Zahiralar insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilib kelingan. Ibtidoiy jamiyatda zahiralar asosan iste’mol fondi shaklida paydo bo‘lgan. Ularni tarkibi juda qisqa bo‘lib, asosan birlamchi ehtiyojni qondiruvchi maxsulotlardan tashkil topgan. Umuman zahiralar ishlab chiqarish jamoa va induvidual iste’mol uchun jamg‘ariladigan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol maxsulotlardan tashkil topadi. Shu sababli zahiralarni uch turga ajratish mumkin: Ularga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarishdagi (xom ashyo, jihozlar);
Shaxsiy iste’moldagi(oila xo‘jaligida);
Tovar shaklida.
Bular bir biri bilan funksional bog‘liqlikda birining o‘zgarishi qolganlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Bu zahiralar bir biridan shakli, natural tarkibi, miqdori, joylanishi, to‘planishi bilan farq qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi va ishlab chiqarish jarayonini o‘zliksizligini ta’minlaydi. Ular qatoriga ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo, yoqilg‘i materialllar kiradi.
Shaxsiy iste’moldagi zahiralar tovarlarni ayriboshlash jarayonidan chiqib iste’molchilar mulkiga aylangan vaqtidan vujudga keladi. Ya’ni ular aholi ixtiyoridagi oziq – ovqatlar va nooziq – ovqatlardan tashkil topadi.
Bozorga chiqarilgan yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulot tovar deb hisolanadi.
Tovarlar bozorda, ya’ni tovar muomalasi bo‘g‘inlarida, shaxobchalarida, yo‘lda turgan davrda tovar zaxiralarini tashkil qiladi. Tovar zaxiralari ishlab chiqarishdan iste’molgacha yetkazguncha bo‘lgan vaqtdagi tovarlar miqdoridan iborat.
Tovar zahiralari tarixiy kategoriya bo‘lib, u mehnat mahsulini tovar shakliga aylanishi, ya’ni tovar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash jarayonini vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan.
Har qanday narsa yoki mahsulot tovar shaklida har doim bo‘la olmaydi. Shu sababli har qanday zahira tovar zahirasi sifatida namoyon bo‘lmaydi.
Biz yuqorida aytganimizdek, tovar zahiralari bozorga chiqarilgan yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar, ya’ni ayirboshlash bo‘g‘inlarida to‘rgan tovarlar miqdoridan iborat bo‘ladi. Tovar zahiralari tovarda mujassamlashgan iste’mol qiymati va qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday sifatlar narsa yoki mahsulot ayirboshlash yoki sotishga mo‘ljallangan bo‘lsagina vujudga keladi.
Tovar zahiralari mehnat vositalari hamda iste’mol tovarlaridan tashkil topadi. Tovar zahiralarining shakllanishi obyektiv zaruriyatlardan vujudga keladi.
Birinchidan, bu ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining bir biri bilan bog‘liqligi hamda birligiga qaramasdan zamon va makonda to‘g‘ri kelmasligi. Ayrim davrlarda ishlab chiqarish hajmi va iste’mol miqdori bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tafovut ularni umumiy miqdori teng bo‘lgan holda ham doimo ortib borishi mumkin. Bunga ishlab chiqarishni ixtisoslashishi, kengayishi, talabni dinamik o‘sishi ta’sir qiladi. Bunday tafovut talab va taklifni mavsumiy harakatlaridan ham kelib chiqadi. Bunday hollarda kengaytirilgan ishlab chiqarishning o‘zluksizligi tovar zahiralari hisobidan ta’minlanadi.
Ikkinchidan, tovar zahiralarini zaruriyati tovarlarni tashish, saqlash, sotish va tovarlarni iste’mol qilish kabi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tovarlarni tashish, katta miqdordagi partiyalarda (vagon, konteynerlarda) amalga oshirilsa samarali bo‘ladi. Savdo shahobchalari mayda partiyalarda tovarlarni qabul qilishga intiladi. Bundan tashqari tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini savdo assortimentiga keltirish zarurati ham mavjud.
Uchinchidan, talab va taklifni tasodifiy o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, ko‘zda tutilmagan iste’mol miqdorini u yoki bu tomonga o‘zgarishi. Tovar zahiralari ayrim davrlarda shu tur tovarlar tanqislik kabi holatlarni oldini olish uchun tashkil qilinadi.
To‘rtinchidan, tovar zahiralari jamg‘arish elementi sifatida ham zarur bo‘ladi. Bu hol milliy boylikni ortib borishini anglatib, ishlab chiqarish va ayirboshlashda tovar zahiralarini o‘sishida o‘z aksini topadi.
Beshinchidan, tovar zahiralari favqulotda holatlarni oldini olish maqsadida jamg‘ariladi. Bunga davlat rezervlarini kiritish mumkin.
Oltinchidan, baho omilini ta’siri natijasida vujudga keladi. Masalan, ko‘p miqdorda ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni sotib olish, ularni ulgurji baholarini pasaytirishga olib keladi. Bu esa ulgurji olib sotuvchilar uchun foydali bo‘ladi va ular ushbu zaruriyatdan kelib chiqib tovar zahiralarini ko‘paytirishga intiladi.
Va nihoyat, tovar zahiralari sub’ektiv omillarga ham bog‘liq. Ular chayqovchilik maqsadlaridan kelib chiqadi. Arzon bahoda sotib olib qimmat sotish bilan bog‘liq. Bu masala oltinchi omildan maqsadi va mazmuni bo‘yicha farqlanadi.
Yuqorilardan kelib chiqib, tovar zahiralarini vujudga kelishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqishini ta’kidlash mumkin. Tovar zahiralari hisobotda, tahlil va rejalashtirishda bir necha xil alomatlari bo‘yicha tavsiflanadi.
Tovar zahiralari tashkil topishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan (saqlanish muddati, tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga qarab) tavsiflanadi. Saqlash muddatiga qarab, qisqa muddatli va o‘zoq muddatli tovar zahiralariga ajratiladi.
Tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga binoan tovar zahiralari joriy, mavsumiy va sotish muddatidan ilgari tashiladigan zahiralar hamda kafolatli zahiralarga bo‘linadi. Joriy zahiralar qisqa muddatli zahiralarni, qolganlari o‘zoq muddatli zahiralar guruhini tashkil qiladi.
Joriy zahiralar yaqin muddat ichida tovarlarni joriy sotilishini ta’minlash uchun tashkil qilinadi va yo‘naltiriladi. Ular har kuni ishlatiladi va muntazam to‘ldirib boriladi.
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarilishi o‘zluksiz bo‘lgan va iste’mol qilinishi yil mavsumiga bog‘liq bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. Masalan, yozgi tovarlar qish va bahor mavsumlarida saqlansa, qishki tovarlar yoz va ko‘z mavsumlarida saqlanadi.
Mavsumiy tovar zahiralari tarkibida uzoq muddatga saqlanadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham hisobotga olinadi. Bunday tovarlar mavsumiy ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lib, yil davomida iste’mol qilinadi. Bular qatoriga kartoshka, meva va sabzovotlar kiradi.
Sotish muddatidan ilgari tashkil qilinadigan tovar zahiralari tabiiy shart sharoiti bo‘yicha qish davrida tovarlarni tashish imkoniyati bo‘lmaydigan hududlarga, transport qatnash imkoniyati bo‘lgan (asosan yoz davrida) vaqtida tovarlarni oldindan yetkazib qo‘yish va qish davrida sotishni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tovardan iborat bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash jarayonida kafolatli tovar zahiralari alohida o‘rin tutadi. Bunday zahiralar tovar oborotini ta’minlash uchun boshqa turdagi zahiralar tugab qolgan davrda, uni o‘zluksizligini ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bunday tovarlar ham sotilishi muddatidan ilgari tashkil qilinadi (tashib qo‘yiladi).
Kafolatli tovar zahiralarini nazariy nuqtai nazardan ikki xil guruhga bo‘lish mumkin: birinchidan, tovarlarni tashish muddati rejaga nisbatan bo‘zilsa, tashish sekinlashsa yoki to‘xtab qolsa, keltirilgan tovarlar partiyasi buyurtmadan kam bo‘lib qolgan vaqtlarda tovar oborotini o‘zluksizligini ta’minlash uchun tashlil qilinadigan;
Ikkinchidan, talabni jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan (tovar oborotini ko‘zda tutilmagan miqdorda o‘zgarish, aholi sonini jiddiy o‘zgarishi kabilar) tovarlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ko‘zda tutilgan zahiraga.
Kafolatli zahira alohida hisobga olinmaydi, u tovar zahiralarini normalashtirish jarayonida joriy, mavsumiy va sotilish muddatidan ilgari tashkil qilinadigan zahiralari tarkibida hisobga olinadi. (Masalan, tegishli tovar zahiralari summasiga nisbatan foiz hisobida).
Maxsus zahiralarga davlat rezervlari kiritiladi. Ushbu zahiralar favqulotda vujudga keladigan ko‘zda tutilmagan hodisa va jarayonlar davrida aholini zarur tovarlar bilan ta’minlashga mo‘ljallanadi.
Bunday zahiralar uchun maxsus moddiy-texnik baza va tashkiliy to‘zilmalar tashkil qilinadi.
Tovar zahiralari statistik va buxgalteriya hisobida ularni joylashish nuqtai nazaridan turlab hisobga olinadi.
Bu alomati bo‘yicha tovar zahiralari chakana savdoda, umumiy ovqatlashish shahobchalarida, ulgurji savdoda va yo‘ldagi tovarlarga bo‘linadi.
Tovar zahiralari tarkibiy qismlash bo‘yicha ham tavsiflanadi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari (makrotarkibi), alohida tovar guruhlari va assortimentlari (mikrotarkibi) bo‘yicha.
Tovar zahiralari davr nuqtai nazaridan reja, kutilayotgan va hisobot davriga (haqiqiy), ushbular o‘z yo‘lida davr boshiga va davr oxiriga hisobga olinadi.
O‘rtacha tovar zahirasi ikki xil usul bilan hisoblanadi. Birinchisi, agar tovar zahiralari oylarga yoki choraklarga o‘rtacha hisoblangan holda berilgan bo‘lsa, yillik o‘rtacha tovar zahirasi o‘rtacha arifmetik usul bilan hisoblanadi.
= ; bu yerda «X» - o‘rtacha yillik tovar zahirasi.
X – har oy (yoki chorak) uchun o‘rtacha tovar zahirasi summasi;
P – oylar (12 oy) yoki chorak bo‘lsa, 4 ga teng bo‘ladi.
Agar tovar zahiralar davr boshiga va oxiriga berilgan bo‘lsa, yillik o‘rtacha tovar zahirasi o‘rtacha xronologik usul bilan aniqlanadi. O‘rtacha xronologik formulasi quyidagicha ifodalanadi:
= ;
Tovar zahiralarini shaklan namoyon bo‘lishi har xil bo‘lib, u qiymat, natural, kunlar hisobida va tovar oborotiga nisbatan foizlarda o‘lchanadi.
Tovar oborotini ta’minotini tovar zahiralari tovar oborotiga nisbatan kunlar hisobidagi ko‘rsatkich orqali baholanadi.
Tovar zahiralari kunlar hisobidagi ko‘rsatkich nisbiydir. U mavjud tovar zahiralari necha kunlik tovar oborotini ta’minlashi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich (TZ h.k) amaliyotda aksariyat tovar zahiralarini chorak boshidagi summasini (Z1) tegishli chorakning bir kunlik tovar oborotiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
1 kunlik tovar oboroti =
Xuddi shunga o‘xshash yilga nisbatan (TZ k.y) aniqlanadigan bo‘lsa yil boshidagi tovar zahirasi (Z1) ushbu yilning bir kunlik tovar oborotiga bo‘lish bilan aniqlanadi.
1 kunlik tovar oboroti = ya’ni:
TZk.k = ; TZk.y = Ushbu ko‘rsatkich bilan bir qatorda tovar zahiralarining holatini baholashda, tahlil qilishda, normallashtirishda tovar zahiralarini aylanish tezligini kunlar va martaba ko‘rsatkichlari ishlatiladi.
Tovar zahiralarini aylanish tezligi, bundan keyin bizlar ushbu ko‘rsatkichni «tovar ayirboshlash tezligi» deb ishlatamiz. Biz yuqorida aytganimizdek kunlar hisobida va marotabada aniqlanadi.
Tovar ayirboshlash tezligi kunlar hisobida (TATk) o‘rtacha tovar zahirasini ( ) Ushbu davrning bir kunlik tovar oborotiga (ChTA:90 yoki ChTA:360) bo‘lish orqali anilanadi.
Tovar oboroti tezligi kunlar hisobida chorak bo‘yicha aniqlansa (TATk.k) quyidagi formula ishlatiladi:
TATk.k = ;
Yil davriga aniqlansa:
TATk.y =
Ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha tovar zahiralari necha kunda ayirboshlanganligini yoki yangilanganligini, ya’ni tovarlar kelgan kundan sotilguncha necha kun o‘tganligini ko‘rsatadi.
Bu ko‘rsatkichni tovar zahirasi miqdori bir so‘m tovar oborotiga qancha to‘g‘ri keladi deb ham baholash mumkin.
Masalan, i-tovar guruhi bo‘yicha o‘rtacha yillik tovar zahirasi 5000,0 ming so‘m, yillik tovar oboroti 9629,0 ming so‘m. Ushbulardan bir kunlik tovar oboroti 9629,0:360=26,747 ming so‘m.
Tovar ayirboshlash tezligi (TATk.y) teng bo‘ladi=5000,0:26,747=186,9 kun, yoki bir so‘m tovar oborotiga 186,9 tiyinlik tovar zahirasini to‘plash kerak bo‘lgan. 186,9 kun o‘rtacha tovar zahirasini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan davrni anglatadi.
Tovar ayirboshlash tezligi marotaba hisobida (TATm) hisobot davrida o‘rtacha tovar zahirasi necha marotaba aylanganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich ikki xil usulda aniqlanishi mumkin:
1. Davrdagi kunlar sonini (t=360 yoki 90), tovar ayirboshlash tezligini kunlar hisobiga bo‘lish orqali (TATk.k yoki TATk.y) aniqlaymiz:
TATm = yoki ;
2. Hisobot davr tovar oborotini o‘rtacha tovar zahiralariga bo‘lish orqali aniqlaymiz:
TATm =
Ushbu ko‘rsatkich bir tomondan tovar oborotini ta’minlash uchun o‘rtacha tovar zahirasi necha marotaba aylanganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan bir so‘m o‘rtacha tovar zahiralariga qancha tovar oboroti to‘g‘ri kelishini anglatadi, ya’ni tovar zahirasi samaradorligini ko‘rsatadi deb hisoblash mumkin.