Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə46/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Estetik munosabat
Inson zoti dunyoga kelganidan boshlab tabiat va jamiyat deb atalgan tashqi muhit bilan munosabatga kirishadi. Dastlab bu munosabat onglanmagan, intuitiv, biologik-genetik tarzda, keyinroq esa anglab etilgan, yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro‘y beradi. Uni odatda, ikki xil deb ta’riflash qabul qilingan: birinchisi – insonning salomatligi va turmush tarzini farovonlashtirishga qaratilgan zohiriy-moddiy maqsadga erishish tamoyiliga asoslangan utilitar-empirik manfaatdorlik, ikkinchisi – botiniy-ruhiy manfaatdorlikni, maqsadga muvofiqlikni ta’minlaydigan hissiy-ma’naviy munosabatlar. Mana shu ikkinchi xil munosabatlar insonning insonligini belgilaydigan hodisalar hisoblanadi. Ular ichida estetik munosabat alohida aщamiyatga ega, chunki u nafaqat birinchi xil munosabat turlaridan yuksak darajaligi bilan farqlanadi, balki o‘ziga xildosh bo‘lgan axloqiy yoki e’tiqodiy munosabatga nisbatan ham miqyosli va qamrovlidir.
Gap shundaki, estetik munosabatdan boshqa barcha munosabat turlari inson «aqlini taniganidan» so‘ng, ya’ni go‘daklik davridan o‘tgandan keyin voqe bo‘ladi. Masalan, go‘dak hali uyat hissini bilmaydi, unda axloqiy munosabat hattoki ibtidoiy darajada ham shakllanmagan, xohlagan vaqtida, to‘g‘ri kelgan joyda tabiiy ehtiyojni qondiradi. Lekin u beshikda yotar ekan, tushib turgan ola-chalpoq quyosh nuridan quvonadi, uni kuzatadi, u bilan o‘ynagisi keladi yoki beshikka osig‘liq rangli o‘yinchoqdan zavqlanadi, g‘adir-budir, shaklan qo‘pol materialni emas, mayin duxobani yoki shunga o‘xshash yumshoq, silliq narsalarni xush ko‘radi, ularni siypalab zavqlanadi, alla eshitib orom oladi. Bularning bari estetik munosabatning insoniy mohiyatda namoyon bo‘luvchi hodisa sifatida ibtidodan mavjud ekanini ko‘rsatadi. SHuningdek, keksayib, umrining qolganini ko‘proq to‘shakda o‘tkazayotgan kishi jisman zaifligi tufayli tashqi muhit bilan utilitar-empirik munosabatini davom ettira olmasligi mumkin. Lekin, u badiiy adabiyot o‘qib, televizor ko‘rib, musiqa eshitib zavqlanadi, ya’ni tashqi dunyoga estetik munosabatda bo‘la biladi: inson moddiy boylik yaratishdan mahrum bыlgan paytda ham estetik munosabat tufayli, to o‘lguncha o‘z ma’naviyatini boyitish imkonini yo‘qotmaydi. Estetik munosabatning qamrovliligi va uning bir umrli ma’naviy hodisa sifatidagi ahamiyati ana shunda.
Barcha munosabatlar qatori estetik munosabat ham ikki asosiy unsurdan tashkil topadi: ob’ekt va sub’ekt. Lekin bunda ob’ekt sub’ekt tomonidan belgilanadi: agar sub’ekt estetik jarayonga kirishmasa, uning munosabati, ob’ekt qanchalik go‘zal yoki ulug‘vor bыlmasin, estetik shakl kasb etmaydi. Estetik jarayon esa sub’ektning botiniy his-tuyg‘ulariga, kayfiyatiga, vaqtiga, kuzatishiga, mushohadasiga, fikrlash imkoniyati va darajasiga, qobiliyatiga, iste’dodi, ob’ekt bilan o‘rtadagi masofa tasavvuri kabi tug‘ma hamda ta’lim-tarbiya va tajriba vositasida vujudga kelgan qarashlarga bog‘liq. Estetik munosabat ana shu estetik jarayonning pirovard natijasidir. Masalan, ¡rol Tansiqboevning «Tog‘dagi qishloq» asarini sotayotgan do‘kon xizmatchisida bu rasmga nisbatan estetik munosabat tug‘ilmaydi, sotuvchi unga faqat tovar sifatida qaraydi, maqsadi uni iloji boricha kattaroq pulga sotish. YA’ni sotuvchi estetik jarayonni boshidan kechirmaydi, o‘z vaqti, kuzatishi, diqqat-e’tiborini asosan, oldi-sotdi jarayoniga yo‘naltiradi. Uning munosabati iqtisodiy-moliyaviy chegaradan nariga o‘tmaydi. Rasmni sotib olgan xaridor esa unda Vatanning bir parchasini, tog‘ qishlog‘ining o‘ziga xos go‘zalligini ko‘radi, undagi ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin botiniy bir tuyg‘u bilan ilg‘ab olinadigan ruhni, olislarda qolib ketgan bolalik deb atalgan umrning bir bo‘lagini qalban his qiladi, xo‘rsiniq aralash quvonch hissini tuyadi. CHunki uning butun botiniy-ruhiy murvatlarining faoliyati, ongi, diqqat-e’tibori, mushohadasi, tasavvuri, qobiliyati, intellektual tajribasi rasmdagi go‘zallikning nimasi bilandir tanish va ayni paytda notanish ko‘rinishini ilg‘ab olishga qaratilgan; har gal u shu rasmga tikilganida ana shu ichki faoliyatga asoslangan jarayonni qayta boshdan kechiradi. Uning rasmga har galgi munosabati estetik munosabatdir. SHunday qilib, sotuvchi qo‘liga tushgan mablag‘dan qoniqish hosil qilsa, rasm ixlosmandi tasvirlangan manzara go‘zalligidan, qalbida uyg‘ongan hissiyotdan, olislarga «borib kelgan» xayolotidan, hatto tasavvuridagi, shu tasavvur «turtkisi» tufayli paydo bo‘lgan xayoliy manzaradan zavqlanadi. YOki Ko‘kaldosh madrasasi yonidan ishga kechikishdan havotirlanib shoshilinch o‘tib borayotgan xizmatchini olaylik. U mahobatli estetik ob’ektning ulug‘vorligini his etmaydi, bu yodgorlikka nisbatan unda estetik munosabat yuzaga kelmaydi, chunki vaqt va kundalik tashvishlar iskanjasida yuqoridagi sotuvchiga o‘xshab estetik jarayonni boshidan kechirishga tayyor emas. SHunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Biroq, aytilganlaridan estetik munosabat faqat sub’ektga bog‘liq, hamma narsani sub’ekt hal qilar ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak. To‘g‘ri, estetik munosabat individual hodisa, unda ko‘p narsa sub’ektga bog‘liq lekin hammasi emas, chunki ob’ekt go‘zalligi, ulug‘vorligi, ranginligi va hokazo estetik ko‘rinishlari bilan muayyan shart-sharoitda o‘ziga nisbatan estetik munosabat uyg‘otish xususiyatiga ega. Zero estetik ob’eksiz sub’ekt estetik jarayonni boshidan kechira olmaydi, ya’ni estetik munosabatning faqat bir tomonlama ro‘y berishi mumkin emas. Bu o‘rinda ob’ekt – estetik «qo‘zg‘atuvchi», sub’ekt – «qo‘zg‘aluvchi» rolini o‘ynaydi. «Qo‘zg‘atuvchi» estetik ko‘rinishi bilan ta’sir ko‘rsatsa, «qo‘zg‘aluvchi» mohiyati bilan ta’sirni qabul qiladi, idrok etadi. Bu idrok etish ob’ektni o‘z tasavvurida yangitdan yaratish bilan yakunlanadi; estetik jarayonning qolaversa, butun boshli, estetik munosabatning ijodiyligi ham ana shunda. Demak, ikki tomonning biri (ob’ekt) – yoqimli yoki hayratga soladigan shakl va mazmunni o‘zida ifodalaydigan estetik ko‘rinishi tufayli, ikkinchisi (sub’ekt) – o‘sha ko‘rinishining idrok etilishini ta’minlovchi hissiy va intellektual murvatlarini o‘zida mujassam etganligi bilan estetik munosabatni vujudga keltiradi. Bu munosabat esa, yuqorida aytganimizdek, sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tashkil etgan estetik jarayonning nisbatan tugallangan shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu estetik jarayon ro‘y beradigan maydonni biz nafosat deb ataymiz.
Nafosat
Nafosat bir tomondan real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda – metakategoriya. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng: u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarni anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
SHu o‘rinda estetik xususiyatlar o‘zi nima, ularning mavjudlik shartlari nimalar bilan belgilanadi, degan masalaga to‘xtalib o‘tish joiz.
Odatda go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik singari istilohlar haqida gap ketganida, biz ularni estetikaning mezoniy tushunchalari yoki asosiy kategoriyalari deymiz. CHunki ular estetika fanining mezonlarini belgilab beradigan istilohlar, fan salmog‘ini o‘lchaydigan o‘lchov tushunchalar vazifasini bajaradi, ya’ni ular yuqorida aytilganidek, o‘zlari voqelik bo‘lmagani holda estetik voqelikning mohiyati, tuzilmasi shakli v. h. to‘g‘risida fikrlash uchun maxsus kalit bo‘lib xizmat qiladilar. Deylik, go‘zallik tushunchasi tabiat, jamiyat yoki san’atda mavjud bo‘lgan estetik ob’ektning go‘zalligini tadqiq va talqin etish, sharhlash uchun zarur; lekin u narsa-hodisaning ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatini sharxlar ekan, ayni paytda shu xususiyat to‘g‘risidagi ilmiy talqin mezonlarini belgilab berish vazifasini ham o‘taydi. Ana shu ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatlar (go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, mo‘‘jizaviylik va boshqalar) nafosatni tashkil etadi. Bu hususiyatlar ham san’at, ham tabiat, ham jamiyat olamidagi ob’ektlarda mavjud bo‘ladi. Masalan, CHotqol tog‘ tizmalariyu, tungi yulduzli osmonning va Samarqanddagi Registon majmuasiyu, Buxorodagi Arslonxon minorasining ulug‘vorligi, bahordagi rang-barang lolazorlaru, bujur g‘oyani yorib chiqqan tog‘ gulining va Berta Davidova ijro etgan «Munojot» qo‘shig‘iyu, CHo‘lpon qalamiga mansub «Go‘zal» she’rining go‘zalligi har ikkala turdagi – tabiat va san’atdagi ob’ektlarga mansub estetik xususiyatlardir. Bundan tashqari, bunday estetik xususiyatlarni biz ishlab chiqarishda – texnika sohasida, dizaynda, atrof-muhitni go‘zallashtirishda, oilaviy turmushdayu, sportda va boshqa sohalarda ham ko‘rishimiz mumkin. Bularning bari bizni o‘rab turgan estetik muhit bo‘lmish nafosatni tashkil etadi.
Biroq, bu – nafosatning bir tomoni, uni shartli ravishda tashqi nafosat yoki ob’ektdagi nafosat deyishimiz mumkin. Nafosatning ikkinchi tomoni ham borki, o‘zini ichki nafosat yoki sub’ektdagi nafosat tarzida namoyon qiladi. Ana shu ikkinchi jihat estetik jarayonni vujudga keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan falsafiy hodisa-voqelikni estetik anglash bilan belgilanadi.
Nafosat falsafasining asosiy tushunchalari
Reja:
1. Go‘zallik estetikaning mezoniy tushunchasi
2.Ulug‘vorlik, tubanlik va fojeaviylik
3. Kulgulilik, mo‘‘jizaviylik va qiziqarlilik tushunchalari

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin