Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə67/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Estrada. Qadimda estrada bilan sirk yaxlit bir san’at turi hisoblangan. XIX asrga kelib, estrada sirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko‘rsata boshlagan. O‘zbekistonda u Qo‘qon xonligida XIX asr boshlarida tashkil etilgan keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.17 Umuman olganda, u an’anaviy san’atlar ichida nisbatan yangisi va ba’zi jihatlari bilan zamonaviy – texnikaviy san’at turlariga ma’lum ma’noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.).
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, sirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy mavzular, estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsa=da, teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb ataydi.
Estrada namoyishlarini (nomerlarini) ko‘pincha konferense bir tizimga solib turadi. Ba’zan esa buni aktyorning o‘zi amalga oshiradi, estradada aktyor mahorati, uning xatti-harakatlari, yuz ifodasi, zarur paytdagi pauzasi v.b. hodisalar muvafaqqiyatning asosiy omili hisoblanadi. Estrada aktyori tomoshabin bilan uzviy aloqada bo‘ladi: sahna va zal ba’zan bir-birini to‘ldiradi. SHu o‘rinda yana E.Petrosyanni eslashga to‘g‘ri keladi, mening bosh rejissyorim, tomoshabin u menga nima qilish kerakligini aytib berib turadi, deydi buyuk aktyor.
Hozirgi paytda maxsus «estrada teatrlari» mavjud. Rus va jahon estradasida aktyorlar asosan yozuvchilar maxsus yozib borgan yoki matbuotda e’lon qilingan eng yaxshi hajviyalar asosida ish ko‘radi. Afsuski, bizning aktyorlar «Obid A» teatrida ham «Mirza» teatrida ham asosan matnlarni o‘zlari to‘qiydilar va jahon latifalarini o‘zbekchalashtirib tomoshabinga taqdim etadilar. Natijada aktyorlarimiz qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, (ularning ko‘pi haqiqatan ham iste’dodli), chiqishlari qiziqchidan ko‘ra, ko‘proq bachkanalikka aylanib ketadi.
XX asrda jahon estradasida o‘ziga xos estrada qo‘shiqchiligi maxsus janr sifatida keng yoyildi. Jahonga mashhur estrada guruhlari va qo‘shiqchilari katta shuhrat qozondilar («AVVA», «YAlla», Jekson, Tarkan v.b.), ulkan stadionlarda o‘tkaziladigan «gala konsertlar» paydo bo‘ldi. Bularning hammasi estradaning zamon talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san’at turiga aylanganini ko‘rsatadi. SHundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bizning estradamizga qo‘yiladigan talablar hozirgidan bir necha barobar yuksak bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin