Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə26/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Baholarning turlari


Baholarning turlanish alomatlari

Bahoning turlari



Izoh

1

2

3

1. Savdoning bo‘g‘inlari yoki sohalari bo‘yicha

1.1. Ulgurji baholar

1.1. Ulgurji baholar ulgurji savdoda, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, savdo korxonalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, savdo korxonalari o‘rtasida, savdo birjalarida ishlatiladi.




1.2. Chakana baholar

1.2. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari orqali individual, iste’molchi oilalarga va ayrim hollarda korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarga xo‘jalik yuritish ehtiyojlari uchun iste’mol tovarlari sotilganda




1.3. Xarid baholari

1.3. Davlat tomonidan aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishda ishlatiladi.

II. Xizmat sohasi bo‘yicha

2.1. Tarif (Xizmatlar bahosi)

2.1. Taraflar kommunal maishiy xizmatlarga to‘lov miqdorini belgilaydi. Masalan: telefon, gaz, elektroenergiya, suv va oqova kabilar.

III. Tartibga solinish tartibi va darajasi bo‘yicha

3.1. Erkin baholar

3.1. Erkin baholarga davlat organlari aralashmaydi, ular bozor kon’yukturasi, talab va taklif miqdoridan kelib chiqib bozorda shakllanadi. Bunda ishlab chiqaruvchini yoki tovarni sotuvchilarining «kalkulyatsion bahosi» bilan aholining, iste’molchining «sotib olish bahosi» solishtirilib tovarning «bozor bahosi» kelishiladi va ishga tushadi. Erkin baholar ulgurji, chakana va xarid baholarga tegishli.




3.2. Kelishilgan (shartnomaviy) baholar

3.2. Bu baholar miqdori shartnomalarda (oldi-sotdi sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida hujjat bilan) belgilanadi.




3.3. Tartibga solinuvchi baholar

3.3. Bular miqdori davlat organlari tomonidan tartibga solinadi. Talab va taklifni muvofiqlashtirish uchun bunday baholar soliqlar miqdorini o‘zgartirish orqali qimmatlashtirish yoki arzonlashtirishga yo‘naltiriladi. Tartibga solinadigan baholar belgilash mexanizmi bilvosita bo‘ladi. Ayrim hollarda bunday tovarlarga baholarni yuqori yoki pastki miqdori belgilanadi. Ayrim tovarlarga rentabellik darajasi chegaralanadi.




3.4. Tasdiq-lanadigan baholar (davlat baholari)

3.4. Tasdiqlanadigan baholar davlat organlari tomonidan belgilnadi va ularni sotuvchi yoki sotib oluvchi o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmaydi.




3.5. Monopol baholar

3.5. Monopol baholar ishlab chiqaruvchi yokit sotuvchi tomonidan tovalarni sotishda hamda sotib oluvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan xom ashyolarni sotib olishda ishlatiladi.

IV. Iqtisodiy analizda, rejalash-tirishda, statistikada, loyihalash-tirishda ishlatilishi bo‘yicha. Bu ko‘rsatkich baholarni o‘zgarib turishi bilan bog‘liq.

4.1. Haqiqiy baholar

4.1. Bozorda shakllangan baholarning haqiqiy miqdori. Bu ko‘rsatkich yuqorida keltirilgan barcha baho turlariga tegishli.

4.2. Solishtirma baholar

4.2. O‘tgan yillarga nisbatan baho indekslari orqali solishtirma baholar aniqlanadi.

4.3. Loyiha yoki limitlangan baholar

4.3. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihasini to‘zishda aniqlanadigan baholar. Bular taxminan aniqlanadi.

V. Bozorlarni turlariga qarab

5.1. Birja baholari



5.1. Birja savdosida belgilanadi.






5.2. Auksion baholar

5.2. Tovarlarni auksiya orqali sotishda aniqlanadi.




5.3. Komission baholar

5.3. Foydalanilgan tovarlarni komission savdo orqali sotishda belgilanadi.




5.4. Dehqon bozori baholari

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dehqon bozorlarida sotishda belglanadi. Bunday baholar erkin baholar tarkibiga kiradi.




5.5. Jahon baholari

5.6. Jahon bozorlariga taaluqli bo‘lib, ular erkin valyutalarda belgilanadi.

Iste’mol tovarlari bahosiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Uning natijasida ishlab chiqaruvchilar, ayriboshlash (savdo) korxonalari ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishlari mumkin.


Bahoga ta’sir qiluvchi omillarni umumlashtirib ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Obyektiv shart-sharoit, hodisalar, jarayonlar;

  2. Sub’ektiv omillar. Ular inson, tadbirkorlik omili bilan bog‘liq bo‘lib, ularni xulq-atvori, vijdoni, umuminsoniylik fazilatlariga bog‘liq. Masalan: ko‘zbo‘yamachilik, qalloblik, chayqovchilik va h.k.

Obyektiv omillar:

    • iqtisodiy – davlatning iqtisodiy rivojlanishi, difitsit, inflyatsiya, xom ashyo va materiallarga tariflar, soliqlar, bank foizlari, bojlar, milliy daromad va uni taqsimlanishi iste’mol va jamg‘armaga va h.k.;

    • siyosiy – siyosiy barqarorlik, davlatning iqtisodiy, moliyaviy, fiksal siyosatini o‘zgarishi, tashqi iqtisodiy siyosat, proteksionizm va h.k.;

    • tabiiy – geografik, davlatni geografik joylashishi, tabiiy shart-sharoiti, mavsumiy ishlab chiqarishni davlatlar ichida joylashishi, ixtisoslashishi, tabiiy, yer osti boyliklari, o‘rmon, transport yo‘llarini rivojlanish darajasi va h.k.;

    • raqobat – bahoni shakllanishiga bozor kon’yukturasi orqali ta’sir qiluvchi omillar;

    • talab va taklif;

    • monopoliya, uni vujudga kelishi, monopol baholarni shakllantiradi.




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin