Bozor raqobati sharoitida savdo tarmoqlari xo‘jalik faoliyati fanining o‘rni va ahamiyati
Insoniyatni maqsadi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo va har yerda, har qachon, u moddiy vositalarsiz hayot kechira olmaydi. Lekin moddiy boyliklar inson ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bir xil ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Inson nazarida bu moddiy boyliklar ikki xil kategoriyaga bo‘linadi. Ularning bir qismi unga tabiatan berilgan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun insoniyatdan ortiqcha mehnat va moddiy xarajatlar sarf qilish talab qilinmaydi. Bularga havo, quyoshning nuri, suv kabilar kiradi. (bu yerda hayotning boshlang‘ich etapi to‘g‘risida gap ketyapti). Albatta ilmiy – texnik taraqqiyot asosida hayotning rivojlanishi bu guruh moddiy borliqlar uchun ham aqliy va jismoniy mehnatni, moddiy resurslarini sarf qilish zaruriyatini tug‘diradi. Bular tabiatan berilgan in’om hisoblanadi. Ular erkin taqsimlanadi, hammani ehtiyojiga yarasha, sarf qilgan mehnatni yoki jamiyatda tutgan o‘rni, mavqeyidan qat’iy nazar. Ikkinchi kategoriya moddiy borliq hayotda chegaralangan bo‘lib, insonning mehnati bilan, tabiatdagi moddiy borliqni o‘z ehtiyojiga moslashtirish natijasida ishlab chiqiladi.
Bu ikkinchi kategoriya moddiy boyliklar kam, yoki ularni yaratish chegaralangan bo‘lib, ularni ishlab chiqish uchun mehnat moddiy va moliyaviy xarajatlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham ular xo‘jalik yuritish natijasida vujudga kelgan vositalarga kiradi.
Mana bu moddiy boyliklar xo‘jalik yurituvchilarni va iqtisodchi – nazariyotchilarni qiziqtiradigan, ular o‘rganadigan, tadqiqot qiladigan jarayondir.
Shuni ta’kidlash joizki, bu moddiy boylikni kichik bir qismi yo‘q bo‘lsa, yoki isrof qilinsa, u yo‘qotish, zarar sifatida qabul qilinadi, chunki uni o‘rnini to‘ldirish uchun yangidan resurslarni xarajat qilish, vaqt sarflash zarur bo‘ladi.
Shuning uchun bu boyliklar alohida ahamiyatga sazovor bo‘lib, ular insonlarning moddiy farovonligiga bog‘liqdir. Ular xo‘jalik yurituvchining alohida e’tiboriga olinadi, baholanadi. Xo‘jalik yurituvchilar, iste’molchilar, bu tipdagi moddiy borliqni tejamli sarflashga harakat qiladi. Shuning uchun ham ularni ishlab chiqish, maqsadga muvofiq hisob – kitob asosida, xo‘jalik faoliyati yuritish natijasida vujudga keladi.
Xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi ikki tomonlama xarakterga ega.
Birinchidan,texnikaviy, ya’ni tabiiy resurslarni inson ehtiyojlariga eng yangi, qulay vositalar asosida moslashtirishdir. Xo‘jalik faoliyatini texnik tomonlarini texnik fanlar o‘rganadi.