Bahoning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini to‘la tushunib yetish, uning funksiyalarini o‘rganish orqali yanada chuqurlashadi.
Bahoning birlamchi funksiyasi, uni «o‘lchov birligi» funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Baho orqali tovar qiymatini hisob-kitob qilish mumkin, ya’ni tovar uchun xaridor qancha miqdorda pul to‘lash, sotuvchi esa qancha tovar (xizmat) uchun pul olishi mumkinligi aniqlanadi. Baho oldi-sotdi jarayonida, pulni to‘lov vositasi funksiyasini amalga oshirish va uni miqdorini belgilanishiga imkon yaratadi. Baho orqali tovarlar va xizmatlarni umumiy summasi aniqlanadi (ularni sotilgan sonini tegishli o‘lchov birliklarda bahosiga ko‘paytirish orqali). Ishchi kuchini va mehnatni baholash ish haqini aniqlashga imkon beradi. Baho orqali ko‘p ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, prognozlash va rejalashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Baho orqali tovarlar va xizmatlar qiymatni solishtirish imkoniyati yaratiladi. Ularni qaysisi arzonroq ekanligi, unga qarab o‘zini sotib olish imkoniyatidan kelib chiqib, talabiga yarasha xarid qilish mumkinligi aniqlanadi.
Bahoning o‘lchov birligi funksiyasidan uning hisob-kitob funksiyasi hosil bo‘ladi. Ushbu funksiya orqali qiymat o‘lchovlaridan hisobot olib borish uchun xizmat qiladi.
o‘lchov birligi va hisob-kitob funksiyalari yordamida baho iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Bahoning yana bir funksiyasini bu taqsimot bo‘lib hisoblanadi. Bu funksiya bir tovardan ikkinchisiga talabni kuchishida va yetishmaydigan (defetsitligi) tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ortiqcha ishlab chiqarilayotganini qitsqartirish jarayonida namoyon bo‘ladi. Natijada investitsiyani ham taqsimlanishiga, ya’ni bir tarmoqdan ikkinchisiga yo‘naltirilishiga olib keladi.
Ushbu funksiya daromadlarni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida taqsimlanishiga ham ko‘maklashadi.
Baho ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. Chunki baho iste’molni hajmi va tarkibini ham o‘zgartirishga olib keladi. Bahodan aholining yashash darajasi, xarajatlarining miqdori, minimal ehtiyoj savatining miqdori, oilaning iste’mol byudjeti darajasi kabilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Bahoning rag‘batlantirish funksiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, tovarlar va xizmatlarni sifatini oshirishda namoyon bo‘ladi. Bu funksiyani ta’sir qilish mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni baho orqali o‘z daromadlari va foydasini oshirishga intilishdan kelib chiqadi.
Jahon amaliyotida baholarning bir necha turlari mavjud va ishlatiladi. Baholarning bir necha xil alomatlar orqali turlash mumkin. Baholarning turlanish alomatlari va turlarini quyidagi jadvalda keltiramiz.
5.2.1-jadval