Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə57/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va texnika. Texnika qadimda yunoncha techne – san’at, mahorat ma’nosini anlatadi. Hozir ham o‘sha ma’nosini saqlab qolgan: san’atning biror-bir turida muayyan mahorat egasi bo‘lgan kishiga nisbatan qo‘llaniladi. M., Hamza Umarov aktyorlik texnikasini yaxshi egallagan iste’dodli san’atkor edi, deymiz. SHuningdek, rangtasvir texnikasi, she’r texnikasi, raqs texnikasi v.b. haqida ham gapirish mumkin. Ayni paytda u ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirish uchun yaratilgan vositalar majmui sifatidagi ma’nosi nuqtai=nazaridan ham san’at bilan aloqador. Uni jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining o‘zaro munosabatlari tarzida talqin qilish mumkin. Zero, hozir texnika inson xissiyotlari va san’at bilan kelisha olmaydigan temir tan, insoniy nazokatga, nafosatga putur etkazuvchi mashinalar dunyosi emas. Texnika ravnaqi natijasida estetik faoliyatning yangi turi dizayn va uning nazariyasi – texnika estetikasi vujudga keldi. Atrof-muhitni go‘zallashtirishda, shaharsozlikda, me’morlikda texnikadan unumli foydalanilmoqda.
So‘nggi paytlarda san’at bilan texnikaning o‘zaro aloqalari tobora mustahkamlanib, kengayib bormoqda. U deyarli hamma san’at turlariga «kerak bo‘lyapti». Teatrdagi aylanadigan sahna, musiqadagi kliplar, fonogrammalar, elektron cholg‘u=asboblar, kitob nashridagi texnik quvvatlar, yozuvchilarinng kompyuter vositasida ishlashlari, audio va video yozuvlar v.h. bunga misol bo‘la oladi. Bularning hammasi badiiy asarni idrok etuvchiga qulayroq shaklda etkazib berish orqali texnika san’at targ‘iboti va rivojiga katta xissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi. Demak, texnikaviy ravnaq tufayli san’at turlari takomillashib bormoqda. Bundan tashqari, yana eng muhimi shundaki, bu ravnaq yangi – «texnikaviy» san’at turlarining paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Badiiy su’ratkashlik, kino va televidenie ana shunday san’at turlaridir. Bir so‘z bilan aytganda, texnika san’at uchun beminnat xizmatkor vazifasini o‘tamoqda va o‘zi ham asta-sekin san’atning «parda ortidagi» uzviy qismiga aylanib bormoqda.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin