Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə51/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Qiziqarlilik
Bu tushuncha biror bir ilmiy=uslubiy estetik adabiyotdan shu paytgacha o‘rin olgan emas. Vaholanki, usiz hech qanaqa san’at turi faol mavjud bo‘lolmaydi, ya’ni idrok etuvchining diqqatini tortolmaydi va oxir-oqibat tug‘ilar-tug‘ilmas o‘lik tarixiga aylanadi. Darhaqiqat, zerikarli spektakl yoki film tomosha qilinmaydi, zerikarli musiqa tinglanmaydi, zerikarli bir xillikdan iborat to‘qqiz qavatli beton uylar me’morlik san’ati namunalari sifatida idrok etilmaydi v.h. SHundan kelib chiqqan holda, qiziqarlilikni badiiy asarning idrok etuvchida estetik zavq, kuchli hayajon uyg‘otadigan o‘ziga xos xususiyati, desak adashmaymiz. Bundan tashqari, san’at asari qiziqarlilik xususiyatidan mahrum bo‘lsa, qadriyatga aylanolmaydi, zero nimaiki qadriyatga aylangan ekan, u bizni qiziqtirgan va hozir ham qiziqtiradi, ya’ni o‘ziga tortib turadi.
Qiziqarlilik haqidagi dastlabki jiddiy mulohazani biz buyuk fransuz faylasufi Didroda uchratamiz. O‘zining «Dramatik she’riyat to‘g‘risida» degan yirik estetik risolasidagi yigirma ikki kichik bobning o‘n birinchisini Didro «Qiziqish haqida» deb ataydi. Unda muallif spektakl idrok etuvchida albatta qiziqish uyg‘otishi zarurligini ta’kidlaydi.6 Lekin u qiziqishni alohida estetik tushuncha sifatida talqin etmaydi, balki spektaklning muhim xususiyatlaridan biri, syujet va ijroning qiziqarliligi degan fikrni ilgari suradi.
Mazkur tushunchani birinchi marta «qiziqarlilik» atamasi bilan buyuk olmon faylasufi A. SHopenhauer nomlaganini bizdarslikning tarixiy qismida aytib o‘tgan edik. SHopenhauer uni estetik xususiyat ekanini, go‘zallik bilan yonma=yon badiiy asarning yaxlitligini ta’minlashini aytib, quyidagi xulosaga keladi.
«Qiziqarlilik – bu poetik asarning vujudi; go‘zallik – uning qalbi. Epik va dramatik asarlarda qiziqarlilik, har bir harakatning muqarrar xususiyati sifatida materiyani, go‘zallik –shaklni namoyon etadi; ikkinchisining bo‘lishi birinchisining mavjudligi bilan bog‘liq» - deydi u.7
Biroq SHopenhauer qiziqarlilikni faqat nasriy she’riy va dramatik asarlarga nisbatan qo‘llaydi. Aslida, yuqorida aytganimizdek, uni deyarli barcha san’at turlariga nisbat berish mumkin.
Darhaqiqat, qiziqarlilik go‘zallikning yoki ulug‘vorlikning namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratib beradi. Biroq, u me’yoridan ortiq o‘rin olsa, go‘zallikning raqibiga aylandi. CHunki o‘ta ketgan qattiq hayajon qo‘zg‘atadigan, yurakni «qinidan chiqarib», hapqiritib yuboradigan qiziqarlilik idrok etuvchining qalbiga emas, ko‘ziga ta’sir ko‘rsatadi, idrok etuvchi butun diqqat-e’tiborini favqulodda qiziqarli bo‘lgan voqeaga qaratadi, go‘zallik esa qiziqarli syujet orqasida qolib ketadi, ikkinchi darajali hodisaga aylanadi. M., o‘tkir syujetli «jangari» filmlar yoki detektiv romonlarda qalb emas, ko‘z ko‘proq ishlashini ko‘ramiz: «mana, hozir, mana, hozir!» degan hayajonda go‘zallikni ilg‘ash mumkin emas, u asar voqealaridan orqada qolib ketadi.
SHunday qilib, qiziqarlilik estetika uchun muhim tushuncha bo‘lib, asosan san’atkorning iste’dodi, mahorati va tajribasi bilan bog‘liq.
Xulosa qilib aytish mumkinki, biz ko‘rib o‘tgan barcha estetik mezoniy tushunchalarning hech qaysisi o‘z holicha, yakka-yakka namoyon bo‘lmaydi. Albatta, biri ikkinchisining boshlovchisi yoki davomchisi sifatida dialektik aloqadorlikda badiiy asar to‘qimasini tashkil etadi.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin