Moliyaviy resurslar jamiyat xo‘jalik mexanizmida insonning qon tomirlari tizimi kabi, faol xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qaysi jabhasini tahlil qilmang, moliya masalalariga duch kelamiz.
Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, naqd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan chet el valyutalari, banklardagi naqd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar majmuasidir.
Davlat, korxona, uy xo‘jaligi (oila xo‘jaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq aloqalardir.
har bir davlatni o‘ziga xos moliyaviy tizimi mavjud. o‘zbekiston Respublikasining moliyaviy tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
davlat moliyasi. Bunga davlat byudjeti, mahalliy byudjet, qoaqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, kredit tizimi, soliq xizmati, davlat sug‘urtalash tizimi, nafaqa jamg‘armasi;
xo‘jalik sub’ektlari moliyasi – korxonalar, tijorat banklari, birja tizimi, tijorat kreditlash va sug‘urtalash tizimi;
jismoniy shaxslar moliyasi, ya’ni aholining shaxsiy mablag‘lari.
Xo‘jalik mexanizmini yuritish harakati moliya-kredit vositalari (tayanchlari), moliyaviy resurslarni o‘zgarishiga ko‘pdan bog‘liq.
Pul, moliya va moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy kategoriyalarni farqlash zarur.
Pul-moliyani shakllanishi va harakatini moddiy asosini tashkil qiladi.
Pul-moliyaviy resurslar, moliya va xo‘jalik faoliyatni oxirgi natijalarini o‘lchaydi (daromad, xarajatlar, aylanma mablag‘lar, maxsus pul fondalri va boshqalar).
Savdoning moliyasi – bu pul daromadlar va pul vositalari fondlarini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (konkret holda pul) munosabatlaridir.
Moliyani mavjudligi tovar muomalasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki tovar muomalasi bir tomondan tovarlar massasini siljishi bilan parallel pul massasini siljishi bilan amalga oshadi.
Tovar massasi pul massasiga teng, ekvivalent bo‘lishi kerak.
Savdo korxonalari tovar ayriboshlashni amalga oshirish jarayonida tovarlarni sotib olgan qiymatini (ulgurji baho bilan) muomala va boshqa xarajatlarini qoplaydi va foyda oladi.
Daromadni shakllanishida, ishlatilishida real pul vositalari aylanadi, korxonalarni pul fondlari shakllanadi (mehnat haqi fondi, kapital qo‘yish jamg‘armasi, davlat byudjetiga to‘lovlar, rezervlar va boshqa maxsus fondlar).
Pul munosabatlarida
– davlatning moliya-kredit tizimi bilan to‘lovlar orqali;
- bank munosabatlari bilan kredit olish va qaytarish orqali;
- savdo korxonalari o‘zaro va ularni iqtisodiyotni boshqa tarmoqlari bilan aloqalari, tovar-pul munosabatalri, ya’ni tovar oldi-sotdi, xizmat va boshqa shartnomaviy munosabatlar orqali;
- ishchi-xodimlar bilan hisob-kitoblar (ish haqi, moddiy rag‘batlantirish va boshqa pul munosabatlari) orqali savdo korxonalarining moliyaviy faoliyati o‘z aksini topadi.
Shunday qilib, moliya butun pul munosabatlarini barcha jabhalarini qamrab olmaydi.
Moliya tushunchasiga tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarikirmaydi. Bu munosabatlar natijasida faqat aholiga sotilgan tovarlardan savdo korxonalariga qoladigan daromadlar moliyaviy resurslarga kiradi.
Shunday qilib, pul munosabatlari moliya tushunchasidan kengroq. Moliyaning mohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliyaning funksiyalari quyidagilardan iborat:
takror ishlab chiqarish – kapitalni takror aylanishini ta’minlash, moddiy va pul resurslarini muvofiqligini ta’minlash;
tezkor (operatv) – savdo korxonalarini pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, ta’minlash, ishlatilishini tartibga solish;
taqsimot – pul mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, taqsimlash;
nazorat – pul mablag‘larini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini norma, normativlar, qonun-qoidalarga mos kelishini to‘xtovsiz tekshirib borish.
Moliyaviy munosabatlarning moddiy ifodasi moliyaviy resurslarda o‘z ifodasini topadi. Xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslari – bu ular ixtiyoridagi pul va unga tenglashtiriladigan daromadlar va tushumlardir. Ular xo‘jalik sub’ektlarini byudjet, banklar, sug‘urta va boshqalar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun ishlatiladi. Moliyaviy resurslar yuqoridagilar bilan bir qatorda faoliyatni kengaytirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun ham manba bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni shakllantiruvchi manbasi sifatida xo‘jalik sub’ektlarini o‘z (xususiy) va har xil boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisoblanadi.
Umumiy ko‘rinishda xo‘jalik sub’ektlarini (tarmoqlar, sohalar mulk shaklidan qat’iy nazar) moliyaviy resurslarning manbalari sifatida quyidagi 4.3.1-rasmda keltirilganlarni hisoblash mumkin.
Moliyaviy resurslar iqtisodiy yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflanadi:
Asosiy faoliyani ta’minlovchi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishini ta’minlovchi.
Aylanma mablag‘larni shakllanishini ta’minlovchi.
Kadrlar tayyorlash tadbirlarini ta’minlovchi.
Ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlovchi.
Ijtimoiy-maishiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ta’minlovchi.
Moliyaviy ehtiyot zahiralashga.
Ijtimoiy mahsulotni taqsimlash nuqtai nazaridan qaralganda moliyaviy resurslar deganda, davlat va korxonalarda o‘z maqsad va vazifalarini bajarish uchun to‘planadigan, taqsimlanadigan va ishlatiladigan pul shaklidagi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning bir qismi tushuniladi.
Amaliy nuqtai nazardan savdo korxonalarini moliyaviy resurslari ular ixtiyorida bo‘lgan jami pul shaklidagi daromadlar va jamg‘armalar yig‘indisidir.
Moliyaviy resurslarni joriy faoliyat, kredit resurslar, pul mablag‘lari rezervlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatalrni qoplangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan pul mablag‘lari jamg‘armalari tashkil qiladi.
Moliyaviy resurslarga ma’lum miqdorda moddiy boyliklar mos keladi. Asosiy va aylanma fondlar, moddiy va mehnat resurslarini samarali ishlatish moliyaviy resurslar holatini belgilaydi.
Moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish uch xil shaklda amalga oshiriladi:
- o‘z-o‘zini moliyalashtirish;
- kreditlashtirish;
- davlat tomonidan moliyalashtirish.