Baho, baholashtirish mexanizmi to‘g‘risida so‘z yuritilganda bahoga ta’sir qiluvchi muhim omil sifatida inflyatsiya to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish juda zarur bo‘lib hisoblanadi.
Inflyatsiya – lotincha infiatio so‘zidan kelib chiqib bo‘rtmoq, bo‘rttirilish yoki shishish ma’nosini bildiradi.
Iqtisodiyotda inflyatsiya pul birligini qadrsizlanishini, uning sotib olish qobiliyatini kamayishini, muomalaga pul massasini real taklifiga nisbatan ko‘p miqdorda ortib ketganligini anglatadi. Inflyatsiya baholarni ko‘tarilishiga, qimmatchilikga olib keladi.
Inflyatsiyani kelib chiqish tabiati muomaladagi tovarlar va pul (naqd va naqd bo‘lmagan) massasini o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib hisoblanadi. Pulning qiymati pasayadi, ekvivalent tovar ta’minoti ta’minlanmay qoladi.
Inflyatsiya darajasi baholarni oyda yoki yilda necha foizga ortishi miqdori bilan belgilanadi.
Inflyatsiyani real namoyon bo‘lishi ostida tovarlarni sifatini yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda bahoni o‘sishi yotadi. Bahoni o‘zgarishi jamiyatda yoki region miqiyosida chakana baholarni o‘zgarishini o‘rtacha miqdori orqali hisoblanadi.
Inflyatsiya iqtisodiyotdagi negativ hodisa bo‘lib, agar juda yuqori bo‘lsa iqtisodiy falokatga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar Baho nima?
Baholashtirish bahodan nima bilan farq qiladi?
Pul nima?
Baho qanday funsiyalari bajaradi?
Bahoni turlarni ayting va tushunchasini yoritib bering?
Baholar qanday qilib davlat tomonidan tartibga solinadi?
Bahoga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Tovarning ulgurji kalkulyatsion bahosi qanday elementlardan iborat bo‘ladi?
Tovarning chakana kalkulyatsion bahosi qanday aniqlanadi?
Sotuvchi bahosi, sotib oluvchi bahosi va bozor bahosini bir-biri bilan bog‘liqligini ayting va ular qaysi omillar orqali tenglashtiriladi?