Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə53/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va falsafa. Falsafani qadimda (Aflotun, Arastu) san’at deb atashgan. Falsafa fanmi yoki san’atmi degan muammo o‘shandan buyon bahs maydonini tashlab ketgan emas: vaqti=vaqti bilan o‘rtaga qo‘yilib turadi. Masalan, SHopenhauerning biz ko‘rib o‘tgan, falsafaning san’atga munosabati vinoning uzumga bo‘lgan munosabatidek gap, degan qanotli fikrini yoki mashhur XX asr mutafakkirlarining XXI asrda falsafa san’at bilan mustahkam aloqada bo‘lsagina yashab qoladi, deganga o‘xshash mulohazalari mazkur muammoning yangicha o‘rtaga tashlanishi, xolos.
Bularning hammasi shunchaki gaplar emas, aksincha muayyan ildizga ega, ma’lum ma’noda asoslangan fikrlar. CHunki falsafa bilan san’at mohiyat nuqtai nazaridan bir=biriga o‘xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko‘rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qisminigina ajratib o‘rganadigan fandan farqli o‘laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligini badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunisicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga – miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini ko‘rish uchun “tasavvur o‘yini”dan foydalangan qadimgi odam, asta=sekin bu yaxlitlikni “tafakkur o‘yini” vositasida mushohada qilishga o‘tgani shubha tug‘dirmaydi deb o‘ylaymiz. SHunday qilib, falsafada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilish san’atda o‘zining eng mukammal va universal shaklini topadi.
San’at bilan falsafaning yana bir o‘xshashligini ularning demokratik tabiatida ko‘ramiz. CHunonchi, “fizik”, “tarixchi”, “geolog” v.h. degan kasblar bor, bu kasblarni egallash uchun maxsus o‘quv maskanlarida tahsil ko‘riladi, ixtisoslik diplomi olinadi. San’at bilan falsafada “mutaxassis” – “mutaxassis emas” degan qat’iy gapning o‘zi yo‘q. Hamma gap iste’dodda, Xudo bergan iste’doding bo‘lsa Navoiy yoki Kansan, “filolog” yoki “faylasuf” degan diploming – bor=yo‘g‘i chiroyli muqovalangan, muhr bosilgan, yuqori navli qog‘oz, xolos. Oddiy fermer ham, farrosh ham falsafiy asarlarni mutolaa qilishi mumkin, falsafiy fikrlay oladi, san’atni tushunadi, uning biror turida, havaskor darajasida bo‘lsa=da, nimanidir ijro eta biladi. Lekin ular geologlik yoki fiziklik qila olmaydilar. CHunki bular kasb sifatida xususiylik tabiatiga ega, fanlarning amaliyoti. San’at bilan falsafa esa hamma uchun umumiy, ayni paytda har bir odam uni o‘zicha tushunadi va o‘zicha talqin qiladi.
Bundan tashqari har bir haqiqiy san’at asari o‘zining falsafiy konsepsiyasiga ega bo‘ladi, unda g‘oyaviy badiiylik bilan uyg‘unlashib ketadi, idrok etuvchi falsafiy mushohada yurgizishga, unda umumlashma fikr uyg‘otishga «majbur qiladi». Boshqacharoq aytganda, san’at ham o‘zini dunyoqarash sifatida namoyon etadi. XX asrning buyuk faylasuflaridan biri Martin Haydegger: «Falsafa faqat insoniy qilmish sifatidagina ma’noga ega. Uning haqiqati mohiyatdan insoniy ishtirokdan iboratdir. Faylasuflik qilish insoniy ishtirokning taqdiriga ildiz otgan. Bu ishtirok esa erkinlikda ro‘yobga chiqadi», – deganida tomomila haq edi.11 Zero fan bevosita insonning ishtirokini inkor etgani holda, falsafa san’at kabi insonining ishtirokisiz voqe bo‘lolmaydi, u, yuqorida aytganimizdek, insonning «tafakkur o‘yini». Inson ichki erkinligining dunyoqarash sifatida in’ikos etishidir.
Ma’lumki, san’atning asosida majoziylik yotadi. Majoz yo‘li bilan fikrlash falsafada ham mavjud. M., Aflotunning «Davlat» asarida keltirilgan «G‘or haqidagi falsafiy-ramziy masal, Ibn Sinoning «Hayy ibn YAqzon», «Qush risolasi» kabi falsafiy tafakkur namunalarini aytib o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina ijodkorlar ayni paytda ham faylasuf, ham san’atkor bo‘lganlar. M., Aflotun aslida shoir, Xayyom ham shoir, SHiller –- dramaturg, R.Vagner – bastakor, Vl.Solovyov – shoir S.Kirkegaard, L.Tolstoy, J=P.Sartr, A.Kamyu yozuvchi v.h. San’at bilan falsafaning aloqadorligini yana falsafiy asarlarning she’riy yo‘lda yozilganida ham ko‘rish mumkin. M., Tit Lukretsiy Karning «Narsalarning tabiati», Helvetsiyning «Baxt» asarlari doston shaklida yozilgan yirik falsafiy risolalardir. Xullas, san’at bilan falsafa bir=biri bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va bu aloqalar hozir ham davom etmoqda.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin