Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə58/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va mehnat. Ma’lumki, mehnat insonning maqsadga muvofiq tarzda aql yoki kuch vositasida amalga oshiriladigan faoliyati. Ibtidoiy davrlarda mehnat asosan majburiylik tabiatiga ega bo‘lgan: Qadimgi odam qorin to‘ydirish uchun ko‘p va og‘ir mehnat qilgani bizga yaxshi ma’lum. Keyinchalik ish qurollarining takomillashuvi, yangidan=yangi ishlab chiqarish vositalarining vujudga kelishi mehnatni muayyan kasblar bo‘yicha bo‘linishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiy topgan hozirgi davrda odamlar asosan muayyan kasbiy tayyorgarlikdan keyin mehnat faoliyatini boshlaydilar. Kasb-hunar kollejlaridan tortib, to oliy o‘quv yurtlarigacha turli ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunda muayyan ixtisoslikka moyil odamlar o‘zlari yoqtirgan mehnat faoliyati turlarini avvaldan tanlaydilar, tayyorgarlikni (o‘quv yurtini) tugatgach, sevgan kasbida ishlaydilar. Natijada mehnat qadimgidagidek og‘ir majburiyat emas, balki jamiyat a’zosining sevimli kasbiga, yumushiga aylanadi, ijodiylik kasb etadi, zavq bilan amalga oshiriladi.
Mehnat ibtidoiy davrlarda ish qurollarini bezashdan boshlab, bugungi kundagi dizayngacha san’at bilan yonma-yon keladi. Ishlab chiqarish makoni, vositalari va jarayonlarining go‘zallashib borishi mehnatni insondan, insoniylikdan naridagi faoliyat emas, balki ichki ehtiyojga, ma’naviy hodisaga aylanib borayotganligini bildiradi. Ana shu yaratish ehtiyoji mehnatni nafaqat ijtimoiy, balki estetik ehtiyoj darajasiga ham ko‘taradi.
Mehnatning ana shu ijodiylik, bunyodkorlik xususiyatlari san’atda o‘z aksini topib kelgan. Mehnat va mehnatkashlik ulug‘langan badiiy asarlarni barcha san’at turlarida uchratishimiz mumkin. CHunonchi, xalq og‘zaki ijodidagi maqol, matal, ertak va dostonlarda mehnat ma’naviy=axloqiy hodisa, mehnatkash inson yuksak ma’naviyat egasi sifatida namoyon bo‘ladi. Dangasa, mehnatdan o‘zini olib qochadigan bekorchi odamlar esa kulgililik orqali tanqid qilinadi, hajviy qiyofalarda tasvirlanadi. Hozir ham barcha san’at turlarida mehnat – baxt manbai, mehnatsevarlik – yuksak axloqiylik tarzida in’ikos ettiriladi.
Bu mehnatning san’at bilan bilvosita bog‘liqligi, ularning bevosita aloqadorligi ham mavjud. San’tkorning mehnati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. M., SHukur Burxon ijro etgan «SHoh Edip» spektaklidagi Edip roli buyuk aktyorning ulkan iste’dodi bilan birga juda katta mehnatining ham mahsulidir. YOki mashhur koreys seriali «Saroy javohiri» filmi sakkiz yillik mehnatning mevasi ekani buning dalilidir. Bunday o‘rinlarda iste’dod va mehnat bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi, bir-birini to‘ldiradi. Ijodiy mehnat, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, u muallifga zavq bag‘ishlaydi. «Iste’dodning to‘qson foizi – mehnat» degan gap bejiz aytilmagan, unda ma’lum darajada haqiqat bor.
To‘g‘ri, tarixdagi qullar yoki chorkor=dehqonlar, yo bo‘lmasam, ilk kapitalizm davridagi yollanma ishchilar mehnatini ijodiy deb bo‘lmaydi, ular og‘ir, tinkani quritadigan majburiyat edi. CHunki mehnatning ijodiyligi, eng avvalo, mehnatkash o‘z faoliyatiga erkin munosabatda bo‘lgandagina ro‘yo beradi. Demak, mehnat ham, san’at ham birinchi galda erkinlikni talab qiladi. Mehnatning san’at kabi qadriyat darajasiga ko‘tarilishi har qanday ijod, har qanday qadriyatning voqe bo‘lishi, erkinligi asosida yuz beradi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin