Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə59/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va siyosat. San’at bilan siyosat o‘rtasidagi aloqalar o‘ziga xos murakkab, ba’zan ko‘zga yaqqol tashlanmaydigan tarzda, ba’zan yaqqol bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Lekin barcha zamonlarda ham ular o‘zaro aloqa qilib kelgan. CHunki san’at ijtimoiy-estetik hodisa sifatida har qanday voqelikni in’ikos ettirar ekan, undagi siyosiy qarashlarni, kurashlarni bir chetga surib qo‘ya olmaydi. Siyosat esa o‘ziga mos keladigan qarashlarnigina san’t tomonidan ustuvor tarzda aks ettirishni xohlaydi va shu bois uni, dinga o‘xshab, o‘ziga bo‘ysundirishga intiladi. Bunda u o‘zining «suyangan tog‘i» bo‘lmish mafkuradan foydalanadi, san’atni iloji boricha mafkuraviylashtirshga harakat qiladi, bu harakat ba’zan zo‘ravonlik bilan, ijodkorlarni majburlash, ulardan siyosiy shiorlarni badiiylashtirish asosida asar yaratishni talab qilish orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv totalitar davlat tuzumlarida qo‘llaniladi va ularda siyosat o‘z maqsadiga erishish uchun badiiy asarni senzuradan o‘tkazish, maxsus komissiyalar orqali qabul qilib olish, «gapga kirmagan» ijodkorlarni surgunga yuborish, qamash, jisman yo‘qotish usullaridan foydalanadi. Natijada muayyan siyosiy tuzumning tashviqot-targ‘ibot vositalari, matbuoti, sudlari, huquq=tartibot organlari, davlat havfsizligi tizimi – hammasi san’atning ustiga yopirilib, uni bo‘ysundirishga qaratiladi. Ammo bu yo‘l bilan vujudga kelgan badiiy asarlar hech qachon san’at asari bo‘la olmaydi, muayyan siyosiy yolg‘onning ifodasi sifatida vaqtinchalik «san’at» rolini bajarib turuvchi, o‘tkinchi, soxtalashtirilgan ijodiy xatti=harakatdan boshqa narsalar emas. Totalitar tuzum o‘zgarishi demokratik insonparvar tartiblarning o‘rnatilishi bilan, ular xalq, millat, insoniyat tomonidan o‘limga mahkum etiladi, ularni hech kim o‘qimaydi, ko‘rmaydi, tinglamaydi. CHunki san’at, erkinlik mevasi, uni ijodkor majburan boshqara olmaydi, aksincha, badiiy asar ko‘rib o‘tganimizdek, shakllanishi jarayonida ijodkorni boshqarib boradi. Ana shu sabablarga ko‘ra, fashistcha va kommunistcha mafkura mahsuliga aylangan badiiy asarlar bugun o‘lik tarixdan boshqa narsa emas.
Ayni paytda san’at demokratik davlat siyosatini, umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarga asoslangan mafkurani targ‘ib etadi, vatanparvarlik, qahramonlik, fidoyilik g‘oyalarini ilgari suradi, lozim bo‘lsa, jangovarlik kasb etadi. San’at tarixida muayyan g‘oyalarni, ayniqsa umumbashariylikni inkor qilmaydigan milliy g‘oyani ifodalamagan san’at asari kam topiladi.
SHunday qilib, san’at va siyosat bir-birining ishiga aralashmay rosmana mavjud bo‘lolmaydi. Lekin bu aralashuv hech qachon bir tomondan – zo‘ravonlikka, ikkinchi tomondan – g‘oyasizlikka asoslanmasligi kerak; haqiqiy san’at asari hech qachon «sof badiiy» bo‘lmaydi. U faqat g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik sifatidagina ma’naviy qadriyat maqomiga ega.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin