Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə40/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Ulgurji savdoni tushunchasini va zaruriyatlarini tushuntiring?

  2. Ulgurji savdoni xususiyatlarini yoritib bering.

  3. Ulgurji savdo qanday funksiyalar bajaradi?

  4. Birja deganda nimani tushunasiz?

  5. Birjani qanday turlarini bilasiz?

  6. Birjada qanday tovarlar sotiladi?

  7. Ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlarini balans bog‘liqligi formulasini yozing.

  8. Ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlari qanday tahlil qilinadi?

  9. Ulgurji tovar oborot hajmini qanday rejalashtiradi?

  10. Ulgurji savdoda tovar zaxiralari qanday normalashtiriladi?

  11. Ulgurji savdoda tovarlar kelishi qanday rejalashtiriladi?

  12. Tovar harakati deganda nimani tushunasiz?

8-BOB. MUOMALA XARAJATLARI


8.1. Xarajatlar tushunchasi va muomala xarajatlarining mohiyati, tabiati va ko‘rsatkichlari
Har bir jamiyatda ishlab chiqarish va iste’mol bir-biridan makon va zamonda farqlanadi. Bu ikki jarayonni bir-biri bilan bog‘lash, ya’ni bir tomondan ishlab chiqarish sohasining maxsulotini iste’molchiga yetkazish, ikkinchi tomondan iste’molchini tovar uchun to‘lovini ishlab chikaruvchiga yetkazish tegishli masofada va vaqtda, ushbu jarayon bilan shug‘ullanuvchi maxsus soha orqali amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon, ya’ni iste’mol tovarlarini iste’molchiga yetkazish tegishli moddiy va nomoddiy xarajatlar bilan bog‘liqdir. Bu jarayonlarning bir qismi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan koplanadi va ular korxonaning davr xarajatlari tarkibida o‘z aksini topadi.
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi tovar ayriboshlash sohasi bilan shug‘ullanuvchi savdo sohasi, umumiy ovqatlanish korxonalari va shahobchalari zimmasiga to‘g‘ri keladi. Bu xarajatlarning asosiy qismi savdo sohasining tannarxi sifatida muomala xarajatlariga kiritiladi, ayrim xarajatlar savdo korxonalari va shahobchalarining asosiy faoliyatidan olingan foydasi xisobidan koplanadi.
Shunday kilib, savdo sohasi xarajatlarini iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy jihatdan umumiy xarajatlar, muomala xarajatlari va muomala xarajatlari tarkibiga kirmaydigan xarajatlarga tasniflash to‘g‘ri buladi, deb xisoblaymiz.
Savdo sohasining umumiy xarajatlari ko‘p qirrali bulib, u har xil turdagi xarajatlardan tarkib topadi. Uning tarkibiga muomala xarajatlaridan tashqari kuyidagilarni kiritiladi.
1. Sotib olingan tovarlar kiymati, savdo korxonasi, shahobchasi ishlab chikarilgan tayyor maxsulotni sotib oladi va uni iste’molchilarga yetkazish uchun moddiy va nomoddiy xarajatlar xashlaydi. Sotib olingan tovarlar qiymati savdo korxonasi, shahobchasi uchun ko‘rinishdan ularning xarajati bo‘lsa xam, ular summasi daromaddan qoplanmaydi va savdoning tannarxi yoki muomala xarajatlari tarkibiga kirmaydi. Ushbu xarajatlar tovarlar qiymatida aks etadi, ular avanslanadi, sotiladi va qoplanadi. Bu xarajatlar aylanma mablag‘lar va banklarning joriy kreditlar hisobidan avanslanadi va har bir tovar ayriboshlanish davrida o‘z-o‘zini qoplaydi.
2. Asosiy fondlarga kapital qo‘yilmalar, bular bir marotaba asosiy fondlarni yangilash, modernizatsiya kilish, kapital remont uchun qilinadigan xarajatlar bulib, muomala xarajatlari tarkibiga kirmaydi, xususiy mulk, banklarning uzoq muddatli ssudalari va boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
3. Daromad hisobidan qoplanadigan soliq.
4. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari buyicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar.
5. Mol-mulkni uzoq muddatga ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni tulash va boshqa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlari.
6. Bojxona to‘lovlari, jumladan, aksiz solig‘i, bojxona bojlari va rasmiylashtirish yig‘imlari.
7. Tovarlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan brokerlik xizmatlari, bojxona omborlarining ijarasi uchun to‘lovlar, komission (vositachilik) xarajatlar, bojxona ishlari bilan bog‘liq ortish, tushirish, transport va boshqa xarajatlar.
8. Tara bo‘yicha yo‘qotishlar. Bu xarajatlar rejalashtirilmagan, noratsional xo‘jalik yuritish yoki boshqa hollarda vujudga keladi.
9. Kartoshka va sabzavotlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha xarajatlar va boshqa byudjetdan qoplanadigan xarajatlar byudjet hisobidan qoplanadi.
10. Favqulotda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatdan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulotda moddalar va muomala xarajatlari (nizomda davr xarajatlari) tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan davr (xarajatlari) moddalari kirmaydi.
Muomala xarajatlari – bu iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan to iste’molchiga siljitish jarayonida sarflangan jonli va jonsiz mexnat kiymatining (bu holda ham qiymat zaruriy va qo‘shimcha qismlarga taksimlanadi) zaruriy qismini puldagi ifodasidir. Muomala xarajatlari iqtisodiy kategoriya bulib tarixiy tavsifga ega. Uni vujudga kelishi tovar-pul muomalasini paydo bulishi bilan tig‘iz bog‘liqdir.
Muomala xarajatlari savdoning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Muomala xarajatlari pul-tovar munosabatlari vujudga kelish davri bilan bog‘liq bulib, u pul-tovar muomalasini mevasi, uning asosida vujudga kelgan va uning mohiyati tovar oldi-sotdi jarayoni, ya’ni tovar ayriboshlashni tabiatidan kelib chiqadi. Ushbu xarajatlar nazariy jihatdan, nafaqat savdoda mavjud, u takror ishlab chiqarish jarayonini boshlanishidan (ishlab chiqarish korxonalari xom ashyoni manbaasidan to ishlab chiqarish joyiga yetkazishda (ushbu jarayon ham tovar ayriboshlash jarayoniga nazariy jihatdan kiradi, bu ishlab chiqarish jarayoni emas, chunki xom ashyo sotib olingandan keyin tovar tusiga kiradi va ishlab chiqaruvchi uchun xom ashyo sifatida, nazariy jihatdan tovar sifatida uni tayyor maxsulotga aylantiruvchilarga yetkaziladi) hamda uni oxirgi bosqichi, ya’ni tayyor maxsulotlarni (tovarlarni) ishlab chiqarishdan savdo sohasigaga yetkazish jarayonida namoyon buladi.
Nazariyada va amaliyotda tovar muomalasi bilan bog‘liq xarajatlarni takror ishlab chiqarishning boshlang‘ich jarayoni bilan bog‘liq qismi maxsulotning tannarxiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 5 fevral 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda negadir muomala xarajatlari «davr xarajatlari» deb nomlangan.
Umuman olganda, har kanday moddiy, nomoddiy xarajatlar qandaydir zamon va makon doirasida vujudga keladi.
Bizga tushunarli emas, kanday kilib tovar muomalasi jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar «Davr xarajatlari» deb nomlanib kolgan. Biz yuqorida aytganimizdek, har qanday xarajat biron-bir davrda vujudga keladi, jumladan muomala xarajatlari, ishlab chiqarish xarajatlari va hakozalar. Agar so‘zni mazmun-mohiyatidan kelib chiqsak, «tannarxni» ham «davr xarajatlari» deb aytish kerak bo‘lmaydi-mi? Yuqoridagilardan kelib chikib, bizni fikrimizcha, «Davr xarajatlari» so‘zini, unga kiritilgan xarajatlarning asl mazmunidan kelib chikib, «Muomala xarajatlari» deb yuritilishi lozim.
Muomala xarajatlarini savdo bajaradigan funksiyalaridan, savdoda sodir buladigan iqtisodiy, texnik-texnologik jarayonlar va xarajatlarning iqtisodiy tabiatidan kelib chikib, ikki turga bo‘linadi. Bunda savdoning sof ijtimoiy-iqtisodiy funksiyasi, ya’ni oldi-sotdi jarayonini amalga oshirish va ishlab chiqarish jarayoniga mansub bulgan texnik-texnologik funksiyalarni bajarishdan kelib chikib, muomala xarajatlari sof muomala xarajatlari va qo‘shimcha muomala xarajatlariga ajratiladi.
Sof muomala xarajatlari – bu xarajatlar tovar qiymatini ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi jarayoni (T-P; P-T) bilan bog‘liq (pul, kredit, moliyaviy munosabatlarga sarflar, hisob-kitob bilan bog‘liq reklamaga va boshqa to‘lovlar va xarajatlar) kiradi.
Qo‘shimcha xarajatlarga tovarlarni tashish, kadoklash, saklash, saralash, ishlov berish va boshqa ishlab chiqarish jarayoniga yakin xarajatlar kiradi.
Amaliyotda muomala xarajatlari sof va qo‘shimcha turlarda hisoboti yuritilmaydi. Ularni miqdorini maxsus tanlov tadqiqotlari asosida taxminan hisob-kitob qilish mumkin.
Muomala xarajatlari tarkibini o‘rganish amaliyotda shundan darak beradiki, uning tarkibida sof muomala xarajatlarini hissasi ortib borish tendensiyasiga ega. Chunki hayotda bir tomondan, savdo faoliyatining servis faoliyatiga ega va madaniyat kundan-kunga talab ortib borishi konuniyatga aylanib bormokda. Ikkinchi tomondan ishlab chiqarish jarayonida texnik-texnologik jarayonlarni takomillashishi, ilmiy-texnik taraqqiyotni joriy kilinishi oldin savdo jarayonida bajariladigan ishlab chiqarishga taalluqli texnik-texnologik funksiyalarni qisqarishiga va ularni ishlab chiqarish korxonalarida bajarilishiga olib kelmokda (tovarlarni saqlash, ishlov berish, saralash va o‘rash, ularni tashish, saqlash va sotish davrida yo‘qotilishi bilan bog‘liq va boshqa xarajatlar).
Muomala xarajatlari absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda hisobga olinadi, tahlil qilinadi va rejalashtiriladi. Muomala xarajatlarining absolyut ko‘rsatkichi so‘mda, nisbiy ko‘rsatkichlari uning darajasi, ya’ni tovar oborotiga nisbatan foiz hisobida, tarkibi esa muomala xarajatlarining umumiy summasida uning alohida moddalarining ulushi foizlarda ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkich muomala xarajatlarining umumiy summasiga alohida moddalarning summasini bo‘lib yuzga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Muomala xarajatlari fakat savdoda emas, (ulgurji va chakana) u ishlab chiqarishda, qishlok xo‘jaligida va boshqa tarmoqlarda ham mavjud bo‘ladi. Bulardan tashqari muomala xarajati har bir turdagi savdo bilan shug‘ullanuvchi bozorlarda ham mavjud, lekin ularda uni hisoboti yuritilmaydi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin