Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə6/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Ikkinchi tomoni – inson faoliyati mehnati bilan bog‘liq bo‘lib, insonlarning manfaati bilan bog‘liq, ya’ni kam xarajat qilib, ko‘p natijaga intilish, ko‘proq ehtiyojni qondirishga intilish.
Bu tomondan xo‘jalik faoliyat yuritishni iqtisodiy prinsiplari vujudga keladi. Bu munosabatlarni iqtisodchilar, iqtisodiy fanlar o‘rganadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashishi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo‘jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g‘oyasi tug‘ila boshlaydi. Chunki u uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglab xo‘jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
Fan – bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va umumlashtirilgan bilimlar yig‘indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi, texnika va texnologiyani, hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashishi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo‘jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g‘oyasi tug‘ila boshlaydi. Chunki u uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglab xo‘jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy xaloqatlarga olib kelishi mumkin.
Insoniyat ijtimoiy – iqtisodiy faoliyat yuritish jarayonida uchta bir – biriga bog‘liq bo‘lgan muammolarga duch keladi. Bular qanaqa muammolar?
Birinchidan, nima ishlab chiqarish va qancha miqdorda?
Ikkinchidan, qanday ishlab chiqarish va qancha xarajatlar zarur bo‘ladi?
Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadi?
Muammolarni hal qilish usullari va mexanizmini to‘g‘ri topish, iste’molchilar talabini to‘la qondirish yo‘llarini izlash, yuqori samarali ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bog‘lash, sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi munosabatlarni takomillashtirish, iqtisodiy xodisalarni uyg‘unlashtirish kabi masalalarni hal qilish zaruriyati tug‘iladi.
Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijodiy qo‘llay oladigan, uni nihoyasiga yetkazish bo‘yicha optimal qaror qila oladigan mutaxassislarga ko‘proq bog‘liqdir.
Bunday mahoratlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘lish iqtisodiy fanlarni o‘rganish orqali amalga oshishi mumkin.
Bozor raqobati rahbarlarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish yuritishni, minglagan sub’ektlar va iste’molchilar bilan o‘z faoliyatini, jarayonlarni o‘z manfaati va maqsadiga yo‘naltirishni, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo‘llarini bilish talablarini qo‘yadi. Bularsiz raqobatchilik muhitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas.
Savdoda jamiyatni rivojlantiruvchi iqtisodiy qonunlar ko‘rinish shakllari o‘z aksini topadi. Shunday ekan, savdoni boshqarish asosida iqtisodiy qonunlar talablarini obyektiv holda ko‘ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur bo‘ladi. Masalan, iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan tezroq o‘sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa, pul muomalasi muvozanati buzilishiga olib kelishi, ortiqcha pul vujudga kelishi, inflyatsiya, tovarlar defitsiti paydo bo‘lishi kabi noo‘rin hodisalar vujudga kelishi muqarrardir.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo‘jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun unga mos xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (baho, soliq, foyda, ish haqi kabilar) kategoriyalar, ko‘rsatkichlar, usullarini (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo‘jalik yurituvchilar o‘z maqsadlariga muvofiq boshqaruv obyektlarida ishlatadilar. Savdo tarmoqlari xo‘jalik faoliyati fani yuqorida keltirilganlarning mazmuni va mohiyatini ochib beradi, ularni xo‘jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o‘rgatadi.
Har qanday xo‘jalik sub’ekti, o‘z ko‘rsatkichlarini iqtisodiy hisob – kitoblar orqali asoslashlari zarur. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni malakali tushunadigan mutaxassislar zarur. Bunday mutaxassislarni tayyorlashda savdo tarmoqlar xo‘jalik faoliyati boshqa iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda katta ahamiyatga ega.


    1. Yüklə 1,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin