Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


SEMINAR MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə37/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

SEMINAR MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI


1. Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari
.
Estetika – nafosatning mohiyati o‘rganuvchi qadimiy fan. Estetika fani tadqiqot doirasining miqiyosligi va ko‘p yoqlamaligi. Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetika – san’at, badiiy ijod, dizayin, turmush go‘zalligi, atrof-muhitni go‘zallashtirish va estetik tarbiya borasidagi umumiy qonuniyatlar hamda estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) tizimi sifatida.
Estetikaning boshqa zamonaviy fanlar bilan aloqasi; estetika va falsafa; estetika va axloqshunoslik; estetika va ruhshunoslik; esteika va milliy istiqlol g‘oyasi; estetika va sotsiologiya; estetika va dinshunoslik; estetika va pedagogika; estetika va ekologiya v.h.
Estetikaning qamroli hissiy-intelektual hodisa sifatida shaxs va jamiyat hayotini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati.


2. Estetik anglash va estetik munosabat hamda faoliyat

Estetikaning qadriyatshunoslik tabiati. Estetik ong va uning individuallik xususiyati; estetik ongning asosiy unsurlari: estetik ehtiyoj va estetik munosabat; estetik tuy²u va estetik did; estetik baho va estetik ideal; estetik qarashlar va estetik nazariyalar.


Estetik faoliyat mehnatning o‘ziga xos turi sifatida; mehnat va san’atning o‘zaro aloqalari;hunarning estetik vazifalari. Dizayn va uning estetik mohiyati;Atrof-muhitni go‘zallashtirishning zamonaviy muammolari.
Tabiatning go‘zallik va ulu²vorlik manbai ekani,uning estetik faoliyat ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi;estetika va ekologiyaning hamkorligi va bu hamkorlikning dolzarb muammolarining mushtarakligi.


3.Nafosat falsafasining asosiy tushunchalari

Estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) – estetik bilishning muhim omili sifatida. Nafosat-estetikaning eng qamrovli mushtarak mezoniy tushunchasi.


Go‘zallik tushunchasi; go‘zallik haqidagi tasavvurning o‘zgaruvchanligi; go‘zallikka sifatning ta’siri; go‘zallik va manfaat; go‘zallikkning san’atda namoyon bo‘lishi; go‘zallik va xunuklik.
Ulug‘vorlik tushunchasi; ulug‘vorlikning favqulodda salbiy hissiyotlarga asoslanishi; ulug‘vorlikka son va miqyosning ta’siri; tabiatdagi ulug‘vorlik; ulug‘vorlikning san’atda namoyon bo‘lishi; ulug‘vorlik va tubanlik.
Fojiaviylik tushunchasi.Fojiaviy to‘qnashuv va uning asoslari; fojiaviylik va estetik ideal; fojiaviylikning san’atda namoyon bo‘lishi; fojia (tragediya) – san’at janri sifatida; fojiaviy ziddiyat va fojiaviy qahramon.Forig‘lanish.
Kulgililik mezoniy tushunchasi;kulgili holat;kulgi va uning inson hayotidagi o‘rni; hazil hissi;kulgilikning san’atda namoyon bo‘lishi va uning ifoda shakllari (hajv, mutoiba, kinoya, kesatiq, istehzo); kulgi (komediya) – san’at janri sifatida; kulgining forig‘lantirish xususiyati.Estetik mezoniy tushunchalarning o‘zaro aloqalari.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin