5.3. Bahoning mahsulot (ishlar, xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari tarkibi
Nizomga binoan mahsulotni sotishdan olgan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum (SST) bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi (IT) o‘rtasidagi tafovvut sifatida aniqlanadi. Statistika nuqtai nazardan sof tushumni formulada matematik qurilma sifatida quyidigicha ifodalash mumkin:
SST = IT + YaF Sotilgan mahsulotlar miqdori (qi) va baho (ri) nuqtai nazaridan sotishdan olingan sof tushum
SST = teng bo‘ladi.
Bu yerda: i – mahsulotlar turi;
n – mahsulot turlarining soni.
Ushbu formuladan kelib chiqib i mahsulotning bahosi (ri) teng bo‘ladi:
Bahoning asosiy elementini mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi deganda bevosita va bilvosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy, mehnat xarajatlarining asosiy va nomoddiy aktivlar ammortizatsiyasi hamda ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar qiymatining puldagi ifodasiga tushuniladi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tarkibidagi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar ammortizatsiyasi;
ishlab chiqvarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ushbu xarajatlar alohida elementlardan tashkil topadi. Ularni tarkibi yuqorida keltirilgan nizomda to‘la izohlangan.
Bahoning keyingi elementi korxonaning yalpi foydasi (YaF) bo‘lib hisoblanadi. Yalpi foyda yo‘naltirilishi nuqtai nazardan korxonaning davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, favqulotda zararlarni qoplash, daromaddan to‘lanadigan soliq va boshqa soliqlar va to‘lovlar hamda sof foydani shakllantirish uchun ishlatiladi.
Ushbulardan kelib chiqib bahoning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari tarkibiga ishlab chiqarish korxonasining davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulotda zararlarni kiritish mumkin.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi.
Davr xarajatlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar.
Bulardan tashqari baho elementiga moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hamda favqulotda zararlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar – bu korxonaning moliyaviy faoliyatiga ta’luqli xarajatlar, ya’ni:
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa elementlardan tashkil topadi.
Favqulotda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir.