7.4.Ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlarini rejalashtirish Ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlarini rejalashtirish mulkchilik shakli va boshqaruv tizimidan qat’iy nazar, ulgurji savdo korxonalarini rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari muomala sohasida tovarlar massasini sezilarli darajada ko‘paytirishni taqozo qiladi.
Tovarlar harakatini tashkil etishda, ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va minglab chakana savdo korxonalari o‘rtasidagi vositachi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Bunday sharoitda, ulgurji savdoning samaradorligi iqtisodiy ishlarni tashkil etish, xususan, ulgurji bazalar xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ulgurji korxonalar xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan ulgurji tovar oboroti ko‘rsatkichlarini rejalashtirish sifati ular xo‘jalik faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bozor raqobati sharoitida ulgurji savdoni rejalashtirishni tashkil etish, uning uslublari va texnikasini tubdan o‘zgartirish talab etiladi.
Ulgurji tovar oborotini rejalashtirishning asosiy maqsadi, ulgurji korxonaning xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshirish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, korxona va tashkilotlarga to‘liq va doimiy ravishda tovarlar yetkazib turishni ta’minlash hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish maqsadida, ulgurji tovar oborotini rejalashtirish jarayonida quyidagi masalalar hal qilinadi: tovar oboroti ko‘rinishlari, sotish shakllari va tovarlar guruhlari bo‘yicha mukammal hajmini belgilash; xarajatlarni minimallashtirish va yuqori daromadga erishish maqsadida tovarlar harakati hamda ulgurji korxonaning ta’minotchi va xaridor korxonalari bilan bo‘ladigan xo‘jalik aloqalarini optimallashtirish, tovar oborotini tezlashtirish va ulgurji savdo korxonalari moddiy - texnika bazalaridan samarali foydalanishni ta’minlash.
Ulgurji savdo korxonalari rejasi korxona xo‘jalik faoliyatining barcha jihatlarini takomillashtirish va ichki imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Ulgurji tovar oborotini rejalashtirishda, tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar (chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish va sanoat korxonalari) bilan tuzilgan bitimlar, xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarning reja ko‘rsatkichlari, xaridorlarga tovarlar yetkazib berishning kelishilgan sxemalari, ulgurji korxonaning o‘tgan yillardagi xo‘jalik faoliyati tahlili ma’lumotlari, marketing tadqiqotlari natijalari, korxona moddiy-texnika bazasi haqidagi ma’lumotlar, kuzatish natijalari va boshqa ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Ulgurji tovar oboroti rejasi turli usullaridan foydalangan holda bir nechta variantlarda tuzilishi va ulardan eng optimal varianti tanlab olinishi zarur.
Ulgurji korxonalar ulgurji tovar oborotining umumiy hajmi iste’molchilarga tovarlar sotish va yetkazib berishning turli ko‘rinishlaridan iborat bo‘lishini hisobga olgan holda, uni rejalashtirish alohida tovar guruhlari hamda sotish va yetkazib berish ko‘rinishlariga muvoffiq amalga oshiriladi, shular asosida ulgurji tovar oborotining umumiy hajmi belgilanadi. Murakkab assortimentli tovarlar bo‘yicha tovar oborotini rejalashtirishda, hatto kichik guruhlar bo‘yicha ham rejalashtirish amalga oshiriladi.
Chakana tovar aylanishni rejalashtirishda turli usullardan jumladan deduksiya usulidan ham foydalanildi.
Deduksiya usuliga ko‘ra, rejalashtirish umumiylikdan xususiylikka qarab amalga oshiriladi, ya’ni dastlab chakana tovar aylanishning umumiy xajmi belgilanadi va shunga ko‘ra tovarlar tarkibi rejalashtiriladi. Ulgurji tovar aylanishni rejalashtirish uslubiyoti esa induksiya usulidan foydalanishni taqozo qiladi. Induksiya usulida rejalashtirish xususiylikdan (alohidalikdan) umumiylikka qoidasiga asosan amalga oshiriladi.
Ulgurji tovar oborotni rejalashtirishda hisob-kitobning turli usullaridan foydalaniladi. Masalan, ulgurji tovar aylanish tarkibi va umumiy hajmini rejalashtirishda hisob-kitoblarni quyidagicha amalga oshirish tavsiya qilinadi:
tuzilgan bitimlar asosida chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, sanoat korxonalari va boshqa xaridorlarning talabini hisobga olish;
talabni o‘rganish (talabning miqdori va uning strukturasini iqtisodiy baholash) marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olish;
tajriba - statistik usul, ya’ni ulgurji korxonaning operativ, statistik va buxgalteriya ma’lumotlari va chetdan olingan iqtisodiy axborotlar asosida;
balans usulida.
Bozor raqobati sharoitida korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishda to‘la mustaqillikka ega bo‘ladilar. Bunday sharoitda, ulgurji tovar oborotnirejalashtirishda ko‘plab rejalashtirish vositalari va usullaridan foydalanish lozim.
Ulgurji savdo korxonalari iqtisodiy ishlarining muhim vazifalaridan biri, iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanish va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini rejalashtirishning ilmiylik darajasini oshirish hisoblanadi.
Ulgurji tovar oborotni hisoblash uslubiyoti.
Ulgurji korxonalar chakana savdo tarmog‘i tovar-oboroti rejasining bajarilishi va tovar zahiralarini to‘ldirib turish uchun tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun, dastlab, xizmat ko‘rsatilayotgan chakana savdo korxonalarining alohida tovar guruhlari bo‘yicha tovarlarga bo‘lgan iste’molining miqdori hisoblanadi. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshirish mumkin:
Ichi = Tchi ± Zchi Bu yerda: Ichi - rejalashtirayotgan davr uchun chakana savdoning tovar guruhlari buyicha iste’moli;
Tchi - rejalashtirayotgan davr uchun tovar guruhlari buyicha chakana tovar oboroti;
Zchi - rejalashtirayotgan davr uchun chakana savdoda tovar guruhlari bo‘yicha tovar zahiralarining ko‘payishi yoki kamayishi.
Barcha savdo korxona va tashkilotlarining tovar guruhlari buyicha iste’mol hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Shuni hisobga olish kerakki, chakana savdo korxonalariga tovarlar bitta ulgurji korxonadan emas, balki turli manbalardan (ulgurji korxonalar, boshqa ishlab chiqarish korxonalari va ta’minotchilardan)
yetkaziladi. Bu esa, chakana korxonaga tovarlar kelib tushishining boshqa manbalarining miqdori va tarkibini hamda uning tovar ta’minotidagi bo‘lgan o‘zgarishni alohida hisobga olishni (xizmat ko‘rsatilayotgan chakana korxonaning boshqa ta’minotchilar bilan to‘zgan bitimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish asosida) talab qiladi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olganda, tovar guruhlari buyicha ulgurji tovar aylanishnirejalashtirish quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda quyidagicha hisoblanadi:
Buerda: Umi - rejalashtirilayotgan yil uchun i tovar guruhi buyicha ulgurji tovar aylanish summasi;
BIchi - xizmat ko‘rsatilayotgan chakana savdo korxonasiga boshqa manbalardan tovar guruhlarining kelib tushishi.
Shunday qilib, tovar guruhlari (yoki kichik guruhlar) buyicha ulgurji tovar aylanish rejasi chakana tovar oborotiningloyihalashtirilgan hajmi va tarkibi, chakana savdo korxonasidagi tovar zahiralari hamda tovarlarning kelib tushishi haqidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
Ulgurji tovar aylanish rejasi barcha xaridorlar va tovar guruhlari buyicha alohida - alohida tuziladi. So‘ngra, ularni umumlashtirish asosida umumiy ulgurji tovar oboroti hajmi aniqlanadi:
U =
Bir qarashdan hisoblash usullari juda oddiydek tuyuladi. Biroq hisob - kitoblarni amalga oshirgungacha bozor kon’yunkturasi, alohida raqoobatchilar faoliyati va tovar harakati jarayoniga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarni o‘rganish kabi ko‘p mehnat va bilim talab qiladi.
Sotish shakllari bo‘yicha ulgurji tovar aylanishni rejalashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Buning uchun ulgurji korxonalar nafaqat faoliyat ko‘rsatilayotgan hududning ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, balki bozor konyunkturasini ishlab chiqarish, transport, tashkiliy va boshqa omillarni har tomonlama tahlil qilib chikishlari ham lozim.
Rejalashtirish tovar harakati va tovar ta’minotini tashkil etish jarayoni bilan bevosita aloqadordir.
Tovar harakati deganda, tovarlarning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tish jarayoni tushuniladi. Chakana savdo tarmog‘ini tovarlar bilan ta’minlash deganda, tovarlarni chakana savdo tarmog‘igacha yetkazib berish jarayonini tushunish lozim. Bu jarayon murakkab tijorat va tashkiliy-texnik operatsiyalar kompleksini qamrab oladi.
Tovar harakati va tovar ta’minoti jarayoniga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillarni birinchidan, savdo-tashkiliy (savdo tarmoqlarining soni, tarkibi va joylashuvi, tovar aylanish hajmi, savdo maydoni, ulgurji korxonalarning jaylanishi, ombor xo‘jaligining holati, savdo-operativ va texnologik jarayonlarni tashkil etish darajasi, tovarlarni saqlash sharoitlari) ikkinchidan, ishlab chiqarish (ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi, joylanishi, ixtisoslashuvi va mavsumiyligi, ishlab chiqarish assortimentining murakkablik darajasi, savdo assortimentini shakllantirish me’yorlari) va transport (yo‘llarining holati, transport aloqalarining mavjudligi, transport vositalarining shakllari va tezligi transport tariflari va boshq.) omillariga ajratish mumkin.
Alohida ulgurji korxonalarda ombor va tranzit tovar oboroti o‘rtasidagi nisbat, ta’kidlangan omillar ta’siri bilan bog‘liq ravishda, turlicha buladi. Ular o‘rtasidagi nisbat doimiy bo‘lmay, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi mumkin.
Chakana savdoni tovarlar bilan ta’minlashning maqbul shakllarini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga yalpi daromad va muomala (davr) harajatlari, xususan uning «Transport xarajatlari», «Saqlash, navlarga ajratish va qadoqlash xarajatlari» kabi moddalari, shuningdek, bank kreditlaridan foydalanish harajatlari kiradi. Shuning uchun, rejalashtirishda ulgurji tovar oborotining umumiy hajmida tranzit yoki ombor aylanishi ulushining o‘zgarishi ulgurji va chakana savdo korxonalari faoliyatining oxirgi natijalariga ko‘rsatayotgan ta’siridan kelib chiqish lozim. Ombor va tranzit tovar aylanish hajmi har bir ulgurji korxonaning barcha xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilgan holda belgilanishi lozim.
Shuni nazarda tutish kerakki, tranzit shaklda tovarlar yetkazib berish yuklarni ortib jo‘natishning eng kam me’yorlari vatovarlar yetkazib berishning mukammal chastotasini ta’minlash mumkin. Bunda, qaysi tovarlar buyicha tranzit shaklda tovarlar yetkazishni kengaytirish mumkin va kaysi tovarlar buyicha bu usul samara bermasligini aniqlab olish zarur.
Tovar zahiralarini rejalashtirish va me’yorlash hamda tovarlar kelib tushishini aniqlash uslubi chakana tovar oboroti ko‘rsatkichlari rejalashtirish va normalashtirish uslubi bilan o‘xshash.
Ulgurji savdo ko‘rsatkichlarini rejalashtirishda ulgurji korxonalar ko‘rsatadigan, bozor strategiyasi masalalari va tovarlar reklamasini tashkil etish yunalishlari bo‘yicha maslahatlar berish kabi tijorat xizmatlari tizimi o‘rganib chiqilishi lozim.