Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə55/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

San’at va din. Biz umumjahoniy dinlarning vujudga kelishi va ularning san’at bilan aloqadorligini kitobning tarixiy qismida ko‘rib o‘tgan edik. YAna qo‘shimcha qilib, shuni aytish mumkinki, san’at, avvalo, axloqiylikni targ‘ib etish nuqtai nazaridan din bilan bog‘liq. Buni barcha umumjahoniy dinlar uchun so‘ng maqsad – yuksak axloq egasi bo‘lmish komil insonni, solih bandani tarbiyalash ekanida ko‘rsa bo‘ladi. Zero juda ko‘p diniy tushunchalar axloqiy ma’noga, axloqiy tushunchalar esa diniy ma’noga ega. M., imon, diyonat, halollik, poklik, muhabbat, vijdon kabi tushunchalar har ikki ma’naviy hodisaga ham tegishlidir. Ayni paytda din ezgulik, muruvvat, shafqat, jo‘mardlik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni targ‘ib qiladi va qotillik, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, xiyonat, yolg‘onchilik singari illatlarni taqiqlaydi. Bularning hammasi asarda o‘z ifodasini topar ekan, bir varakay uch yoqlama – din, axloq va san’at aloqadorligi vujudga keladi.
Bundan tashqari san’atning din bilan bog‘liq maxsus yo‘nalishi mavjud. Biz uni diniy-badiiy asar sifatida ko‘rib o‘tgan edik. Unda din san’atning ravnaqiga, san’at esa dinning yoyilishiga xizmat qiladi, har ikki hodisa qo‘lni - qo‘lga berib faoliyat ko‘rsatadi. M., Hazrat Ali qissasi, «Mashrab qissasi», Kyoln jomesi, Toj Mahal maqbarasi, Al=Humro masjidi, Imom Buxoriy maqbarasi, qadimgi Buddha haykallari, hazrati Iso va havoriylar tasvirlangan rangtasvir namunalari singari diniy badiiy asarlar shular jumlasidan. Ular allaqachon umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga aylanib bo‘lgan. Demak, san’at bilan dinning hamkorlik aloqalari natijasida ma’naviy qadriyatlarning vujudga kelishi ro‘y beradi.
San’at umumjahoniy dinlarning e’tiqodiy kitoblarida ham keng o‘rin agallagan. Musulmonlar e’tirof etishi kerak bo‘lgan Tavrot, Zabur, Injil va Qur’onda ko‘plab badiylashgan qissalarni rivoyatlarni uchratamiz. M., Qur’ondagi YUsuf qissasi (3-sura) buning yaqqol dalilidir.
To‘g‘ri, muayyan davrlarda din san’atni taqiqlashga, uning ba’zi turlarini man etishga uringan M., nasroniylik dastlab san’atning barcha turlarini, islom esa tasviriy san’atni ta’qib ostiga oldi. Lekin san’atni bo‘ysundirishdan ko‘ra, unda foydalanish, u bilan hamkorlik qilish din uchun maqbul ekani tezda ma’lum bo‘lib qoldi.
SHunday qilib, san’at va din bevosita, ham bilvosita bir-biri bilan mustahkam aloqada faoliyat olib boradigan ma’naviy hodisalardir.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin