Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə14/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Nazorat va mulohaza uchun savollar



  1. Savdo nima?

  2. Pulning vujudga kelishi?

  3. Savdoning funksiyalari?

  4. Savdoning ijtimoiy shakllari qanday?

  5. Savdoning ahamiyati nimadan iborat?

  6. Shaxsiy iste’molni qondirishda savdo qanday ahamiyatga ega?

  7. Savdo tashkilotlarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  8. Bozor raqobati sharoitida savdo tashkilotlarining o‘rni nimadan iborat?

  9. Savdo mexanizmining mazmunini ifodalab bering.

  10. Savdo xo‘jalik mexanizmining elementlariga nimalar kiradi?

3 - BOB.SAVDO KORXONALARIDA IQTISODIY ISHNI TASHKIL QILISH


3.1. Iqtisodiy ishning mohiyati

Iqtisodiy ish iqtisodiy hodisalar, jarayonlarni son va sifat tomonini o‘rganish, hisobga olish bilan, ya’ni xo‘jalik faoliyatini boshqarish jarayoni bilan bog‘liq.


Iqtisodiy ish natijasi iqtisodiy axborotlar orqali namoyon bo‘ladi. Savdoda iqtisodiy ish natijasi quyidagilarda o‘z aksini topadi:

  1. Hududni iqtisodiy holatini, ko‘rsatkichlarini o‘rganish.

  2. Har xil hisobotlarni olib borish.

  3. Talabni o‘rganish va prognoz qilish.

  4. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish, hayotga tadbiq qilish.

  5. Har xil uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, instruksiyalar, takliflar ishlab chiqish.

  6. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish.

  7. Prognozlash va rejalashtirish.

  8. Xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan texnik iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar ishlab chiqish.

  9. Buyurtmalar, shartnomalar to‘zish.

  10. Bozor konyunkturasini o‘rganish.

  11. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

  12. Rejalar, tadbirlar, boshqaruv qarorlarini bajarilishini nazorat qilish.

Iqtisodiy ishni olib boruvchi organlar iqtisodiy xizmat apparati bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy xizmatni bosh vazifasi mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali asosiy maqsadga erishishni ta’minlash hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun iqtisodiy xizmat quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi:

  1. Iste’molchilarni ehtiyojini to‘la-tukis qondirish.

  2. Maksimal daromad va foyda olish.

  3. Moddiy, mehnat, moliyaviy resurslardan oqilona va ratsional foydalanish.

  4. Har tomonlama asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlash.

  5. Sifatli va o‘z vaqtida iqtisodiy axborotlarni tegishli organlarga yetkazish.

  6. Iqtisodiy ishni kam xarajatlar va samarali bajarilishini ta’minlash.

  7. Iqtisodiy ishni takomillashtirish milliy hisoblar tizimi (MHT)ga – moslashtirilgan usullar, qoidalar, ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, axborotlar shakllarini yangilab borish, ularni vertikal va gorizontal yo‘nalishlarini aniqlash va h.k.).

Axborot qabul qiluvchiga uch xil ko‘rinishda, ya’ni qabul qilish, tushunish va baholash orqali yetkaziladi. Shu nuqtai nazardan axborot, qaror qabul qilish yoki biron bir vazifani bajarish uchun foydali bo‘lgan, qabul qilingan, tushunilgan va baholangan yangi bilimlar qatoriga kiradi.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqaruvchilar, xo‘jalik sub’ektlari orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiat va ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘lgan xabarlar majmuasini tushunamiz.
Axborotlar doirasi juda kengdir va uning har xil turlari mavjud. Tabiat to‘g‘risida, tarix to‘g‘risida, ijtimoiy hayot to‘g‘risida, siyosat to‘g‘risida, texnikaviy, iqtisodiy va hokazolar.
Iqtisodiy axborotlarga tushuncha berib o‘tamiz. qisqacha qilib aytganda iqtisodiy axborotlarda iqtisodiy jarayon va hodisalarning son va sifat tomonlari o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarga keng ma’noda qaralsa quyidagilardan tarkib topadi:

  • boshqaruvchi va boshqariluvchi obyektlar o‘rtasida aloqa vositasi sifatida ishlatiladi;

  • barcha aloqador obyektlar, sub’ektlar orasida bir-biriga yuboriladigan xabarnoma sifatida ko‘rinadi;

  • boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va narsalarning xususiyati to‘g‘risidagi yangi bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi;

  • hodisalar va jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan darak beruvchi xabarnoma sifatida tasavvur qilinadi;

  • iqtisodiy usul va uslublarni ishga solish, fan predmetini o‘rganish va tadqiq qilish hamda xulosalarini namoyon qilish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy ma’lumotlar iqtisodiyotda ahamiyati katta, keng ma’noda ishlatiladi, ishlatilish doirasi ham keng.
Aniq qilib ta’rif berilsa, iqtisodiy axborotlarda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha iqtisodiy ishlarning son va sifat jihatlari (hajmi, mazmuni) o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy axborotlar to‘g‘risida xabarlar ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
O‘rganiladigan hodisa, jarayon, obyekt yoki predmetlarni son va sifat jihatlarini, hajmini, mazmunini namoyon qiluvchi vositalar ko‘rsatkichlardir.
Ko‘rsatkichlar natural, qiymat, absolyut va nisbiy o‘lchov birliklarda namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tegishli boblarda so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy axborotlarni namoyon bo‘lishi belgilangan yoki qabul qilingan hujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborotlarni rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjat va blankalar orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin