Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Bahoni davlat tomonidan tartibga solinishi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə28/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

5.4. Bahoni davlat tomonidan tartibga solinishi
Insoniyat taraqqiyotida barcha ijtimoiy formatsiyalarda davlat iqtisodiyotni tartibga solishda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos kamchiliklari, takomillashmagan tomonlari iqtisodiyotni davlat tomonidan har tomonlama tartibga solib turishni taqozo qiladi. Ular qatoriga quyidagi holatlarni keltirish mumkin.
Birinchidan, raqobatni takomillashmaganligi sababli monopoliyalarni vujudga kelish ehtimoli va ular o‘zlarini baholashtirish siyosati orqali jamiyat faravonligiga ziyon keltirishi mumkinligi.
Ikkinchidan, jamiyatga hayotiy zarur bo‘lgan, ko‘p tovarlarni mavjudligi, lekin bozor tomonidan ular yetarli darajada taklif qilinmagsligi. Bunday tovarlar asosan ta’lim sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va boshqa sohalarda ko‘plab mavjud.
Uchinchidan, atrof muhitni himoya qilish muammolari.
To‘rtinchidan, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy barqarorsizlik, daromadlarni noteksiz taqsimlanishi.
Beshinchidan, aholini birlamchi zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlash muammolari.
Oltinchidan, bolalar, yoshlar, nogironlar va nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoya qilish zaruriyati kabi va boshqa muammolarni hal qilish zaruriyatlaridan davlat tomonidan iqtisodiy jarayon va hodisalarni, jumladan baholarni tartibga solishni obyektiv ehtiyoji vujudga keladi.
Davlat tomonidan bahoni tartibga solish deganda, davlatni jamiyat xo‘jalik faoliyatiga, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ahvolni yaxshilash maqsadida, iqtisodiy-ijtimoiy siyosati orqali, huquqiy, ma’muriy, iqtisodiy richaklar, usullar bilan o‘z ta’sirini o‘tkazishini tushunish lozim.
Ushbu richaglar va usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:
I. Baholarni chegaralash orqali
1.1. Qat’iy belgilangan baholar orqali;
1.2. Baholarni o‘zgarish koeffitsienti chegarasini belgilash;
1.3. Rentabellik darajasi chegarasini belgilash;
1.4. Baholarni deklaratsiya qilish;
1.5. Kafolatlangan xarid baholar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga).
II. har xil norma va normativlar belgilash.
III. Tovarlar (xizmatlar)ni standartlash va sertifikatsiyalash.
IV. Iqtisodiy dastaklar – soliqlar, boj bojlari va to‘lovlari, bank foizlari, tariflar va h.k.
Baholarni chegaralash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Masalan: AQSh, Avstraliya, Italiya – 10% atrofidagi baholar, Yaponiya, Gresiyada – 20 %. Ayrim iste’mol tovarlari qaytida maksimal chakana bahosi yozib qo‘yiladi. Undan yuqorisiga sotish man etiladi.
Ular asosan ayrim iste’mol tovarlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, energoresurslarga, transport tashuvlariga va h.k. tarqatiladi.
Rossiyada, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlariga, qimmatbaho metallar baholari, yuk tashish, ularni yuklash – tushirish tariflari, pochta va elektron aloqa xizmatalri tarifi, aholiga va xizmat baholari – gaz, elektroenergiya, yoqilg‘i, kommunal xizmat, passajir transport, ayrim iste’mol tovarlariga va h.k. tegishlidir.
Davlat baholarni tartibga solishni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
- byudjet, pul-kredit va soliq siyosatlari orqali pul muomalasini tartibga solish yo‘nalishi bo‘yicha;
- iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish jarayonini mutanosibligini ta’minlash;
- ijtimoiy, gumanitar, ekologik normalarni tasdiqlash;
- antimonopol siyosatni yurgizish;
- bevosita baholar, tariflarni normalashtirish, alohida tovarlar va xizmatlarga baholarni belgilash, kommunal xizmatlarga tariflar belgilash va ularni chegaralarini belgilash;
- tovarlar va xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash;
- tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va hokazolar.
Baholarni tartibga solishni quyidagi usullarini ishlatish mumkin:
- huquqiy (qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish);
- moliyaviy-iqtisodiy (soliqlar, boj to‘lovlari, imtiyozlar, kreditlar foizi, dotatsiyalar, byudjet taqsimoti);
- ijtimoiy (ijtimoiy himoya, ijtimoiy garantiyani ta’minlash, minimal ish haqi, minimal ehtiyoj savati kabilarni ta’minlash, stipendiya, pensiya, nafaqalar belgilash);
- ma’muriy (ayrim tovarlar va xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholarni belgilash yoki chegaralash – pastki va yuqori chegaralarni tasdiqlash).
Ushbu usullar bevosita va bilvosita ta’sir qilish yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi.




    1. Yüklə 1,71 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin