Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Chakana tovar oboroti deganda nimani tushunasiz?
2.Tovarlarning kelib tushishi qanday rejalashtiriladi?
3. Tovar zahiralari qanday rejalashtiriladi?
4. Chakana tovar oborotini tahlili qanday amalga oshiriladi?
5. Chakana tovar oborotini prognoz qilish deganda nimani tushunasiz?
6.Chakana tovar oborotga ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?
7. Chakana tovar oborotini o‘sishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
8. Tovar zahiralari nima va uning normativlari qanday aniqlanadi?
7 – BOB. ULGURJI TOVAR OBOROTI 7.1. Bozor raqobati sharoitida ulgurji savdo, uning zaruriyati va ahamiyati Tovar muomalasi jarayonidan iste’mol tovarlarining ishlab chiqarishdan iste’mol sohasiga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab tovarlar ulgurji sotilish sohasiga kelib tushadi. Ular muomalasining yakunlovchi bosqichi savdoning chakana bo‘g‘iniga mansub bo‘ladi. Shu tarzda, iste’mol tovarlari muomalasi jarayoni ikkita o‘zaro bog‘lik, qismlar - ulgurji va chakana savdodan tashkil topadi.
Ulgurji savdo keng ma’noda iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalari harakatining turli shakllarini, shuningdek, ular harakati jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. U ishlab chiqarish vositalarining bir ishlab chiqarish korxonasidan boshqasiga, tovarlarning ishlab chiqarishdan muomala sohasiga, shuningdek tovarlarning bir savdo korxonasidan boshqasiga va nihoyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari xamda xom-ashyolarining qishloq xo‘jalik korxonasidan iste’molchilar (sanoat va savdo korxonalari)ga harakati bilan bog‘lik,.
Ushbu munosabatlar muayyan davlat ichida amalga oshadi. Ma’lumki, xozirgi jaxon iqtisodiyoti rivojining o‘ziga xos xususiyati, mamlakatlar o‘rtasidagi jahon iqtisodiy integratsiyasining takomillashib borayotganligidir. Xalkaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi bilan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, xususan xalqaro savdo aloqalari rivojlanib bormoqda. Alohida mamlakatlar o‘rtasidagi borcha oldi-sotdi bitimlari ulgurji savdo shaklida amalga oshiriladi.
Iste’mol tovarlari ulgurji savdosining zarurati shundaki, ishlab chikarilgan buyumlar bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga kelib tushmaydi. Chunki, ishlab chiqarish va iste’mol zamon va makon nuqtai nazaridan bir-biridan farqlanadi. Iste’mol tovarlari ulgurji sotilishi natijasida muomala sohasidagi savdo bo‘g‘inlari orqali shaxsiy iste’molga harakatini davom ettiradi.
Ulgurji savdodan farqli ravishda, iste’mol tovarlarining chakana savdosi tovarlarni bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga o‘tkazadi va muomaladan chiqaradi.
Ulgurji savdo yirik partiyalarda amalga oshiriladi. Bunda tovarlar oxirgi iste’molchilarga sotilmaydi. Shuning uchun, ulgurji savdoda tovarlar bir nechta bo‘g‘inlardan o‘tishi mumkin, ya’ni bir necha bor sotilishi mumkin. Chakana savdoda esa tovarlar oxirgi iste’molchilarga bir marta sotiladi.
Bozor raqobati sharoitida ulgurji savdoga bo‘lgan qiziqish birdan so‘ndi, ko‘plab alohida savdogarlarning paydo bo‘lishi natijasida ulgurji savdo tarmoqlari parchalanib ketdi, ularning ko‘pchiligi faoliyat ko‘rsatmayapti. Bularning barchasi aniq, obyektiv holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘tish davri bilan bog‘liq va davriy harakterga ega. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ulgurji savdo mamlakat miqqyosidagi tovar muomalasi jarayonida, shuningdek keng ko‘lamli tashki savdo munosabatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdoning iqtisodiy ahamiyati g‘oyat katta bo‘lib, bu uning xususiyatlari va u bajaradigan funksiyalar bilan aniqlanadi.
Ulgurji savdoning xususiyatlariga tovarlarning ishlab chiqarish assortimentidan savdo assortimentiga aylantirish, shuningdek savdo bitimlarining keng ko‘lamda ishlatilishini kiritish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda «Supermarket» tipidagi yirik chakana savdo korxonalari keng tarqalgan. Supermarketlarda ham katta miqdordagi tovarlar buyicha bitimlar amalga oshiriladi. Biroq, bu ulgurji savdoning ahamiyatini zarracha ham kamaytirmaydi, balki bunda ulgurji va chakana savdoning funksiyalari uyg‘unlashib ketadi. Ushbu supermarketlar ulgurji savdoning muayyan funksiyalarini bajaruvchi yirik ulgurji omborlariga ham ega bo‘ladilar. Umuman olganda, supermarketlar ulgurji - chakana savdo funksiyalarini bajaradi.
Ulgurji savdoning muhim xususiyatlaridan yana biri, unda yagona turdagi tovarlar yoki bir tipdagi muayyan tovarlar bilangina savdo qilishga ixtisoslashadi (masalan, kitoblar). Ayrim ulgurji savdo korxonalari juda kichik hajmdagi bitimlar to‘zish asosida muvaffaqiyatli xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Biroq ulgurji savdoning ushbu xususiyati savdo bitimlarining har tomonlama va keng ko‘pchililik xususiyatlari bilan solishtirilganda, ikkinchi darajali bo‘lib qaraladi.
Ulgurji savdoning xususiyatlari ular ishtirokchilarini harakatlantiruvchi mexanizmlarning o‘ziga xosligida ham ko‘zga tashlanadi. Amaliyotda xarid qilishning ikkita motivi va shunga muvofiq tovarlarni sotib olishdan ikkita maqcad ko‘zlanadi.
Birinchisi - xaridor tovarlarni shaxsiy iste’molini qondirish yoki sanoat qayta ishlab chiqarish buyicha manfaatlarini qondirish maqsadida sotib oladi. Ikkinchi motiv va maqsad - tovarlar qayta sotish uchun xarid qilinadi. Shunday qilib, ulgurji savdo korxonalari tovarlarni sanoat iste’molini qondirish yoki qayta sotish uchun jalb qiluvchi mijozlar bilan ishlaydi.
Ulgurji savdoning chakana savdodan farqlantiruvchi asosiy xususiyatlaridan yana biri, u bajaradigan iqtisodiy va tashkiliy – texnik funksiyalarining keng ko‘lamligidir. Ulgurji savdoning bu funksiyalari ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan, tovarlarni saqlash hisoblanadi. Ulgurji korxonalarda ombor xo‘jaligining mavjudligi kichik ishlab chiqaruvchi va chakana savdo korxonalari uchun katta ahamiyatga ega. Ulgurji savdo korxonalarining tovarlarni saqlash funksiyasini bajarish bir tomondan, ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini yirik partiyalarda sotish va shu bilan bog‘liq, holda katta miqdordagi mahsulotlarni saqlash xarajatlarini tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, chakana savdo korxonalariga juda kam miqdordagi tovar zahiralari bilan ishlash va joriy talabni to‘liq qondirish imkonini beradi.
Ulgurji savdoning tovarlarni tashish funksiyasini bajarish ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi korxonalar uchun iqtisodiy jihatdan qulaylik tug‘diradi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ko‘p sonli mijozlarga tovarlarni kichik partiyalarda yuklab jo‘natish zaruratidan xolos bo‘ladilar.
O‘z navbatida, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar ham alohida ishlab chiqaruvchilarning barchasi bilan alohida bo‘lib turish zaruratidan kutiladi.
Ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshirish funksiyasini ham bajaradi. Bu asosan kichik biznes va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘l keladi. Ulgurji savdo korxonalari tovarlarni qabul qilib olar ekan, hali tovarlar so‘nggi iste’molchilargacha sotilmagan bo‘lsada, to‘lovni amalga oshiradi. Ya’ni, tovarlar oxirgi iste’molchilarga yetib borguncha bulgan davrda ular avanslanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi va ular mablag‘lari aylanuvchanligini tezlashtiradi. Ulgurji savdo o‘zining hisob-kitob funksiyasi orqali chakana savdo korxonalari ham tovar operatsiyalari bo‘yicha avanslanadi, ya’ni (bank o‘rnida) ularning kreditlanishi ta’minlanadi.
Ulgurji savdo korxonalari bozor konyunkturasini o‘rganish, shu bilan birga ishlab chiqaruvchilar, tovarlar harakatini ta’minlovchi alohida bo‘g‘inlar va oxirgi iste’molchilarni talab va taklifning xajmi haqidagi axborotlar bilan ta’minlash sohasida ham faol o‘rin egallaydi (axborot funksiyasi, reklama bilan birgalikda).
Bozor iqtisodiyoti amal qiladigan xorijiy mamlakatlarda hozirgi kunda ulgurji savdo bilan ishlab chiqaruvchilarning ulgurji firmalari, tijorat ulgurji tashkilotlari, agentlar va brokerlar shug‘ullanmokdalar. Ishlab chiqarilgan tovarlarni o‘zining ulgurji savdo firmalari orqali sotish elektronika, avtomobilsozlik, mashinasozlik kabi soha korxonalarida keng tarqalgan. Tijorat ulgurji tashkilotlari tovarlarga egalik huquqini qulga kiritadi, shuningdek, har xil iste’mol tovarlari bilan shug‘ullanadi. Agentlar va brokerlar - bular vositachilar sanalib, ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchilar hisoblanadi. Biroq, bular tovarlarga egalik huquqini qo‘lga kiritmaydilar. Agentlar bilan brokerlarning farqi shundaki, birinchisining faoliyati doimiylik asosida bo‘lsa, ikkinchisiniki vaqtinchalik (bir martalik) dir.
Respublikamizda hozirgi kunda xalq, iste’mol tovarlari ulgurji savdosi bilan ayrim Vazirliklar, davlat muassasalari, shuningdek xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar, xorijiy ta’minotchilar va boshqalar shug‘ullanmokdalar. Shular bilan bir qatorda bozor raqobati sharoitida muomala sohasida ulgurji savdoning shakli sifatida birjalar ham muhim o‘rin egallaydi.
Respublikada ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi brokerlar va agentlar, shuningdek, aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi brokerlar kontoralari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 1992 yil iyulda «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul qilinishi respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yangi bosqichini belgilab berdi. Ushbu qonunda birja faoliyatini tashkil etish va boshqarishning huquqiy jihatlari o‘z aksini topgan. qonunda birja tushunchasiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, birja deganda oldindan belgilangan joyda va muayyan vaqtda birja tovarlarning erkin ulgurji savdosiga sharoit yaratuvchi yuridik shaxc sifatida faoliyat tushuniladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda quyidagi birjalar faoliyat yuritmoqda:
respublika tovarlar va xom-ashyolar birjasi, shuningdek ularning viloyatlardagi filiallari;
respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi brokerlik kontoralari;
respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning viloyatlardagi filiallari;