Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə54/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadan mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to‘laqonli mavjud bo‘lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy=estetik=ruhiy muruvatlarini, ya’ni uning ezgulik va go‘zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o‘rganadi. shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq targ‘ibotdan mahrum bo‘lib qoladi va faollik xususiyatini yo‘qotadi. Zero san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o‘rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o‘taydi.
San’at, odatda, xulqiy go‘zallik masalasini o‘rtaga tashlaydi, ya’ni axloqiy ideal muammosi badiiy asarning shohtomiri hisoblanadi. U san’atda estetik mohiyat kasb etadi va ko‘z oldimizda asar qahramoni estetik ideal uning qahramonligi ulug‘vorlik tarzida gavdalanadi. Xullas, ijtimoiy-axloqiy munosabatlar san’atda go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik kabi estetik xususiyatlar orqali ifoda topadi. M., SHekspirning «Otello» piesasi fojeaviylik asosiga qurilgan. Ayni paytda biz Otelloda – ulug‘vorlikni, Dezdemonada – go‘zallikni, YAgoda – tubanlikni estetik idrok etamiz.
Axloqning san’atda in’ikos qilishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi. Birinchisi – bevosita, ya’ni asardagi badiiy qiyofalarda ijobiylik, axloqiy fazilatlari ustun bo‘ladi, axloqiy idealni yaqqol ko‘rib turamiz. Ikkinchisida esa, biz asarda axloqiy ideal tugul, hatto biror bir ijobiy qahramonni ham uchrata olmaymiz. Lekin ularni baholash imkoniga ega bo‘lamiz. CHunki muallif illatlarni o‘z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklik darajasidan turib fosh qiladi. M., Gulxaniyning «Zarbulmasal», Gogolning «Revizor», Abdulla Qahhorning «Mayiz emagan xotin» asarlari shular jumladan.
Bundan tashqari san’at bilan axloq aloqadorligini maxsus «axloqiy» adabiy janrlarning mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Og‘zaki va yozma adabiyotdagi maqol, matal, hikmat, rivoyat, pandnoma, masal kabi janrlar bunga misol bo‘la oladi.
SHunday qilib, san’at va axloqning aloqadorligi, xalqona aytganda, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlikda, asardagi axloqiy=estetik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin