Ulgurji tovar oboroti deganda, korxona va tashkilotlar tomonidan muayyan vaqt oralig‘ida boshqa korxona va tashkilotlarga keyinchalik qayta sotishi yoki qayta ishlashi uchun sotilgan tovarlar hajmi tushuniladi. Ya’ni, ulgurji tovar oboroti deganda, korxonalarda sotilgan barcha tovarlar hajmi emas, balki qayta sotish hajmi nazarda tutiladi.
Tovarlar bozorda, ya’ni tovar muomalasi bo‘g‘inlarida, shahobchalarida, yo‘lda turgan davrda tovar zaxiralarini tashkil qiladi. Tovar zaxiralari ishlab chiqarishdan iste’molgacha yetkazguncha bo‘lgan vaqtdagi tovarlar miqdoridan iborat.
Tovar zahiralari tarixiy kategoriya bo‘lib, u mehnat mahsulini tovar shakliga aylanishi, ya’ni tovar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash jarayonini vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan.
Birja deganda oldindan belgilangan joyda va muayyan vaqtda birja tovarlarning erkin ulgurji savdosiga sharoit yaratuvchi yuridik shaxc sifatida faoliyat tushuniladi.
Tovar harakati deganda, tovarlarning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tish jarayoni tushuniladi. Chakana savdo tarmog‘ini tovarlar bilan ta’minlash deganda, tovarlarni chakana savdo tarmog‘igacha yetkazib berish jarayonini tushunish lozim. Bu jarayon murakkab tijorat va tashkiliy-texnik operatsiyalar kompleksini qamrab oladi.
Muomala xarajatlari – bu iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan to iste’molchiga siljitish jarayonida sarflangan jonli va jonsiz mehnat qiymatining (bu holda ham qiymat zaruriy va qo‘shimcha qismlarga taqsimlanadi) zaruriy qismini puldagi ifodasidir. Muomala xarajatlari iqtisodiy kategoriya bo‘lib tarixiy tavsifga ega. Uni vujudga kelishi tovar-pul muomalasini paydo bo‘lishi bilan tig‘iz bog‘liqdir. Muomala xarajatlari savdoning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Savdo korxonalari (shahobchalari)ning daromadi – bu ular faoliyati natijasida yaratilgan qiymatning puldagi ifodasidir.
Savdoning sotishdan olgan daromadi - savdo xizmatlarini sotishdan tushgan tushum, ya’ni savdo xizmatlari qiymatini puldagi ifodasidir. Ushbu ta’rif sotishdan olgan daromadni mohiyatini ochib beradi.
Rentabellik - foydani xo‘jalik faoliyatiga aloqador tovar oboroti, xarajatlar, daromad hamda resurslarga nisbatan foizda yoki koeffitsientda aniqlanadigan nisbiy ko‘rsatkichdir.