1.
Kompyuterlar va axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti va
uning asosiy turlari.
Programmalarning turli xillari mavjud bo`lib, ularning har biri ma’lum bir
ishni bajarishga mo`ljallangan. Lekin insonlarga o`xshab,
EHM lar xam qandaydir
ko`rsatmalarga yoki programmaviy ta’minotga muhtoj bo`ladi, chunki busiz
ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo`shimcha qurilmalarga
murojaat
qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy
qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni
xal qilish uchun qanday turdagi programmalar ishlatilishi mumkin deb o`ylaysiz?
Kompter xotirasida juda katta miqdordagi qo`shimcha joy egallaydigan ushbu
programmalarsiz u bilan samarador ishlashni amalga
oshirish mumkinmi yoki
yo`qmi? Agarda shunday turdagi programmalar mavjud bo`lmasa kompyuter bilan
muloqot qanday ravishda o`zgaradi? Bunday turdagi programmalarni qanday
asosiy guruhlarga ajratgan bo`lar edingiz?
EHMdan foydalanish samaradorligini oshirishga,
uni ishlatishni
yengillatishga va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga
mo`ljallangan programma vositalari kompleksiga programma ta’minoti sistemasi
(PTS) deb yuritiladi. EHMning PTS o`z ichiga turli xil programmalar to`plamini
oladi (3.1 rasm). Programmalashni avtomatlashtirish sistemasi (PAS)
foydalanuvchilar programmalarini yaratish jarayonini yengillashtirish va
avtomatlashtirishga mo`ljallangan bo`lib PTS ning bir qismi hisoblanadi.
Rivojlangan PASlar
programmalashtirish tillari, translyatorlar va sozlash
programmalarini o`z ichiga oladi. Sozlash programmalari tuzilgan programmalar
ishining to`g`riligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
EHMda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish
uchun operatsion sistema deb ataluvchi programmalar
kompleksi ishlatilib, u
boshqaruvchi va qayta ishlovchi programmalar guruxidan iborat.
Boshqaruvchi programmalar EHM qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni
EHM qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash
va boshqa programmalarning
bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi.
Qayta ishlovchi programmalar ma’lumotni qayta ishlash bilan bog`liq yangi
programmalarni EHMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlang`ich
ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Texnik xizmat qilish programmalari EHM ning profilaktika ishlarida,
diagnostika masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda
hamda
boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Amaliy programma paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy
faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy
masalalarni yechishga mo`ljallangan, operatsion
sistema imkoniyatlarini va
funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga
mo`ljallangan programmalar kompleksi kiradi.
40