•
xususiy EHM foydalanuvchi bilan suhbatli rejimda ishlaydi;
•
universal bo`ladi, ya’ni qulay texnik va programma vositalari yordamida
bitta foydalanuvchi tomonidan yechiladigan har xil masalalarni yechishga
mo`ljallangan;
•
hisoblash texnikasi bilan notanish bo`lgan foydalanuvchiga uni ishlatishni
oddiy qilib beradi;
•
xususiy foydalanuvchilar harid qila oladigan narxda bo`ladi;
Mana shu ko`rib o`tilgan fikrlar xususiy EHM-lar to`g`risida to`liq
tushunchani beradi.
1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator
ishlab chiqqandan so`ng, xususiy kompyuterga bo`lgan talab keskin
ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan
programmaviy ta’minotlar xosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi
paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning
birinchisi ishlab chiqarilgan.
Xususiy kompyuterlardan biri, ya’ni IBM PC turiga mansub bo`lgan
kompyuterlar yaratilganidan so`ng, ularda ochiq arxitektura printsipi
ishlatila boshlangan. Uning moxiyati shundan iboratki, kompyuterni
foydalanuvchi tomonidan kengaytirish va uni yangi tashqi qurilmalar bilan
boyitish imkoniyati yaratilgan. Har qanday xususiy kompyuterni xuddi
bolalar konstruktoriga o`xshab, bir qancha bir-biriga mos keluvchi aloxida
elementlardan yasash va ishlatish mumkin. Bunday elementlarning bir-
biriga moslashuvi va ulanishi xech kimdan sir tutilmagan, balki barchaga
reklama qilinib tushuntirilgan xam. Bu xolat ochiq arxitektura printsipi deb
nomlanib, xususiy kompyuterlar bozorining tezlik bilan kengayishiga olib
kelgan. Shunday qilib, ochiq arxitektura printsipi foydalanuvchilarga o`z
kompyuterlarining imkoniyatlarini xoxlaganlaricha kengaytirish
imkoniyatiki berdi. Buning uchun ular tegishli funktsional qurilmalarni
harid qilishlari va o`z kompyuterlarining sistemaviy platasidagi bo`sh
joylarga o`rnatishlari kifoya xolos.
Dostları ilə paylaş: