daraja)
100
Misol. Konditer fabrikasi va supermarket o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, konditer fabrikasi
supermarketga 1 chorakda 12 tonna shokolad, 9 tonna karamel yetkazib berishi kerak. Haqiqatda yetkazib
berilgan mahsulot tegishli ravishda 10 va 11 tonnani tashkil qilgan. Bu yerdan, ShMBNM:
Shokoladbuyicha
83,3%
yoki
( 16,7%)
Karamel buyicha
122,2%
yoki
( 22,2%)
9
Olingan natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, konditer fabrikasi o‘z majburiyatini shokolad yetkazib berish
bo‘yicha 16,7% ga bajarmagan, karamel bo‘yicha esa 22,2% ga oshirib bajargan.
Dostları ilə paylaş: