6.2. Chakana tovar oboroti tahlili Chakana tovar oborotini tahlil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ularni ayrimlarini quyida keltiramiz:
chakana tovar oboroti miqdorini yoki hajmini joriy baholarda tavsiflovchi, so‘m;
chakana tovar oboroti miqdorini (hajmini) solishtirma baholarda tavsiflovchi, so‘m;
chakana tovar oboroti assortiment tarkibini tavsiflovchi natural ko‘rsatkichlar, so‘m va foizda;
1 oyligiga to‘g‘ri keladigan chakana tovar oboroti so‘m;
1 kunlik chakana tovar oboroti, so‘m;
1 ishchiga to‘g‘ri keladigan chakana tovar oboroti, so‘m;
savdo shaxobchalarini 1 kv.m, jumladan savdo maydoni 1kv.m to‘g‘ri keladigan chakana tovar oboroti, so‘m;
chakana tovar oboroti nisbiy ko‘rsatkichlari (% bajarilishi, dinamikasi, indekslari, mavsumiylik, maromiylik koeffitsentlari, tovar aylanish tezligi kun va marotaba) va h.k.
Chakana tovar oboroti tahlilining vazifalari:
chakana tovar oboroti rejasi va prognozlarini bajarilishiga baho berish;
chakana tovar oboroti dinamikasini o‘rganish;
chakana tovar oboroti assortimentti va turlari bo‘yicha tarkibini tahlil qilish va baholash;
chakana tovar oboroti miqdori va asortimentiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish, baholash;
chakana tovar oboroti ko‘rsatkichlarini (chakana tovar oboroti, tovar zahiralari va tovarlarning kelishini) o‘zaro o‘zviy bog‘liqligini o‘rganish.
Chakana tovar oboroti tahlilining usullari:
dinamik qatorlar to‘zish;
nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar;
solishtirish;
indeks usuli;
trendlar va regressiv modellarini to‘zish;
zanjirli bog‘lash;
balans usuli;
grafiklar va boshqa chizmalar.
Chakana tovar oboroti tahlili har xil axborotlardan foydalanishni taqazo qiladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
prognoz va rejaga aloqador ma’lumotlar. Chakana tovar oboroti prognozi yoki rejasi – umumiy xajmi, assortimenti, tovar zahiralari normalari, tovarlarni keltirish, hisob kitoblar va boshqalar;
hududning ijtimoiy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
statistik va buxgalteriya hisobidagi xaqiqiy ko‘rsatkichlar;
boshqa ma’lumotlar (savdoga aloqador, unga ta’sir qiladigan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Chakana tovar oboroti ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda tahlilda ishlatiladigan ma’lumotlarni tayyorlash alohida o‘rin tutadi.
Bunday ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
prognozlash va rejalarni korrektirovka qilish;
statistik, buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlarni haqiqiyligi, bir – biriga mosligini tekshirish;
savdo shaxobchalari va korxonalarni alohida alomatlari bo‘yicha guruhlash. Chakana tovar oborotiga ta’sir qiluvchi omillar to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlash;
har xil analitik jadvallar to‘zish;
ko‘rsatkichlarni solishtirma yuzaga keltirish va h.k.