Barcha resurslar
Moddiy resurslar
|
|
Nomoddiy resurslar (aktivlar)
|
|
Mehnat resurslari
|
|
Moliyaviy resurslar
|
Asosiy fondlar
|
|
Aylanma fondlar (mablag‘lar)
|
|
Tovar, firma belgisi
|
|
Xodim-lar soni
|
|
Pul mablag‘lari (naqd va naqd bo‘lmagan)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mehnat qurol-lari
|
|
Mehnat predmetlari
|
|
Litsenziya
|
|
|
|
Xususiy
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Muddati bir yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari
|
|
Patent
|
|
|
|
Qarzga olingan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nau-xau
|
|
|
|
Jalb etilgan (tovarlarni kelishi va to‘lanishi davridagi farqida vujudga keladi)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mualliflik huquqi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Gidvul
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Franshiz-lar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tashkiliy va muddati uzaytirilgan xarajatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Pulga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar
|
4.1.1 – rasm Savdo korxonalarining resurslari
Asosiy fondlar moddiy resurslarning bir qismini tashkil qiladi. Ular savdo korxonalari faoliyatida ishlatiladigan mehnat qurollarining qiymatidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllariga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobiga muvofiq asosiy fondlarga ishlatish davri bir yildan yuqori bo‘lgan, moddiy aktivlar qiymati kiradi. Bundan kelib chiqadiki, asosiy fondalrni natural-moddiy ko‘rinishi faoliyat jarayonida ko‘p yillar xizmat qiladi, ya’ni shakli o‘zgarmaydi va o‘z qiymatini qisman tovar qiymatiga o‘tkazib beradi.
Shunday qilib, asosiy fondlar – savdo jarayonida o‘zoq muddat, ko‘p marotabalab ishtirok etadigan, o‘z qiymatini tovarlarga qisman o‘tkazib turadigan mehnat qurollarini qiymatining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlarga savdo korxonalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazishda, oldi-sotdi jarayonini va savdo xizmatlari amalga oshirishda qatnashadigan mehnat qurollari kiradi.
Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar tarkibiga savdo korxonasiga taalluqli ma’muriy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarga qarashli binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, sanatoriyalar, poliklinika, shifoxonalardagi mehnat qurollari kiradi.
Asosiy fondlar oldi-sotdi va savdo xizmati jarayonlarida o‘zini natural-moddiy shaklini saqlab qolgan holda, ko‘p marotalab, o‘zoq muddatda xizmat qilishi, o‘z qiymatini asta-sekin tovar qiymatiga o‘tkazishi, qiymatini aylanish xususiyati (asta-sekin iste’mol qilinishi va bir vaqtda shaklan o‘zgarishi) bilan aylanma fondlardan keskin farq qiladi.
Shu sababli tovar resurslari, pul mablag‘lari asosiy fond bo‘la olmaydi.
Asosiy fondalr faol (aktiv) va passiv mehnat qurollariga bo‘linadi. Asosiy fondlarning faol (aktiv) qismiga – mashinalar, uskunalar, o‘lchash, sozlash asboblari va qurilmalari, kompyuter va hisoblash texnikasi (kassa apparatlari), transport vositalari kabilar kiradi. Passiv asosiy fondlarga savdo jarayonini amalga oshirishga shart-sharoit yaratadigan mehnat qurollari, ya’ni binolar, inshoatlar kiradi. Asosiy fondlarning xizmat qilish davri, ular qiymatini aylanish vaqti bilan belgilanadi.
Asosiy fondlar – mulk shakliga, ishlab chiqarishga aloqasi, ammortizatsiyaga nisbatan, amortizatsiya normasiga binoan va soliqqa tortilishiga nisbatan tavsiflanadi.
Mulkka nisbatan – xususiy va arendalangan.
Ishlab chiqarishga qatnashishi bo‘yicha – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (savdoda ishlab chiqarishga – savdoga oldi-sotdiga taalluqli qurollar va noishlab chiqarishga – ma’muriy binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, shifoxonalar).
Amortizatsiyaga nisbatan – amortizatsiyalanuvchi va amortizatsiya qilinmaydigan. Oxirgisiga – ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondi, ko‘p yililk ekinlar, o‘rnatilmagan jihozlar, konservatsiya qilingan vositalar (O‘zRVM qarori asosida), to‘la amortizatsiyalangan vositalar.
Amortizatsiya normalariga qarab.
Asosiy fondlar baholanishi – boshlang‘ich qiymati, tiklanish qiymati, qoldiq qiymati bo‘yicha baholanadi.
Boshlang‘ich qiymati – asosiy fondni sotib olish qiymati, uni tashish, o‘rnatish, montaj, ishlatish uchun ishchilarni o‘qitish xarajati, boj xarajatlar va QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) yig‘indisi.
Tiklash qiymati – boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobi bilan va kengaytirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ketgan xarajatlar yig‘indisi.
Qoldiq qiymati – boshlang‘ich qiymatidan amortizatsiya jamg‘armasini ajratib tashlangandan qolgan qismi.
Asosiy fondlarni ishlatishda uni eskirishi ko‘rsatkichi ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich asosiy fondlarni biror bir davrida tovarlarga o‘tkazilgan iste’mol qiymati bilan belgilanadi.
Asosiy fondlarni eskirishi ikki xil tarzda bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, jismoniy eskirish, ularni texnik ishlatilish xususiyatini ishlab chiqarish jarayonida yoki tabiiy shart-sharoitlar natijasida yo‘qolishi, yemirilishi natijasida ro‘y beradi.
Ikkinchidan, ruhan eskirish, ya’ni imlmiy-texnik taraqqiyot natijasida ishlatilayotgan asosiy fondlarga nisbatan qudratliroq, unumdorliroq yangi mehnat qurollarini yaratilishi natijasida eskilarini ishdan chiqarilishi tushuniladi.
Amaliyotda asosiy fondlarni jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya ko‘chirmasi miqdori bilan belgilanadi.
Asosiy fondlarning amortizatsiya ko‘chirmasi – bu xususiy asosiy fondlarning eskirish qiymatining puldagi ifodasidir.
Amortizatsiya pul shaklida to‘planib boriladi va asosiy fondalrni yangilash, kapital ta’mirlash uchun ishlatiladi. Asosiy fondlarni joriy va kapital ta’mirlash davrida va ishlatilmay to‘rgan davrida amortizatsiya ko‘chirmalari amalga oshirilmaydi. Amortizatsiya faqat xususiy asosiy fondlardan ko‘chiriladi.
Asosiy fondlarni amortizatsiya qiymati (summasi) muomala (davr) xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning boshlang‘ich (balans qiymati) qiymatiga nisbatan foiz miqdorida belgilanadi.
Asosiy fondlarni eskirishini qisman tiklash ularni joriy ta’mirlash muomala (davr) xarajatlari tarkibida, kapital ta’mirlash amortizatsiya fondida o‘z aksini topadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonida uning qiymati quyidagicha o‘zgarib boradi.
Dostları ilə paylaş: |