Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Tovar zaxiralari va tovarlar kelishini rejalashtirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə34/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

6.5 Tovar zaxiralari va tovarlar kelishini rejalashtirish
Tovar zahiralarini normallashtirish alohida savdo shahobchalari uchun tovar guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Amaliyotda asosan ikki xil usul, ya’ni tajriba – statistik va texnik – iqtisodiy hisoblash usullari qo‘llaniladi.
Tajriba – statistik usul ko‘p tarqalgan va ishlatilishi oddiyroq usul hisoblanib, ushbu usul orqali tovar zahiralari normativi uni bor ma’lumotlarni tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Texnik – iqtisodiy xisoblash usuli orqali tovar zahiralari normativi, uni elementlarga ajratish orqali birinchi usulga nisbatan asoslanganroq hisoblanadi
Tovar zahiralari normativi joriy tovar zahiralari chakana savdo shaxobchalari, ulgurji savdo omborlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va yo‘ldagi tovarlar uchun alohida xisob – kitob qilinadi.
Joriy tovar zahiralariga savdo shahobchalarida (do‘kon, kiosk, laryok, ularni yordamchi xonalarida), ulgurji baza omborlarida, umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran, oshxona, kafe) saqlanayotgan joriy zahiralar kiradi. Bular kunlar hisobida va so‘mda normallashtiriladi.
Yo‘ldagi tovarlarga chakana va ulgurji savdo karxonalari tomonidan sotib olingan, yo‘lda kelayotgan va tovar yetkazuvchilar tomonidan jo‘natilgan, lekin to‘lov hujjatlari ham bankka belgilangan muddatda topshirilmagan tovarlar kiritiladi.
Bu zahiralar alohida kunlar va so‘m hisobida normallashtiriladi va keyin joriy zahiralar normativiga qo‘shiladi.
Mavsumiy va oldindan yetkazib beriladigan tovar zahiralari ularni tashish va sotish rejalari asosida so‘m hisobida alohida rejalashtiriladi. Ushbu zahiralar har chorakning oxiriga hisob – kitob qilinadi.
Tovar zahiralarini normallashtirish qoida va usullarini ko‘rib chiqamiz.
Tovar zahiralarini normativlari qiymat o‘lchovlarda (so‘mda) va nisbiy ko‘rsatkichlarda, ya’ni kunlar hisobida aniqlanadi.
Tovar zahiralari normativini aniqlashda birinchi qoida uning miqdori ehtimolda tutilgan maksimal va minimal miqdori o‘rtasida bo‘lishi kerak.
Bu qoida quyidagicha ifodalanadi:
3max>3th>3min
Bunda:
3t max – tovar zahiralari maksimal miqdori;
3th – tovar zahiralari normativi;
3t min – tovar zahiralari minimal miqdordi.
Savdo tashkilotlari va korxonalarida joriy tovar zahiralari normalashtiriladi.
Joriy tovar zahiralari normativlari statistik – tajriba, texnik – iqtisodiy va matematik usullar yordamida amalga oshiriladi.
Tovar zahiralari normativini aniqlash tovar taklifi va talabni bozor kon’yukturasini tovar zahiralari normativlari va haqiqiy xolatini, tovar zahiralariga ta’sir qiluvchi omillarni chuqur va kompleks tahlil qilingandan kelib chiqqan xulosalarga asoslanish zarur. Tahlil biznesga o‘tgan yillar ma’lumotlarini qamrab olish zarur.
Bunday tahlil savdo korxonalari va shahobchalarini barcha nerarxik bo‘g‘inlarida amalga oshirilishi zarur.
Bunda umumiy qoida imkon boricha ko‘proq omillarni va dinamik qatorlarni yillar qamrab olishi hisoblanadi.
Dinamik qatorlarni tahlil qilishda ko‘proq matematik usullardan – regression modellar, korrelyatsion tahlil, ko‘p omilli tahlillardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Tovar zahiralari normativlashtirish uning alohida tarkibiy elementlarini tovar guruhlari bo‘yicha hisoblash orqali amalga oshiriladi.
Normativlar chakana savdo, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari va (mavsumiy, muddatdan avval olib borilgan) normativlar bo‘yicha alohida hisoblanadi.
Chakana savdo uchun alohida ko‘rib chiqamiz.
Chakana savdoda joriy tovar zahiralari normativi quyidagi elementlardan tashkil topadi.

  1. Tovar guruhlari bo‘yicha normativlar summasi.

  2. Yo‘ldagi tovarlar normativi.

Tovar guruxlari bo‘yicha normativ quyidagilardan tashkil topadi.
1. Tovarlarni qabul qilish va sotishga tayyorlash davriga zahira – KS. Uning miqdori tovar guruhlari (assortimenti) ni tavsifiga bog‘liq va 0,5 -1,5 kun miqdorida hisobga olish mumkin.
2. Ishchi zahira (Iz) u savdo zalida doimiy saqlanadigan, ko‘rsatishga mo‘ljallangan tovarlardan iborat bo‘ladi.
Iz=
A t- assortiment turlari.
3. Savdoni yangi tovarlar kelguncha uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar (Ch) joriy to‘ldirish zahirasi. Bu zahira tovarlarni keltirish muddatiga tovar assortimentini oddiy yoki murakkabligiga bog‘liq.
Tovar zahiralari bu elementi normativini ko‘p qismini tashkil qiladi va tovar kelganda (max), tovarlar kelishi arafasida (min) darajada bo‘ladi.
Shuning uchun biz yuqorida keltirgan 3t max> 3t m > 3t1 min
qoidadan foydalanib, tovarlarni keltirish muddatini o‘rtacha miqdori (Ch) aniqlanadi va normalashtirish jarayonida uning yarmi hisobga olinadi Ch½.
Joriy to‘ldirish zahirasini normallashtirishda tovarlar kelishining davri va tezligi, talabning miqdori, buyurtma berish tartibi, buyurtmani bajarish sharti, tovarlarni tashishga va saqlashga ketadigan xarajatlar miqdori hisobga olinadi.
Joriy to‘ldirish zahirasining miqdori optimallashtiriladi va bu ko‘rsatkich orqali joriy to‘ldirish zahirasi miqdori to‘la optimallashtirilishi mumkin.
Tovar assortimentini umumiy soni va bir marotaba keltirishda necha xil assortiment kelishini hisobga olib tovar assortimentini to‘la komplektlash koeffitsenti aniqlanadi (Kk) va bu ko‘rsatkich orqali savdo korxonasida necha kundan keyin to‘la komplekt ta’minlanishi aniqlanadi.
Masalan: do‘konda matolarni turlari 15 xil.
Bir marotaba keltirishda 4 xil mato keltirildi, ularning keltirish muddati 1 oyda bir marotaba, ya’ni 30 kunda.
Kk =
Undan kelib chiqib,
Ch = kun, buning yarmi 112 : 2 = 56 kun.
4. Kafolat uchun zarur bo‘lgan tovar zahiralari. Bu zahira tovarlarni keltirish muddati bo‘ziladi, talab keskin o‘zgarishi va boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar yuz berib kelganda savdoni ta’minlash uchun zarur bo‘ladi (K). Yuqoridagilardan kelib chiqib, jami tovar zahiralari normativi (N) barobar bo‘ladi: oddiy assortimentdagi tovarlar uchun
N=KS +Iz + Ch ½ +K

  1. Murakkab assortimentli tovar guruhlari uchun

N= KS + IZ + (Ch:KK) ½ +K
Ushbu normativni joriy to‘ldirish zahirasini (Ch) optimallashtirish orqali umumiy normativni optimal miqdorini aniqlashda ingliz matematik olimlari Uilson – Uaytinlar tavsiya qilgan matematik modeldan foydalanish mumkin. Bu model tovarlarni keltirishga va saqlashga ketadigan xarajatlarni minimallashtirish orqali hisob – kitob qilinadi. Buning uchun minimal xarajatlar tovarlarni tashish optimal partiyasi qanday miqdorida ta’minlanishini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
S0 =
S0 – optimal partiya miqdori, (qop, kg, t, dona)
K – tovarlarni tashishga ketgan harajat, o‘lchovi, so‘m birligida.
S – saqlash xarajatlari, so‘m o‘lchov birligida.
Q– chakana tovar oboroti hajmi, natural ko‘rsatkichda.
Ushbu formuladan foydalangan holda tovarlarni keltirishni optimal sonini aniqlash mumkin (P)
P=
Bu ko‘rsatkich bir yilda 1 chorakda necha marotaba tovarlar partiyasi keltirilishini ko‘rsatadi.
Tovarlarni keltirish qanday intervalda, yoki necha kundan keyin tovarlar partiyasi keltirilishini (Ch) aniqlash mumkin
Ch=
Ki davr kuni, 360 yoki 90 kun.
Tovar guruhlari bo‘yicha N summasiga yo‘ldagi va jo‘natilgan lekin hisob uchun hujjatlar yetib kelmagan tovarlar normativini qo‘shish kerak.
Uni aniqlash uchun o‘tgan yil holati olinadi va o‘rtacha xranologik usul bilan o‘rtacha summa aniqlanadi M: 1 yanvarga - 29,4; 1 aprelga - 26,3; 1 iyulga – 28,7; 1 oktyabrga – 29,9; 1 yanvar rejalashtirilgan yilga – 28,8
m.s
Jami tovar zahiralari bilan bir qatorda mavsumiy va oldindan tashib qo‘yiladigan tovar zahiralari summasi normallashtiriladi. Ularni tovarlarni tashish davrini rejasi va chakana tovar oboroti hajmini hisobga olib aniqlaydi. Bunda mavsumiy tovar zahiralari uchun ularni turlari va mavsumiy saqlanish muddati hisobga olinadi.
Oldindan tashiladiganlar uchun esa tovarlarni tashish muddati va saqlanish davri hisobga olinadi.
Bular faqat absolyut so‘mda hisoblanadi.
Masalan: qishki palto: mart – avgust
Tovar zahiralari – 1 aprelga 0,9 m. so‘m

  1. kv. tashish rejasi 1,5 m. so‘m

  2. kv. chakana tovar oboroti rejasi 0,4 m. so‘m. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, 1 iyulga tovar zahiralarini aniqlash mumkin:

TZ1 – 1.07 = 0,9 + 1,5 – 0,4 = 2,0 m. s.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin