144
Fan 1
Fan 3
Fan 2
Talaba 1
Talaba 2
Talaba 3
Talaba 4
Talaba 5
Endi ba’zi tushunchalarga izox berib ketamiz.
Segment
deb har bir yozuvdagi
ma’lumotga aytiladi. Yozuvdagi eng yuqori o`rinda
joylashgan segmentni
ildiz
segment deb ataladi.
Ko`rsatgich
esa yozuvga biriktirilgan shunday bir ma’lumot
elementiki, u boshqa yozuvning absolyut yoki nisbiy adresini ko`rsatadi. Ierarxik
ko`rinishdagi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar bir-biri xuddi shunday
ko`rsatgichlar orqali bog`langan bo`ladi. Masalan «Xizmatchi» segmentining
oxirida Kompensatsiya, Ish yo`nalishi, Afzalliklar segmentlarini bilan aloqani
aniqlaydigan ko`rsatgichlar bo`lishi mumkin.
Ma’lumotlarning tarmoqli ko`rinishdagi modeli.
Bu ko`rinishdagi ma’lumotlari bazasining modeli shunday bir mantiqiy modelki, u
ko`pdan-ko`pga ko`rinishdagi aloqalarni ifodalash uchun juda qulay.
Quyida
bunday ma’lumotlar bazasining modelini ko`rishimiz mumkin. Bunda
universitetda o`qiyotgan talabalar va ular o`rganayotgan fanlar orasidagi aloqa
keltirilgan. Lekin ushbu ma’lumotlar bazasida ko`rsatgichlar oldingisiga qaraganda
ko`proq miqyosda ishlatiladi.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli.
Bu xildagi ma’lumotlar bazasi modelida ma’lumotlar bir-biri bilan bog`liq ikki
o`lchamli jadvallar shaklida ifodalanadi. Barcha jadvallardagi ma’lumotlar
bir-biri
bilan bog`liq bo`lishidan tashqari, ular biror bir umumiy elementlarga xam ega
bo`lishlari mumkin. Quyidagi sxemada ushbu xol tushunarli tarzda tasvir qilingan.
Bu yerdagi har bir jadvalning yozuvi yoki qatori bir biri bilan o`zaro bog`liq. Har
bir ustun esa maydon deb ataladi. Jadvallarning o`zaro bog`liqligidan
kelib
Dostları ilə paylaş: