Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, yangi sinfga mansub xususiy EHM-
larning paydo bo`lishi - inson faoliyatining barcha sohalarida
va aytish mumkinki,
inson tafakkuri maxsulida xaqiqiy revolyutsion qayta burilishiga bir turtki bo`lib
xizmat qildi.
Katta integral sxemali mikroprotsessorlarning kompyuterlari asosida
xususiy EHM-larning alohida modellari va oilasi ishlab chiqilmoqda.
Uni shartli ravishda to`rtta katta gruppaga bo`lish mumkin, ya’ni,
ishbilarmonlik sohasi, ilmiy tadqiqotlar yo`nalishi, injenerlik hisob-kitob ishlari
hamda boshqaruv va nihoyat, ta’lim va turmush sohasi.
Ishbilarmonlik sohasida xususiy EHM-larning qo`llanilishi asosan jadvalli
hisoblashlar bilan matnli axborotlarni va elementar grafikli ma’lumotlar bazasini
yurgizish bilan bog`langandir.
Ilmiy-tadqiqot ishlarida xususiy EHM-lar ma’lumotlarni
operativ analiz
qilish uchun, nazorat qiluvchi - o`lchovchi apparatlar bilan o`zaro ta’sir qilish
uchun, axborotlarning yuqori sifatli grafikli tasvirlarini olish uchun, har xil
injenerlik va matematik hisoblashlarni bajarish uchun qo`llaniladi.
Ta’lim sohasida esa xususiy EHM-lar amaliy mashg`ulotlarni
tashkillashtirishda, shaxsiy ishlar bilan shug`ullanishda va o`z-o`zini professional
qilib tayyorlash paytida yordamchi vazifasini o`taydi.
Turmush sharoitida xususiy EHM-lar dam olish, har xil o`yinlar o`ynash
va o`qish, tayyorlov paytida ishtirokchi vosita yoki o`rtoq rolini bajarish mumkin.
Hozirgi kunda keng tarqalgan IBM kompyuterlariga
mos tushuvchi
kompyuterlarni ko`rib chiqamiz. IBM PC deganda ko`pincha xususiy
kompyuterlarning IBM firmasining(AQSH) standartiga mos keluvchi oilasi
tushiniladi. Oila deganda qurilmalar tarkibi, samaradorligi, tashqi ko`rinishi bilan
farq
qiluvchi, lekin umumiy tuzilishga (arxitektura) ega bo`lgan, ishlash
uslubining mosligi, programma vositalari yuqori darajada mos keluvchi
kompyuterlar tushuniladi. IBM PC tipidagi kompyuterlar g`arb mamlakatlarining
ko`plab firmalarida ishlab chiqariladi. Unga mos keluvchi kompyuterlar boshqa
davlatlarda ham yaratilgan. Masalan, YES 1840, YES 1841, YES 1842, Iskra-
1030, Pravets-16, Pravets-24, Neyron va hokazo.
IBM PC tipidagi
kompyuterlarning o`zaro protsessor bilan farq qiluvchi bir qancha
modifikatsiyalari - IBM PC/XT, IBM PC/AT va IBM PC/Pentium 1, 2, 3, 4 va
boshqalar mavjud bo`lib, ular samaradorligi bilan bir biridan farq qiladi.
IBM PC o`zaro kabellar yordamida bog`langan qurilmalardan tashkil
topgan. Uning tarkibiga asosiy blok qurilmasi, monitor (displey), klaviatura va
chop etish qurilmasi (printer) kiradi. Asosiy blokning ichida protsessor,
xotira
bloki (OXK-operativ xotira qurilmasi), bir yoki ikkita disket o`rnatish qurilmasi,
kompakt diskdan o`qish qurilmasi va qattiq magnit disk qurilmasi (vinchester)
joylashgan.
29
Bularga qo`shimcha qilib tashqi qurilmalardan grafik quruvchi qurilma,
grafik ma’lumotlarni kirituvchi qurilmalar ("sichqon", skaner, djoystik, digitayzer
va x.k.) va boshqa qurilmalarni ulash imkoniyati mavjud.
Kompyuterni ishga tushirish uchun xususiy kompyuterni tok manbaiga
ulab, asosiy blokdagi tumblerni yoqish, so`ngra displeydagi
tumblerni yoqish
kerak. Tumbler ko`pincha asosiy blokning orqa, old yoki yon devorida joylashgan
bo`ladi. Kompyuter ishga tayyor holga o`ta boshlaydi, operatsion sistema operativ
xotiraga ko`chirib o`tkazila boshlaydi. Agar operatsion sistema vinchesterda
joylashgan bo`lsa, vinchesterdan olinadi. Agar operatsion
sistemani floppi-disk,
ya’ni disketdan yoki kompakt diskdan ishlatish zarur bo`lsa, u holda kompyuterni
yoqishdan oldin tegishli disketni A: disk o`rnatish qurilmasiga joylashtirish zarur.
Kompyuterni to`xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi: avval albatta
displey o`chiriladi, keyin esa asosiy blok. Bunda disk o`rnatish qurilmasida disket
bo`lmasligi kerak. Kompyuterni tez-tez yoqib-o`chirish tavsiya etilmaydi. Bunda
vinchester ishdan chiqishi mumkin. Printerni faqat zarur hollarda ishga tushirgan
ma’qul.
Dostları ilə paylaş: