xususiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli soxalarida ishlatilishi va u
foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi xaqida biroz fikrlash
lozim bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit
mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining
rivojlanishi mikroprotsessorlarning, xotirasi katta integral sxemalarining, kiritish-
chiqarish katta integral sxemalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Demak,
arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil
topib, bitta yoki bir necha katta
integral sxemalarda bajarilgan, hamda funktsional
jihatdan tamoman to`liq bo`lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki,
oddiy qilib aytganda, EHM-da qayta ishlanayotgan axborotlar elektr signallari
ko`rinishida tasvirlanib, ular elektron qurilmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan
ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigan
elementlardan iborat bo`ladi. Mana xuddi shunday qurilmalar
mikrosxemalar deb
ataladi. Mikrosxema deb, bir butun protsessorni tushunish ham mumkin. Agar
protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga
erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plataga o`rnatiladi. Plata-
plasmassali plastinka bo`lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko`rinishda
bog`langan metalli o`tkazgichlar bo`ladi.
Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab nimada degan tabiiy
savol ko`ndalang bo`ladi, unga javob berishga harakat qilamiz.
Yarim o`tkazgichli katta integral sxemalarning - mikrokal
ь
kulyatorlar va
xotirlovchi qurilmalarni tayyorlashdagi to`plangan boy tajriba hamda mukammal
o`zlashtirilib olingan texnologiyalarda mikroprotsessorlarning asosiy element
bo`lishi katta integral sxemalarning yaratilishiga va zudlik bilan o`zlashtirilishiga
sharoit yaratib berdi. Buning oqibatida hisoblash texnikasining
rivojlanish tarixida
birinchi marta shunday holat qaror topdi, ya’ni mikroprotsessor o`zini qabul
qilishga tayyor bo`lmagan bozordan oldin yuzaga keldi, shuning uchun
foydalanuvchilar ularga nisbatan talablarini shakllantira olmadilar.
Yuqoridagi tarzda EHMning rivojlanish taraqqiyoti xususiy EHM-larning
yaratilishiga olib keldi. Uning 1-chi qaldirg`ochi 1975 yilda AKSH-da ishlab
chiqildi (ushbu xususiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080
protsessori asosida ishlab chiqilib, Altair 8800 deb nomlangan) va
tarixan qisqa
muddat ichida, ya’ni 1987 yilga kelib, jahonda xususiy kompyuterlarning soni 30
mln. donaga o`sgan.
Xususiy EHM hamma harid qilish narxidagi qudratli universal instrument
bo`lib, har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatining ish unumini bir necha
marta oshiradi. EHM-ni xususiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy
talablarni qondirishi shart:
•
katta bo`lmagan o`lchamlarga ega bo`lib, alohida ishlay oladi;
•
xususiy EHM-ning apparatli vositalari mikroprotsessorli texnika asosida
qurilgan bo`lishi kerak;
27
•
xususiy EHM foydalanuvchi bilan suhbatli rejimda ishlaydi;
•
universal bo`ladi, ya’ni qulay texnik va programma
vositalari yordamida
bitta foydalanuvchi tomonidan yechiladigan har xil masalalarni yechishga
mo`ljallangan;
•
hisoblash texnikasi bilan notanish bo`lgan foydalanuvchiga uni ishlatishni
oddiy qilib beradi;
•
xususiy foydalanuvchilar harid qila oladigan narxda bo`ladi;
Mana shu ko`rib o`tilgan fikrlar xususiy EHM-lar to`g`risida to`liq
tushunchani beradi.
1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator
ishlab chiqqandan so`ng, xususiy kompyuterga bo`lgan talab keskin
ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan
programmaviy ta’minotlar xosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi
paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning
birinchisi ishlab chiqarilgan.
Xususiy
kompyuterlardan biri, ya’ni IBM PC turiga mansub bo`lgan
kompyuterlar yaratilganidan so`ng, ularda ochiq arxitektura printsipi
ishlatila boshlangan. Uning moxiyati shundan iboratki, kompyuterni
foydalanuvchi tomonidan kengaytirish va uni yangi tashqi qurilmalar bilan
boyitish imkoniyati yaratilgan. Har qanday xususiy kompyuterni xuddi
bolalar konstruktoriga o`xshab, bir qancha bir-biriga mos keluvchi aloxida
elementlardan yasash va ishlatish mumkin. Bunday elementlarning bir-
biriga moslashuvi va ulanishi xech
kimdan sir tutilmagan, balki barchaga
reklama qilinib tushuntirilgan xam. Bu xolat ochiq arxitektura printsipi deb
nomlanib, xususiy kompyuterlar bozorining tezlik bilan kengayishiga olib
kelgan. Shunday qilib, ochiq arxitektura printsipi foydalanuvchilarga o`z
kompyuterlarining imkoniyatlarini xoxlaganlaricha kengaytirish
imkoniyatiki berdi. Buning uchun ular tegishli funktsional qurilmalarni
harid qilishlari va o`z kompyuterlarining sistemaviy platasidagi bo`sh
joylarga o`rnatishlari kifoya xolos.
Dostları ilə paylaş: